RUXShONA
INOYaT
MASIHIYLIK E’TIQODI
1.MASIHIYLIK E’TIQODI NIMA?
Masihiylik e’tiqodi – Iso Masih odamlarning gunohlari uchun
qurbon bo‘lgani sharofati bilan Unga e’tiqod qilgan odamlar gunohkorona hayot
jazosi bo‘lmish do‘zax azobidan najot topib, abadiy Osmon Shohligida hayot
kechirishlariga e’tiqoddir.
Muqaddas Yozuvda bayon qilinishicha, Xudo Odam Ato va Momo
Havoni yaratganida, ularga Adan bog‘idagi hamma mevalardan yeyishga ruxsat
berib, bir daraxt mevasiga tegmaslikni buyurgan. “Agar shundan yesangiz, o‘lasizlar”, –
degan(Ibtido 2:16-17). Lekin Momo Havo va Odam Ato shaytonning avrashiga
berilib, ta’qiqlangan mevadan yeyishgan. Shu lahzadan odamzod gunohga,
shaytonga, o‘limga qullikka mahkum bo‘lgan(Ibtido 3:1-21).
Lekin Xudo
odamzodni juda yaxshi ko‘rgan. Shuning uchun Adan bog‘idayoq, shaytonga ayol
naslidan bir Urug‘ dunyoga kelishini, shu Urug‘ uning boshini yanchishini
aytgan(Ibtido 3:14-15). To‘rt ming yil o‘tib, yerga inson qiyofasida Xudoning
Ruhidan bunyod bo‘lgan Iso Masih kelgan va odamzodning gunohi uchun o‘lib, uni
gunoh, shayton va o‘limga qullikdan ozod qilgan.
Endi Iso
Masih uning gunohlari uchun o‘lganiga ishongan har bir kishi o‘z gunohlari
uchun tavba qilib, hayotiga Xudoning Ruhini chaqirsa, Iso Masihning qoni uning
gunohlarini yuvadi va Muqaddas Ruh unga kirib gunohga, shaytonga qarshi
turishga kuch beradi. Bu odam Xudoning qudratidan muqaddas yashash uchun kuch olib, bu olamni tark etgach Osmon
Shohligiga kirishga muyassar bo‘ladi.
Dunyoda
milliondan ortiq dinlar bor. Ularning talablari va va’dalari farq qilishi,
ko‘pincha hatto bir biriga qarama qarshi ekanligi ham ularning hammasi bir
manba’dan emasligini, ya’ni har bir din ham Xudodan emasligini isbotlaydi.
Shunday dinlar borki, odamlar o‘z bolalarini go‘dakligidan olovda yoqishadi,
shunday dinlar borki, uning asoschilari izdoshlari bo‘lmish har bir qiz
turmushga chiqayotganida oldin o‘zlari qiz bilan jinsiy aloqa qilib keyin
kuyovga berishadi; shunday dinlar borki, izdoshlari o‘zlarini unga qurbon keltiradilar,
shunday dinlar borki, izdoshlari Xudolariga o‘zga odamlarni qurbon keltiradilar
va hok.
Shunday
ekan, har bir odam ham bu dunyo, ham u dunyoda Xudo bilan birga bo‘lishga,
najotga eltadigan haqiqiy yo‘lni o‘zi izlashi lozim. Din –bu yo‘l, Xudo esa
–maqsaddir. Biz dinni emas, Xudoni izlashimiz, Unga talpinishimiz, Uni mahkam
tutishimiz lozim, shunda Xudo O‘ziga olib keladigan yo‘lni ochadi. Isha’yo.55:6
“Rabbiyni Uni topish mumkin bo‘lganida, izlanglar; U yaqin bo‘lganida, Uni
chaqiringlar”.
2.NAJOTGA
BEFARQ BO‘LIShGA OLIB KELADIGAN FIKRLAR
1)Ko‘pchilik:
“Bugun o‘tsin, u dunyoda bir gap bo‘lar”, aqidasi bilan yashashadi.
Muqaddas
Yozuvda bayon qilinishicha, faqat bu dunyo lazzatlari va tashvishlari bilan
yashayotgan odamlar Osmon Shohligiga kira olishmaydi. Ular jonlarining najoti
uchun qayg‘urmaganliklari uchun oladiganlarini shu dunyoda olib bo‘ladilar,
keyin esa abadiy azobga ketadilar. Ayub 21:7 16. “ 7.Nima uchun fosiqlar
yashayveradilar, keksayib, kuchlari oshaveradi? 8.Farzandlari o‘sib, o‘z joyini
topganini, nevaralarini ko‘rishga muyassar bo‘ladi. 9.Uylari xavf-xatarsiz,
Xudo ularni jazolamaydi. 10.Buqalari kamchiliksiz ko‘payaveradi. Sigirlari
bolalab, hech qachon bolasi tushib qolmaydi. 11.Bolalari podadagi qo‘zilarday
o‘ynab yuradilar. 12.Childirma va lira ostida qo‘shiq kuylaydilar, nay
musiqasiga o‘yin qiladilar. 13.Kunlarini farovonlikda o‘tkazadilar, o‘liklar
diyoriga tinchgina ketadilar. 14.Xudoga shunday deydilar: “Bizni tinch qo‘y!
Sening yo‘llaringdan yurishni xohlamaymiz. 15.Qodir Xudo kim bo‘libdiki, biz
unga xizmat qilsak? Unga ibodat qilsak bizga qanday foyda?” 16.Axir, farovonlik o‘z qo‘llarining ishi
emasmi? Fosiqlarning niyatlari menga jirkanchlidir.
Faqat bu
dunyo uchun emas, balki u dunyo uchun ham yashash donolarga xosdir. Axir kim
yong‘in kelayotgan joyga maskan quradi? Muqaddas Yozuvda yozilishicha, ilk odam
gunoh qilganidan buyon har bir odam gunohlari uchun do‘zaxga mahkum bo‘lgan.
Rim.5:12. Bitta kishi orqali dunyoga gunoh kirib, gunoh orqali esa o‘lim
kirganiday, xuddi shunday, o‘lim hamma odamlarga o‘tdi, chunki hamma gunoh
qilgan. Agar jonimiz do‘zax azobidan
najot topishini istasak harakat qilishimiz lozim. Mark 8:34 38 “34.So‘ng Iso
xalq bilan O‘zining shogirdlarini chaqirib, ularga dedi: “Kim Mening ortimdan
bormoqchi bo‘lsa, o‘zini rad etsin va o‘z xochini olib, Mening ortimdan yursin.
35.Chunki kim jonini saqlab qolmoqchi bo‘lsa, uni yo‘qotadi. Lekin kim Men va
xushxabar uchun jonini yo‘qotsa, uni saqlab qoladi. 36.Chunki agar odam butun
dunyoni qo‘lga kiritsa-yu, ammo o‘zining jonini yo‘qotsa, unga nima foyda?
37.Zero odam o‘zining joni uchun qanday to‘lov beradi? 38.Shuning uchun, kimki
bu zinokor va gunohkor avlodda Mendan va Mening so‘zlarimdan uyalsa, o‘sha
odamdan Inson O‘g‘li ham Otasining shuhratida muqaddas farishtalar bilan
kelganida uyaladi”.
2)Ba’zilar:
“Agar Xudoning So‘zini bilsam u qilmasam jazolanaman, bilmasam esa
jazolanmayman”, – deb o‘ylashadi. Qonunni bilmaslik jazodan ozod etmaganligi
kabi, Xudoning amrini bilmaslik gunohlar uchun do‘zax azobidan ozod qilmaydi.
