1.Bir birodarimizga tutqanoq kasalligi hujum qildi. Yosh yigit, xotini, bolasi bor, imorat boshlab qo‘ygan. Ayni ishlash, pul topishi vaqti. Lekin talvasa bo‘lib, hushsiz yiqilib, tishini sindirib olganida, ishxonasidagi xo‘jayin: “Sen meni qo‘rqitgan, uyga bor”,-deb ishdan javob berib yubordi. BU birodar tibbiyot bu kasallikni davolashga ojizligini bilib, har kuni kamida 1soat Xudoning So‘zini o‘rgana boshladi. Keyin o‘rtoqlariga aytib bera boshladi. Keyin jamoat bo‘lib u uchun har uchrashganda so‘ray boshladik. Natijada, kasallik bo‘lmagandek o‘tib ketdi, birodarning esa XUdoga va Uning So‘ziga yopishgani qoldi.