Hikmatlar 15:32 “Nasihatni rad qiluvchi o‘z jonidan nafratlanadi, fosh qilishga
quloq soluvchi idrokka ega bo‘ladi”.
3)Ba’zilar
esa: “Bu kitobni o‘qisam, Xudo jazolarmikin”, – deb Muqaddas Yozuvni qo‘lga
olishga qo‘rqadilar. Xudo esa odamzod Uni izlashini istaydi. Havoriylar
faoliyati 17:26 27. “26.Butun yer yuzida istiqomat qilish uchun Xudo bir qondan
bor odam naslini yaratib, ularga oldindan belgilangan davrlarini va istiqomat
joylarini tayin etdi, 27.toki ular Xudoni izlasinlar, Uni sezmasmikinlar va
topa olmasmikinlar, chunki U har birimizdan yiroq emasdir”.
Tasavvur
qiling. Bolangizni go‘dakligida birov avrab olib ketdi. Bola ulg‘aydi va
ko‘pchilik unga “Men otangman”, –deb da’vo qilyapti. Bu holatda bolaga
haqiqatni bilishga, uni sevadigan, doim izlagan otasiga qaytishga nima yordam
beradi? Haqiqatga tashnalik bilan izlanish! Agar siz Xudoga: “Xudo, Men Seni
izlayapman. O‘zingni och, Senga olib boradigan yo‘lni ko‘rsat”, –deb murojaat
qilib Yozuvni o‘qisangiz – siz gunoh qilmaysiz, aksincha, Xudoga manzur
bo‘lasiz va U O‘zini ochadi.
Hayot faqat
bu dunyodan iborat emas. Ikki dunyo farog‘atda bo‘lishni istasak – u dunyoda
qaerda bo‘lishimiz uchun bugun qayg‘urishimiz lozim. Masalan, har doim oltin
buyum olganimizda uning haqiqiy yoki yo‘qligini tekshirib ko‘ramiz. Chunki
kiroyi pul sarflaganga yarasha yarqiroq temir emas, arzirli matohga ega
bo‘lishni istaymiz. Yuz minglik matohning haqiqiy yoki yo‘qligini tekshirib
ko‘ramiz u, abadiyatda qaerda bo‘lishimiz bizlarning diqqatimizga arzimaydimi?
Axir abadiyat ming, million, milliard yillar, cheksizlik ku! Do‘zax azobining
bir lahzasini ayting!!!
Men u yo‘l
noto‘g‘ri, bu yo‘l to‘g‘ri demoqchi emasman. Asosiysi, har bir odam o‘z yo‘liga
amin bo‘lishi lozim. Bu esa chuqur izlanish natijasida hosil qilingan ishonchga
asoslangan bo‘lishi lozim. Bir qizning o‘z diniga ishonchi komil edi. U diniy
kitoblarni o‘qir, din amallarini bajarar edi. U bir kuni Masihiylar bilan
uchrashib qoldi. Ulardan Muqaddas Yozuvni so‘rab oldi. Uni o‘qib ko‘rib, har
bir kishi gunoh qilgani va Xudoning shuhratidan mahrum ekanini: “Zero hamma
gunoh qilgan va Xudoning shuhratidan mahrum bo‘lgan(Rimliklarga 3:23)”,
gunohning jazosi o‘lim ekanini: “23.Chunki gunohning evazi – o‘lim, Xudoning
in’omi esa – Rabbimiz Iso Masihdagi abadiy hayotdir(Rimliklarga 6:23)”, lekin
Xudo odamlarning do‘zaxga ketishini istamasligi, shu uchun Muqaddas Ruhidan
barpo qilib, odamlarning gunohi uchun o‘lishga bu zaminga Iso Masihni
yuborganini, endi har bir odam o‘z gunohi uchun yo o‘zi do‘zaxga ketishi, yo
Masih qurbonligiga ishonib, gunohlarini Masihga berib, Masihning haqligini
qabul qilishi mumkinligini, jannatga
kirishning yo‘li faqatgina Iso Masihning qoni bilan gunohlarning butkul
yuvilishi ekanini bilib oldi. Chunki zarra gunohi bo‘lgan odam jannatga kira
olmaydi. Vahiy 21:27 “Hech bir iflos hamda jirkanchlik va yolg‘onga berilgan
hech kim unga kirmaydi. Faqatgina Qo‘zining hayot kitobida yozilganlar
kiradilar”. Hayvonlar qurbonligi gunohni yo‘q qila olmaydi, ular bir kuni
mukammal Qurbon kelishining timsoli edi. Ibr.10:3 “3.Biroq qurbonliklar bilan
har yili gunohlar haqida eslatib turiladi”.
U ikkilana
boshladi. Shunda Xudoga: “Senga olib boradigan, menga u dunyoda savol javobdan
o‘tishga yordam beradigan Shaxsni ko‘rsat”, deb ibodat qildi. Shunda yuragiga:
“Shu dunyoda Kim senga yordam bersa, u dunyoda ham senga O‘shagina yordam bera
oladi”, – degan fikr keldi. U Muqaddas Yozuvni olib, Xudoning va’dalariga ko‘ra
aynan Iso Masih nomi bilan so‘raganidagina hayotida mo‘’jizalar sodir bo‘la
boshladi. Bir ayol teri sili xastaligidan shifo topdi, ko‘r qizning ko‘zi
ochildi, gung va kar qizaloq eshitib, so‘zlay boshladi, g‘ilay ko‘z
to‘g‘irlandi va hok. Bu qiz yaxshi pul topsa da doim muhtojlikda yashar edi,
chunki pulining barakasi yo‘q edi, u mablag‘iga baraka so‘ray boshladi, shunda
yegan ovqatidan qoniqadigan, kiygan kiyimi esa isitadigan bo‘ldi.
Ko‘plar
boshqalarning fikri bilan yashashadi. Lekin bu dunyoda ham, u dunyoda ham
qiyinchiliklardan o‘tayotganingizda sizga odamlar yordam bermaydi, faqat Xudo
yordam beradi. Shuning uchun Xudoni shaxsan izlang va U bilan shaxsan munosabat
quring. Bir yigit el qatori kun kechirar edi. U yosh, butun kelajagi oldinda
edi. Bir Masihiy qarindoshi unga Masih haqida aytgan, lekin u parvo qilmagan edi.
Uning ota onasi olamdan o‘tib, o‘zi qoldi. Katta akasi xotini bilan oilani
boshqarayotgan bo‘lsalar da, uning sirdoshi, ko‘nglini tushunadigan kishisi
yo‘q edi. U bir kuni bir do‘stidan kurtka olib, pulini keyin berishini aytadi.
Lekin aytilgan muddatda pul topa olmadi. Do‘sti siquvga oldi va u barbosh bera
olmay, borib o‘zini osdi. Uning joni hozir qaerda ekan? Yoshlik, odamlar fikri
– bizlarni yaqin sirdoshimiz Xudoni izlashdan qaytara olmasligi lozim. Hayot
nima? Bir lahzada paydo bo‘ladigan, keyin esa yo‘qoladigan bug‘dir! Yoqub
4:14“Sizlar ertaga nima sodir bo‘lishini bilmaydigan odamsizlar. Chunki
sizlarning hayotingiz o‘zi nima? – Birpas ko‘rinib, keyin esa g‘oyib bo‘ladigan
bug‘dir”. Jon esa abadiy narsa. Biz bu dunyodan ko‘ra, u dunyoda qaerda bo‘lishimiz
haqida ko‘proq qayg‘urishimiz, to‘g‘ri yo‘lni topib, muqaddas yashab, Xudoga
xizmat qilib, O‘zimizni abadiyatga tayyorlab borishimiz lozim.
3.MASIHIYLIKDA
ENG MUHIM NARSA
Masihiylikda
eng muhim narsa – imondir. Imonsiz Xudoga yoqib bo‘lmaydi, shuning uchun agar
Xudoga ma’qul bo‘lishni istasak imonda o‘sishimiz lozim. Ibr.11:1,6 “1.Imon esa
umid qilingan narsalarning mohiyatidir va ko‘rinmaydigan narsalarga amin
bo‘lishdir. 6.Imonga ega bo‘lmasdan esa Xudoga ma’qul bo‘lishning imkoni yo‘q.
Chunki Xudoning oldiga keladigan odam Uning borligiga va Uni izlovchilarni U
taqdirlashiga ishonishi kerak”.
Imon
bizlarni Xudo bilan bog‘lab turadigan ko‘prik hisoblanadi. Muqaddas Yozuvni
naqadar ko‘p o‘qisak Xudo haqida shu qadar ko‘p bilib boramiz va imon ko‘prigimiz
mustahkamlanib boradi, chunki imon Xudoning So‘zidan hosil bo‘ladi.
Rim.10:17“Shunday ekan, imon – eshitishdan, eshitish esa – Masihning so‘zi
orqalidir”.
Biz nimaiki qilmoqchi bo‘lsak, shu sohaga
nisbatan Xudoning irodasini kalom o‘qib va ibodat qilib bilib olishimiz lozim.
So‘ng biz Uning irodasiga ko‘ra harakat qilayotganimizda U yordam berishiga
ishonishimiz kerak. Mana shu imon bilan yashash deyiladi.
Xudoning
So‘zi: “Imonli kishiga hamma narsaning imkoni bor”, –deydi. Imon harakatlarda
namoyon bo‘ladi. Xudoga ishongan odam Uning So‘ziga binoan o‘ylaydi, so‘zlaydi
va yashaydi. Ibrohim va Sora imon orqali Xudodan farzand oldilar, Rohab
hayotini o‘limdan saqlab qoldi va hok. Agar odam: “Men Masihiyman”, desa yu,
Yozuvni o‘qimasa va Unga binoan yashamasa, uning imoni mustahkamlashmaydi va u
imon orqali Xudodan olishi mumkin bo‘lgan barakatlarni ola olmaydi.
Biz
nimaiki qilsak: o‘qiymizmi, ibodat qilamizmi, xizmat qilamizmi Xudo ko‘rib
turganiga va taqdirlashiga ishonib qilishimiz lozim. Shunda shu ishlarimizda
muvaffaqiyat qozonamiz .
IMONNI
KUYDIRADIGAN UCh NARSA
Imon
bizlarni ikki dunyoda Xudo bilan bog‘lab turadigan rishta ekan, Xudoning
Shohligiga kirish uchun uni mustahkamlash va undan ayiradigan narsalardan
o‘zimizni tiyishimiz maqsadga muvofiqdir. Bizni asosan uch narsa imondan
ayiradi:
1)Imondan
qaytish
Ba’zilar
quvg‘indan qo‘rqib imondan qaytishadi:
Mat.10:28
33 “28.Tanani o‘ldirib, jonni o‘ldira olmaydiganlardan qo‘rqmanglar, lekin
tanani ham, jonni ham do‘zaxda halok qila oladigandan ko‘proq qo‘rqinglar.
29.Ikkita chumchuq bir assariyga sotilmaydimi? Ulardan birortasi ham
Otangizning irodasisiz yerga tushmaydi. 30.Sizlarning esa boshingizdagi bor
sochlaringiz ham sanalgan. 31.Shuning uchun qo‘rqmanglar, sizlar ko‘pgina
chumchuqlardan qadrliroqsizlar. 32.Endi, insonlar oldida Meni ochiq e’tirof
etadigan har bir odamni Men ham Osmondagi Otam oldida ochiq e’tirof etaman.
33.Ammo insonlar oldida Meni inkor etadigan odamni Men ham Osmondagi Otam
oldida inkor etaman”.
2Tim.2:11
12 “11.Bu so‘z to‘g‘ri: Agar U bilan birga o‘lgan bo‘lsak, U bilan birga
yashaymiz ham. 12.Agar biz chidasak, U bilan birga podshohlik ham qilamiz.
Agarki Undan voz kechsak, U ham bizdan voz kechadi.
Ba’zilar
esa bu dunyoning o‘tkinchi lazzatlariga aldanib ba’zan imondan qaytishadi.
Lq.9:23
26 “23.Keyin barcha odamlarga dedi: “Agar kim Mening ortimdan yurishni xohlasa,
o‘zidan voz kechsin va har kuni o‘z xochini ko‘tarib, Menga ergashsin.
24.Chunki o‘z jonini saqlab qolmoqchi bo‘ladigan har bir kimsa uni yo‘qotadi.
Men uchun jonini yo‘qotadigan har bir kimsa esa uni saqlab qoladi. 25.Zero agar
inson butun dunyoni egallab olsa-yu, lekin o‘zini yo‘qotsa yoki o‘ziga zarar
yetkazsa, bundan unga nima foyda? 26.Chunki kim Mendan va Mening so‘zlarimdan
uyalsa, Inson O‘g‘li ham O‘zining hamda Otasining va muqaddas farishtalarning
shuhrati bilan kelganida, undan uyaladi”.
Bu esa
imonni kuydirib, odamni Xudoning Shohligiga kirish imtiyozidan mahrum qiladi.
2)Gunohkorona
hayot
Tavba
qilish degani – gunohkorona hayotdan voz kechib muqaddas hayot kechirishga
qaror qilish deganidir. Agar odam gunohlariga tavba qilib, yana gunoh qilib
yashayversa u uchun Masih qurbonligining kuchi qolmaydi. Ibr.6:4 6 “4.Zero bir
marta yoritilgan, samoviy in’omni tatib ko‘rgan, Muqaddas Ruhga daxldor bo‘lgan,
5.Xudoning ezgu so‘zini hamda kelajak olamning qudratlarini tatib ko‘rgan 6.va
bundan keyin imondan qaytganlarni tavba orqali yana yangilashning imkoni
yo‘qdir. Chunki bundaylar Xudoning O‘g‘lini o‘zlarida yana xochga mixlab, Uni
masxara qilmoqdalar”.
Bundaylar
hattoki hayotlarida Xudoning katta mo‘’jizasini ko‘rgan bo‘lsalar ham, hatto
Xudo ular orqali mo‘’jizalar qilgan bo‘lsa ham,
o‘zlarini gunohdan tiymaganliklari uchun ularni hukm kunida Rabbiy rad
etadi. Mat.7:21-23. 21.Menga: “Yo, Rabbiy! Yo, Rabbiy!” – deganlarning har biri
ham Osmon Shohligiga kirmaydi, ammo Osmondagi Otamning irodasini bajaradigan
kishi kiradi. 22. O‘sha kunda ko‘pchilik Menga: “Yo, Rabbiy, yo, Rabbiy, biz
Sening noming bilan bashorat qilmadikmi? Sening noming bilan jinlarni quvib
chiqarmadikmi? Sening noming bilan ko‘pgina mo‘’jizalarni yaratmadikmi?” –
deydilar. “23.Men esa ularga e’lon qilaman: “Men sizlarni hech qachon bilganim
yo‘q. Mening oldimdan ketinglar, ey, qonunbuzarlik qiluvchilar!”
Chunki
Xudoni ko‘rishning sharti muqaddas hayot kechirishdir. Ibr.12:14 “Hamma bilan
tinchlikda bo‘lish va muqaddaslik payida bo‘linglar, chunki muqaddasliksiz hech
kim Rabbiyni ko‘rmaydi”.
Shuningdek,
Xudoning Shohligiga kirishning sharti zarra gunohi bo‘lmasligidir. (Vah.21:27).
Shu uchun
Xudoning Ruhiga ibodat orqali to‘lishib, Xudoning irodasini Uning So‘zi orqali
bilib, gunoh qilishga vasvasa kelganida Xudodan ibodatda kuch so‘rab, ruh bilan
gunohkorona istakka qarshi borish va o‘zini gunoh qilishdan tiyib yashash
kerak. Ba’zilar o‘zlarining hayotlarini gunohsiz tasavvur qila olmaydilar.
Lekin ko‘proq ilohiy, muqaddas narsalar haqida o‘ylasalar, dunyoviy,
gunohkorona fikrlar o‘z tabiatiga ko‘ra naqadar jirkanch ekanligini his qila
boshlaydilar va gunohkorona istaklardan xalos bo‘ladilar. Hik.23:7 “uning ko‘nglidagi fikrlari qanday bo‘lsa,
o‘zi ham shundaydir…”
Ba’zilar
yuragida, ongida, tilida gunoh qilib yashashadi. Bundaylar hayotlarida Xudoning
shuhratini ko‘rmaydilar.
3)Soxta
ta’limotga og‘ish
Masihiylikda
ham, barcha dinlarda bo‘lgani kabi soxta ta’limotlar mavjud. Soxta
ta’limotlarning kelib chiqishining bir sababi shaytonning avrashi bo‘lsa,
boshqa sababi Muqaddas Yozuvni chuqur o‘rganmasdan yuzaki tahlil qilishdir.
Soxta ta’limotlar odatda Yozuv biror sohaga butkul qanday nazar tashlashiga
emas, uni qisman qanday yoritishiga asoslanadi. Masalan, “Nazorat minorasi
shohidlari” o‘z ta’limotlarini faqat
Xudoning yagona ekanligi haqidagi oyatga asoslab, Iso Masihning va Muqaddas
Ruhning ilohiy shaxsiyatini rad etishadi.
Xudoning
So‘zi oxirgi zamonlarda shunday soxta ta’limotlar chiqishi haqida
ogohlantirgan. 1Tim.4:1 “Ruh aniq
aytyaptiki, oxirgi zamonlarda ba’zilar aldovchi ruhlarning va jinlarning
ta’limotini tinglab, imondan qaytadilar”.
Haqiqiy
shogirdlarga esa begona ta’limotlar bilan qiziqmaslikni buyurgan.
Ibr.13:9 “Sizlar turli begona ta’limotlarga ergashib
ketmanglar. Yurakni tansiq ovqatlar bilan emas, balki Xudoning inoyati bilan
mustahkamlash yaxshidir. Chunki tansiq ovqatlar bilan band bo‘lib yurganlar
bulardan foyda ko‘rmaganlar”.
Qanday
qilib o‘zimizni soxta ta’limotdan asrashimiz mumkin?
Avvalo,
Yozuvni yaxshilab o‘rganib chiqing. Yozuv haqida har bir masihiyning o‘z
tushunchasi va o‘z bilimi bo‘lishi lozim. Shunda sizni avrash oson bo‘lmaydi.
Yozuvni
o‘rganishda quyidagi narsalarga diqqat qiling:
1) Yozuv
bayonnoma tarzida yozilgandir. Ya’ni U dunyo yaratilishidan boshlab, nimalar
sodir bo‘lganini bayon qiladi.Shuning
uchun undagi hamma voqealar ham taqlid qilish uchun namuna emas. Ya’ni,
Muqaddas Yozuvdagi Xudoning amrlari bizlar bajarishimiz lozim bo‘lgan
amrlardir. Odamlarning hatti harakatlaridan esa ijobiylaridan o‘rnak olishimiz,
salbiylaridan o‘zimizni tiyishimiz lozim. Masalan, shoh Dovudning Xudoga imoni,
Xudo bilan ibodatda shaxsiy munosabatlaridan o‘rnak olishimiz mumkin, lekin
qilgan gunohi Virsaviya bilan zino qilganiga taqlid qilmasligimiz lozim.
Xudoning So‘zi haqiqat So‘zi bo‘lganligi uchun har bir odamni soxta
buyuklashtirmasdan uning kuchli va zaif tomonlari bilan yoritgan.
2)
Yozuvda ba’zi so‘zlar barcha masihiylarga qaratilgan, ba’zilari o‘sha davrdagi
ma’lum odamlarning shaxsan o‘zlariga qaratilgan. Biror sohada Xudoning fikrini
bilib, uni ta’limot qilib o‘tish uchun bu fikrning tasdig‘ini Yozuvning 2,3joyida
ko‘rish lozim.
Har bir
notanish ta’limot eshitganimizda, Xudodan bu haqiqatmi yo‘qmi, bildirishini
ibodatda so‘rab, bu ta’limotni Yozuv bilan solishtirishimiz, cho‘ponimiz bilan
maslahatlashishimiz lozim. Agar ta’limot Yozuvning umumiy ta’limotiga to‘g‘ri
kelsa qabul qilishimiz aks holda, rad etishimiz lozim. Shu tarzda o‘zimizni
bid’atdan saqlab qolamiz.
Hav.17:11
“Ular Xudoning so‘zini butun g‘ayrat bilan qabul qilib, bu aynan shundaymikin,
deb har kuni Yozuvlarni sinchiklab o‘rganar edilar”.
Gal.1:8 “Ammo
hatto biz yoki osmondan farishta kelib, bizning sizlarga voizlik qilganimizdan
boshqa xushxabarni voizlik qilsa, la’nati bo‘lsin”.
4.MUQADDAS
KITOB TALABI
Agar
Muqaddas Kitobni umumlashtirib, qisqa qilib, bu kitob odamzoddan nimani talab
qilishini aytmoqchi bo‘lsak, u 2narsada mujassamlanadi:
1)Buyuk
amrni bajarish.
2)Buyuk
topshiriqni bajarish.
BUYuK AMR
Buyuk amr
ikki qismdan iborat: Xudoni sevish va yaqinini sevish
Xudoni
sevish
Mark
12:28 30 oyatlarda Xudoni qanday sevish lozimligi aytilgan: “Iso unga shunday
javob berdi: “Barcha amrlardan eng birinchisi: Quloq tut, ey, Isroil! Bizning
Rabbiy Xudoyimiz yagona Rabbiydir. 30.Rabbiy Xudoyingni butun yuraging bilan,
bor joning bilan, bor idroking bilan va bor quvvating bilan sevgin. Mana shu
birinchi amrdir!”
Bu degani
– yuragimizni, jonimizni, idrok va quvvatimizni to‘liq Xudoga bag‘ishlashimiz
kerak deganidir. Odam birovni sevib qolganida qanday bo‘ladi? O‘y u fikri,
hatti harakatlari bilan o‘zini sevganiga to‘liq bag‘ishlaydi. Xudoni ham
shunday, bundan-da ko‘proq sevishimiz lozim va bu vaqtimizni, kuchimizni,
hayotimizni bag‘ishlashimiz, U uchun nimadir qilishimiz bilan tasdiqlanishi
lozim.
Yaqinini
sevish
Mark 12:31. Ikkinchisi esa shunga o‘xshashdir:
«O‘z yaqiningni o‘zingni sevgandek sevgin». Bu amrlardan boshqa
buyukrog‘i yo‘qdir.
Biz
yaqinlarimizga nisbatan o‘zimizga ravo ko‘rgan narsalarni ularga ravo ko‘rib
yashasak, Xudo yuragimizdagi Uning so‘ziga itoatimizni ko‘radi va bizlarni duo
qiladi. Shunda hayotimiz uning duo barakatlari sharofati bilan kundan kunga
o‘zgaradi. Aks holda, biz Xudoning So‘zi va irodasini rad qilganimiz uchun Xudo
ham bizni rad qiladi. 1Shoh.15:23“Bo‘ysunmaslik – sehr-jodu singari gunoh,
o‘jarlik esa – butparastlikdir. Sen Rabbiyning so‘zini rad etganing uchun U ham
seni rad etdi, toki sen shoh bo‘lmagin”.
Sevgi bu
nima?
Sevgi
haqida 1Kor.13:1 7da batafsil yozilgan. Biz yaqinlarimizga nisbatan shu
narsalarni qo‘llashimiz maqsadga muvofiqdir, ya’ni ularning qaysidir
zaifliklariga chidashimiz, xato qilishganda shafqat qilishimiz, ulardan
achchiqlanmasligimiz, ularga yomon niyat qilmasligimiz, kamchiliklarini
qoplashimiz, janjallashmasligimiz va yaxshi tomonga o‘zgarishlariga umid
qilishimiz kerak bo‘ladi.
Misol.
Bir necha yil oldin jamoatda ikki ayolning munosabatlari guvohi bo‘lgan edim.
Ular bir birlarini ko‘rgani ko‘zlari yo‘q edi, jamoat yig‘inidan so‘ng esa bir
birlariga yaqinlashib, “Men seni inson sifatida seva olmayman, lekin Xudoning
sevgisi bilan sevaman”, – der edilar. Aslida bu tilda, shu so‘zlar aytilayotgan
lahzalardagina sevish edi. Xudo bizlardan bir birimizni(Yuh.13:34 35), hatto
dushmanimizni sevishni talab qiladi(Mat.5:43 48). Bu amr. Unga bo‘ysunish, yoki
bo‘ysunmaslik bu bizning tanlovimiz. Odam bo‘ysunmaganida, yuragida xafalikka
yo‘l qo‘yadi, natijada, yuragida achchiq ildiz paydo bo‘lib, uni
bulg‘aydi(Ibr.12:15). Shuningdek, itoatsizlik shaytonga yo‘l ochib, shayton
raqibiga tuhmat qila boshlaydi va odam raqibining har bir hatti harakatida, u
qilsa ham, qilmasa ham dushmanlik ko‘ra boshlaydi. U raqibi haqida yomon
fikrlarga boradi, unga yomon niyat qiladi, uni yomonlaydi va tobora Xudoning
irodasidan va barakalaridan uzoqlashib ketadi.
Bu narsa
sodir bo‘lmasligi uchun agar biror kishi xafa qilsa – kechirish, Xudoga tashlash, yuragini
yaralanishdan asrash va bu haqida boshqa o‘ylamasdan, o‘z hayot maqsadi bilan
yashashni davom ettirish lozim.
Masihiylikda
mukammallik cho‘qqisi – sevgidir, chunki
Xudo sevgidir(1Yuh.4:8) va U odamlarga Xudoni va bir birlarini, hatto
dushmanlarini sevishni amr qilgan (Mark.12:29 31,Mat.5:43 48). Xudo odamzodga
sevgisini ular uchun Iso Masihni qurbon qilib amalda ko‘rsatdi (Yuh.3:16) va
odamzodga ham o‘z sevgilarini amalda ko‘rsatishlarini buyuradi. 1Yuh.3:16
“Masih biz uchun O‘z jonini fido qildi, biz sevgini ana shundan bildik. Shuning
uchun biz ham birodarlarimiz uchun jonimizni fido qilishimiz kerak”.
BUYuK
TOPShIRIQ
Matto
28:18-20. Iso ularga yaqinlashib, shunday dedi: “Osmonda ham, yerda ham bor
hokimiyat Menga berilgan. 19 Shunday ekan, boringlar va barcha xalqlardan
shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga
cho‘mdirib, 20 Men sizlarga buyurgan barcha narsalarga rioya qilishni
o‘rgatinglar. Mana, to dunyoning oxirigacha har kuni Men sizlar bilan birgaman.
Omin”.
Buyuk
topshiriq – bu borib, har bir kishiga Xushxabarni yetkazib, suvga cho‘mdirish,
ularni Masihning shogirdiga aylantirishdir. Shunda Masih dunyoning oxirigacha
bizlar bilan birga bo‘ladi va so‘zlarimizni mo‘’jizalar va alomatlar bilan
tasdiqlaydi.
6.MASIHIYLIK
AMALLARI
1)Muqaddas
Yozuvni o‘rganish va itoat qilish
Muqaddas
Yozuv – Xudoning odamzodga maktubi bo‘lib, u bayonnoma tarzida yozilgan, ya’ni
unda nafaqat Xudoning odamzodga amri, balki yaratilishdan boshlab sodir bo‘lgan
voqealar tarixiy bayon etilgan.
Xalqda:
“Oldingdan o‘tgan suvning qadri yo‘q”, – degan maqol bor. Shunga o‘xshab,
ba’zan imonlilar Muqaddas Yozuvni haftalab qo‘lga olishmaydi. Vaholanki, unga
ega bo‘lish uchun hayoti bilan narx to‘layotganlar qancha. Xitoyda bir yetti
yoshli bola g‘ayritabiiy ravishda Iso Masihni tanib, imon keltiradi. U Injil
izlay boshlaydi, lekin hech qaerdan topa olmaydi. Shunda Xudodan Injil
berishini so‘rab o‘n to‘rt kun ro‘za tutadi. O‘n to‘rtinchi kunda tushida ikki
kishi qizil matoga o‘ralgan Injilni unga beradi. Tushni vahiy ekanligini bilgan
bola tunda eshik taqillaganida yugurib borib, u yerda turgan ikki begona
kishiga: “Injil keltirdinglarmi?” – deydi. Ular unga qizil matoni berib
ketishadi, ochganida, ichida Injil bor edi.
Bu bola
Muqaddas Yozuv orqali Xudoni tanib bilib, Unga qattiq yopishadi va ulg‘ayib,
hayotida ko‘plab mo‘’jizalar ko‘radi, shuningdek, Rabbiyning nomini butun
dunyoga tarqatadigan xizmatkorga aylanadi.
Bizning
Xudoga munosabatimizni Uning So‘ziga bo‘lgan munosabatimizdan bilsa bo‘ladi.
Xudoni sevsak Uning so‘zini o‘qib to‘ymaymiz, Unga befarq bo‘lsak, Uning
So‘ziga befarq bo‘lamiz.
2)Ibodat
Ba’zan
imonlilar bir, ikki ibodatlariga tezda javob olmaganlarida hafsalalari pir
bo‘lib oldingi hayotlariga qaytadilar. Lekin o‘z kuchlari bilan hech nimaga
erisha olmay baxtsiz yashaydilar. Shundaylarga: “Nima bo‘lganda ham imondan
qaytmang, qo‘lingizdan kelguncha o‘qib, ibodat qilishda davom eting, bir kuni
javob olasiz”, – degim keladi. Chunki sadoqat bilan Xudoni izlayotganlarga Xudo
albatta bir kuni javob beradi. Xudo–
ezgu Xudo. Uning bizning hayotimiz uchun ezgu rejalari bor. Agar
ibodatingizga hozir javob bermagan bo‘lsa, buning sababi bor. Buyuk imon
kishilari Yusufni, Ayubni eslang. Yusuf muqaddasligi uchun qamoqxonada
yotganida, Ayub bir kunda ham mol mulki, ham bolalaridan ajralganida –
hafsalalari pir bo‘lib, imondan qaytishlari mumkin edi. Lekin ular azobli
kunlaridan najotni imon bilan ibodat qilib Xudodan kutdilar va Xudo ularga
javob berdi. Yusuf Misrda fir’avndan so‘ng ikkinchi odamga aylandi, Ayub esa
oldingidan ikki karra ko‘p mol mulkka sazovor bo‘ldi.
Biz ba’zi
ibodatlarga birdan javob olamiz, ba’zi narsalar uchun ko‘proq ibodat qilishimiz
kerak bo‘ladi. Asosiysi, javob ola olmayotganimiz uchun hafsalamiz pir bo‘lib,
imondan kechmasligimiz lozim. Luqo 18:1 8 “1.Iso shogirdlariga tushkunlikka
tushmasdan doimo ibodat qilish kerakligi haqidagi shu masalni aytib berdi:
2.“Bir shaharda Xudodan qo‘rqmaydigan, odamlardan ham uyalmaydigan bir sud’ya
bor edi. 3.O‘sha shaharda bir beva xotin ham yashar edi. U sud’yaning oldiga
kelaverib: “Meni raqibimdan himoya qiling”,- deb o‘tinib so‘rar edi. 4.U esa
ancha vaqtgacha bunga e’tibor bermas edi. Oxirida o‘z- o‘ziga dedi: “Men
Xudodan qo‘rqmayman, odamlardan ham uyalmayman, 5.biroq bu beva menga tinchlik
bermayotgani uchun uni himoya qilay, toki u yana kelaverib, meni bezovta
qilmasin”. 6.Shunda Rabbiy dedi: “Nohaq
sud’ya nima deganini eshityapsizmi? 7. nahotki Xudo Unga kecha yu kunduz faryod
qilayotgan O‘zining tanlanganlarini himoya qilmasa, garchi ularga uzoq sabr-toqat qilsa ham. 8.Sizlarga
aytamanki, ularni tez orada himoya qiladi. Biroq Inson O‘g‘li kelganida, yer
yuzida imon toparmikan?”
Xudoning
So‘zi: “Imonlining g‘ayratli ibodati ko‘p narsaga qodir”, – deydi(Yoqub 5:16).
Tasavvur qiling, g‘ayratli ibodat ko‘p narsaga qodir, g‘ayrat bilan ibodat
qilmasangiz esa shu narsalar hayotingizga kelmaydi. Shunday ekan, sizga berilgan, Xudoning
qarshisida o‘z muammolarini ko‘tarib, ularning yechimini olish imtiyozini
qo‘ldan chiqarmang. Ibroniylarga 4:16 “Shunday ekan, rahm-shafqat olishimiz va
zaruriy yordam olishga inoyat topishimiz uchun inoyat taxtiga jasorat bilan
yaqinlashaylik”.
G‘ayratli
ibodatchi bo‘ling. Bu uchun ibodat haqidagi oyatlarni, barcha kitoblarni o‘qib
chiqing. Muvaffaqiyatli ibodatchilarga taqlid qiling va ruhiy mehnatingizning
mevasini totib, lazzatlanib yashang!
3)Muqaddas
hayot kechirish
Xudo
muqaddasdir, U O‘z xalqidan ham muqaddas hayotni talab qiladi. Bizdan yurak
niyatlarimizda, ong fikrlarimizda, og‘iz so‘zlarimizda va qo‘l ishlarimizda muqaddas bo‘lish talab
qilinadi.San.14:1 3. “Yo, Rabbiy! Kim Sening chodiringda tura oladi? Kim Sening
muqaddas tog‘ingda yashay oladi? 2.Kimki benuqson yursa, haqlikni amalga
oshirsa, o‘z yuragida haqiqatni so‘zlasa, 3.kimki tili bilan g‘iybat qilmasa,
yaqiniga yomonlik qilmasa, yaqiniga qarshi haqoratni qabul qilmasa”.
Muqaddas
hayot kechirish uchun nima gunoh ekanligini bilib olish va shu gunohlarni
qilmaslikka qaror qilish lozim. Bizning ichimizda ham gunohkor tabiat, ham
ruhiy tabiat yashaydi. Biz qaysi birini qo‘llab quvvatlasak, o‘shasi baquvvat
bo‘lib boraveradi. Shuning uchun ruh bilan tana ishlarini o‘ldirishimiz lozim.
Rimliklarga 8:13 “Agar tana izmi bo‘yicha yashasangizlar, o‘lasizlar. Agarda
Ruh bilan a’zoyi badan ishlarini o‘ldirsangizlar, yashaysizlar”. Agar Xudoning
irodasida bo‘lishni istasak, ruh istagini tanlashimiz lozim.
Odamlar
ko‘pincha odamzod gunoh deb tan olgan narsalar: fohishalik, o‘g‘irlikdan
o‘zlarini tiyishlari mumkin, lekin jahllanish, g‘iybatchilik, yomon fikrga
borish, dushmanlik kabi gunohlardan ozod bo‘lmay yashaydilar. Bu esa ularning
hayotlaridan Xudoning barakasini o‘g‘irlaydi.
Biz
jahllanishimiz mumkin. Jahl – tanaviy tabiatning mo‘’tadil reaksiyasidir. Tana
izmimiz bor ekan jahllanamiz. Lekin biz ruh izmi bilan tana ishini o‘ldirishga
da’vat etilganmiz. Jahllanayotgan vaqtimizda bor harakatimiz o‘z
hissiyotlarimizni jilovlashga qaratilishi lozim. Shunda bizda ruh hosili –
muloyimlik, o‘zini tiyish paydo bo‘ladi(Galatiyaliklarga 5:22,23).
Jahlimiz
bir kundan nari o‘tmasligi lozim. Efesliklarga 4:26 “G‘azablanib gunoh
qilmanglar: g‘azabingizda quyosh botmasin”. Jahlimizni chiqargan odamni Xudoga
tashlab, yaxshi narsalar haqida o‘ylashni boshlashimiz lozim, aks holda,
shaytonga o‘rin berishimiz, yuragimizda dushmanlik paydo bo‘lishi mumkin, bu
esa bizni bulg‘aydi. Jahllanib, gunoh qilmasligimiz kerak. Sanolar 4:5
“G‘azablanib, gunoh qilmang, to‘shagingizda yuragingizga so‘zlang va
tinchlaning”. Ya’ni jahl ustida birovga yomonlik qilib qo‘ymasligimiz lozim.
Jahllangan vaqtimizda qilishimiz lozim bo‘lgan birgina narsa ibodatda Xudoga
murojaat qilib tinchlanishdir.
Jahllanib
qanday gunohlar qilish mumkin?
Kimdir
boshqaga yomonlik qilishi mumkin.
Kimdir
yuragida o‘sha odamga nisbatan nafrat, dushmanlik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yib
ifloslanishi mumkin.
Kimdir
jahllantirgan odam haqida yomon narsalarni o‘ylab gunoh qilishi mumkin.
Kimdir
unga yoki u haqida yomon gapirib gunoh qilishi mumkin.
4) Xudoga xizmat va ezgu ishlar
Xudoga
xizmat haqida keyingi bobda to‘xtalganimiz uchun bu yerda faqat ezgu ishlar
haqida suhbatlashamiz. Yozuvda biz qilishimiz lozim bo‘lgan ezgu ishlar
oldindan tayinlangan ekanligi aytilgan. Efesliklarga 2:10“Zero biz Xudo
azaldanoq tayyorlagan yaxshi ishlarni bajarishimiz uchun Iso Masihda yaratilgan
Uning ijodimiz”. Demak, Xudo ularni
qilishimizni kutmoqda.
Ezgu
ishlarda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun odam yuragini muhtojlarni ko‘rish va
ularga yordam berish uchun ochiq
qilishidan boshlanadi. Hayotingizda qish kelayotganida sizning issiq kiyimingiz
yoki etigingiz bo‘lmagan vaqt bo‘lganmi? Sizga shu narsalarni olib bergan odam
ko‘zingizga farishtadek ko‘ringan bo‘lar edi. Yoki juda och qolgan vaqtingizda
biror narsa sotib olishga pulingiz bo‘lmagan vaqt bo‘lganmi? Atrofingizga
qarang, kundan kunga shunday yetishmovchilik girdobida hayot uchun kurashib kun
kechirayotganlar qancha? Xudo ularning boshini silamoqchi bo‘lgan qo‘l siz
emasmi? Sanolar 40:2 3 “2.Bechora haqida o‘ylaydigan odam baxtlidir! Kulfat
kunida Rabbiy uni qutqaradi. 3.Rabbiy uni asraydi va hayotini saqlaydi. U yer
yuzida baxtli bo‘ladi. Sen, yo, Rabbiy, uni dushmanlarining ixtiyoriga
topshirmaysan”. Ieremiyah 22:16 “U bechoraning va qashshoqning ishini hal qilar edi, shuning uchun ham unga yaxshi
edi. Meni tanib-bilish degani shu
emasmi? – deydi Rabbiy”. O‘zingiz, o‘z
rejalaringiz bilangina yashamang: atrofingizdagi muhtojlar siz yordam
berishingiz kerak bo‘lgan odamlar. Kamidan boshlang, keyin Xudo
imkoniyatingizni oshiraveradi.
Iso Masih
muhtojlarga qilgan yaxshiliklaringizni Menga qilgan bo‘lasizlar,
qilmaganlaringizni esa Menga qilmagan bo‘lasizlar deganini, ezgu ishlar
qilganlarni mukofotlaganini, qilmaganlarni esa jazolaganini yodda tutishimiz
lozim (Mat.25:31 46).
5)Ushr,
qurbonlik
Ushr
prinsipini bizlar Adan bog‘idanoq ko‘rishimiz mumkin. Xudo Odam Atoga bog‘dagi
barcha mevalarni tortiq qildi, birgina daraxt mevasiga tegishni ta’qiqladi. Shu
daraxtga tegmasligi unga bu bog‘ Yaratuvchi tomonidan berilganligi, bularning
barchasining egasi U ekanligini eslatib turar edi. Bunga amal qilish orqali
Odam Ato o‘z itoatini namoyon qilar edi. Lekin u shaytonning so‘ziga ishonib,
xotinining ortidan bu daraxt mevasini yeganida, Adan bog‘idan va undagi barcha
mevalardan totish baxtidan mahrum bo‘ldi. Bizlar ham Xudoga ushr
berayotganimizda barcha daromadimiz Undan kelayotganini tan olishimizni va ushr
berish orqali Unga itoatimizni ko‘rsatgan bo‘lamiz va mablag‘imizning ushrdan
qolgan qismiga Xudoning barakasi keladi. Aks holda, imonsizlik va
itoatsizligimiz tufayli, mablag‘imizda Xudoning barakasi bo‘lmaydi. Malaxi 3:7
12 “Otalaringizning kunlaridan boshlab sizlar Mening nizom-qoidalarimdan
chekindingizlar va ularga rioya qilmadingizlar. Menga o‘girilinglar va Men ham
sizlarga o‘girilaman, – deydi Qo‘shinlar
Xudovandi. – Ammo sizlar: “Biz qanday
qilib o‘girilishimiz mumkin?” –
deysizlar.8.Inson Xudodan o‘g‘irlay oladimi? Sizlar esa Mendan
o‘g‘irlamoqdasizlar. “Biz Sendan qanday qilib o‘g‘irlayapmiz?” – deb aytasizlar. Mana – ushrlaringiz va bag‘ishlovlaringiz bilan
Mendan o‘g‘irlamoqdasizlar. 9.La’nat bilan la’natlangansizlar, chunki sizlar,
butun xalq, Mendan o‘g‘irlamoqdasizlar. 10.Mening uyimda oziq-ovqat bo‘lishi
uchun barcha ushrlaringizni ma’bad
omborlariga olib kelinglar. Ana shu narsada Meni sinab ko‘ringlar-chi, – deydi Qo‘shinlar Xudovandi, – Men sizlar uchun osmon derazalarini ochib
yubormaymanmi va sizlarning ustingizga duoyi-barakatlarni to‘la-to‘kis
yog‘dirmaymanmi? 11.Shunda sizlar uchun Men yeringizning hosilini
yeb-bitiradiganlarga man qilaman. Dalangizdagi uzum toki ham o‘z hosilidan
mahrum bo‘lmaydi,- deydi Qo‘shinlar Xudovandi. 12.Hamma xalqlar esa sizlarni
baxtli deb atashadi, chunki sizlarning yeringiz ajoyib yer bo‘ladi,- deydi
Qo‘shinlar Xudovandi”.
Ushr
– baraka yomg‘ir kabi quyilishi uchun
osmon eshiklarini ochsa, qurbonlik urug‘ hisoblanib, qancha ko‘p qurbonlik
qilsak, hayotimizga shu qadar ko‘p baraka unib chiqadi. Ko‘plab Masihiylar
mablag‘larining o‘n foizini ushrga, o‘n foizini esa qurbonlikka ajratishadi.
O‘z ishlarini Xudoning Shohligiga bag‘ishlagan va mablag‘larining to‘qson
foizini Xudoga beradiganlar ham bor. Xudoga ushr va qurbonlik beradiganlarning
barchalari ushr berishni boshlaganlaridan so‘ng mablag‘ sohasida hayotlariga
mo‘’tadil baraka kelganligi haqida guvohlik beradilar.
Oltin
qoida:
Mat.7:12
“Hamma narsada odamlar sizlarga qanday muomala qilishlarini istasangizlar,
sizlar ham ularga shunday muomalada bo‘linglar”.
Oltin
oyat:
Yuhanno
3:16. Chunki Xudo dunyoni shunchalik sevdiki, O‘zining Yagona O‘g‘lini berdi,
toki Unga ishongan har bir kishi halok bo‘lmasin, balki abadiy hayotga ega
bo‘lsin.
4. 3TOIFA
MASIHIYLAR
Masihiylar
3toifaga bo‘linadilar: Ruh izmi bilan, jon izmi bilan va tana izmi bilan
yashaydigan masihiylardir.
Inson
ruh, jon va tanadan iboratdir. 1Sal.5:23 “Nihoyat, tinchlik Xudosining O‘zi
sizlarni butunlay muqaddaslasin, Rabbimiz Iso Masihning kelishida ruhingiz,
joningiz hamda tanangiz to‘liqligicha benuqson saqlansin”. Insonning tanasi
oziqlanishi va jismoniy harakat qilishi natijasida o‘sadi, qancha o‘ssa shuncha
kuchli bo‘ladi. Aqli aqliy mashg‘ulotlar: o‘qish, o‘ylash, o‘rganish, qo‘llash
natijasida, ruhi esa ruhiy mashg‘ulotlar: yozuvni o‘rganish, qo‘llash, ibodat
qilish va xizmat qilish jarayonida o‘sadi va odam naqadar ruhiy o‘ssa shu qadar
haqiqatni anglaydi va haqiqat uni ozod qiladi va u xotirjamlikda, Xudoning
barakasida yashay boshlaydi, har ishida muvaffaqiyatli bo‘ladi(San.1 bob,
Ieshua BinNun.1:8).
Ruh izmi,
jon izmi va tana izmi bilan yashaydigan masihiylar
Odam
ruhan o‘smaganida jon izmi bilan yoki tana izmi bilan yashaydigan masihiyga
aylanib qoladi. Tana izmi bilan yashaydigan masihiylar xulq atvorini Xudoning
so‘ziga binoan o‘zgartirmagani uchun gunohkor hayotini davom ettiradigan
masihiylardir(Rimliklarga 8 bob). Ular Osmon Shohligiga kirmaydilar.
Galatiyaliklarga 5.19 21 “9.Tana izmi bo‘yicha qilinayotgan ishlar ma’lum –
bular: zino, fohishabozlik, nopoklik, axloqsizlik, 20.butparastlik, sehrgarlik,
dushmanlik, janjal, nafrat, g‘azab, nizo, ixtilofchilik, bid’at, 21.hasad,
qotillik, ichkilikbozlik, aysh-ishrat va shularga o‘xshagan ishlardir. Sizlarni
oldin ogohlantirganimdek, yana ogohlantiryapman: bunday ishlarni qiluvchilar
Xudoning Shohligiga merosxo‘r bo‘lmaydilar”.
Tana izmi
bilan yashaydigan odamlarga boshqalarni o‘z yo‘liga solishga harakat qilishni
ko‘rish mumkin. Kichiklar xarxasha bilan o‘z yo‘liga solmoqchi bo‘lsa, kattalar
ta’na, piching yoki buyruq bilan o‘z yo‘liga solishga harakat qiladi. Bundan
ularning o‘zlariga ham, atrofidagilarga ham foyda yo‘qligini hisobga olgan
holda, ularning nazoratlariga berilmaslikka harakat qilish lozim.
Jon izmi
bilan yashaydigan masihiylar Xudoning So‘ziga emas, o‘z aqllariga, yoki
hissiyotlariga tayanib yashaydigan masihiylardir. 1Kor.2:14 “Joni boshqaradigan
odam Xudoning Ruhidan bo‘lgan narsalarni
qabul qilmaydi. U bularni telbalik deb hisoblaydi va ularni fahmlay olmaydi,
chunki bular haqida ruhan muhokama qilish kerak”.
Agar
imonlilik hayotimizda o‘rta yo‘lda qolishni istamasak ruh izmi bilan
yashaydigan masihiy bo‘lishimiz, ya’ni har vaziyatda Xudoning irodasini izlab,
Uning irodasiga bo‘ysunib yashashga harakat qilishimiz lozim.
Barcha
masihiylar: tana izmi bilan yashayotganlar ham, jon izmi bilan yashayotganlar
ham, ruh izmi bilan yashayotganlar ham o‘zlarini ruh izmi bilan yashayotgan,
mukammal masihiylar hisoblaydilar. Xo‘sh, ruh izmi bilan yashayotganlikning va
mukammallikning qandaydir ko‘rsatkichlari bormi? Ha, bor.
Ruh izmi
bilan yashashning ko‘rsatkichi – bu ruh hosillariga esa bo‘lishdir. Gal.5:22,23
“22.Ruhning hosili esa: sevgi, quvonch, tinchlik, sabr-toqat, ezgulik,
mehribonlik, imon, 23.muloyimlik va o‘zini tiyishdir”.
Shunday
ekan, odam o‘zini masihiy deb hisoblasa, ruh izmi bilan yashayotgan hisoblasa
yu, lekin ko‘nglida birovga nisbatan kechirimsizlik, g‘araz, dushmanlik yoki
biror boshqa nopoklik bo‘lsa, xulq atvorida jizzakilik, serjahllik,
g‘iybatchilik bo‘lsa bu odam ruh izmi bilan yashaydigan kishi emas.
Ruhiy
kamolot cho‘qqisi – bu sevgidir. Kol.3:14 “Hamma narsadan ko‘ra ko‘proq
barkamollikning birlashuvi bo‘lgan sevgiga burkaninglar”.
Ruhiy o‘sish rejasi
Ruhiy
o‘sish uchun ruhiy o‘sish rejasiga ega bo‘lish kerak. Kun rejangizga ibodatga,
So‘zni o‘qish va o‘ylashga, Xudoni ulug‘lashga va xizmat qilishga, ruhiy
kitoblar o‘qishga vaqt ajratib, belgilab qo‘ying. So‘ng shu vaqtda albatta
shular bilan shug‘ullanishga o‘zingizni rag‘batlantiring. Iloji bo‘lsa,
muvaffaqiyat va kamchiliklaringiz haqida cho‘poningizga hisobot bering. Har oy
ruhiy va xizmatda o‘sishingizga yordam beradigan kitoblar o‘qib imon
binoyingizni mustahkamlab boring. Masalan, bir oy ruh hosillari haqida, ibodat
haqida, shogirdchilik haqida kitoblar o‘qib qo‘llashingiz, keyingi oy Muqaddas
Yozuv haqida, saxovat xizmati haqida kitoblar o‘qib, amalda qo‘llashingiz
mumkin. Biror xizmat uchun mas’uliyat olib, uni o‘stirish borasida kitoblar
o‘qing. Shunda kundan kunga o‘zingizda o‘sish his qila borasiz.
Taxminiy
kundalik reja:
5.00.
uyg‘onish.
5.15.-
6.15. ibodat(agar ishga borish kerak bo‘lmasa, ko‘proq qilish mumkin).
6.15 -7.45.Yozuv
o‘qish va o‘ylash.
7.45. Ishga ketishga tayyorlanish va hok.
18.00-
19.00 Uy ishlari.
19.00 -20.00.
Xudoni ulug‘lash.
20.00 -21.00.Oila
bilan bo‘lish.
21.00 -22.00.
Ruhiy o‘sish uchun kitob o‘qish va ertangi kunni rejalashtirish.
22.00 -23.00 Ibodat va uyquga yotish.
Besh dala
Masihiyning
hayotida doimiy ravishda parvarish qilishi lozim bo‘lgan besh dala mavjud.
Bular: 1)Xudo bilan shaxsiy munosabat, 2)Xudoga xizmat, 3)oilaga g‘amxo‘rlik
qilish, 4)ish, 5)o‘z ustida doimo ishlash. Agar qaysidir sohaga ko‘proq e’tibor
berib, boshqasiga e’tiborsizlik qilsak, o‘sha soha oqsab boshqa sohalarga ham
yomon ta’sir qiladi. Shuning uchun ular orasida me’yorni saqlashga harakat
qilish kerak. Bularning hammasiga ma’lum vaqt va kuch sarflash lozim.
Xudo
bilan munosabat
Tasavvur
qiling a: Xudo bor. Xudo sizni sevadi. Xudo siz bilan suhbatlashishni, sizning
yaqin do‘stingiz bo‘lishni istaydi. Siz birov bilan yaqin munosabat qurish
uchun u shaxsni bilib olishingiz kerak bo‘ladi. Kalom esa Xudoning kimligini,
Uning qandayligini ochib beradi. Siz Xudoni bilishga, Unga yaqinlashishga qaror
qilasiz va har daf’a Yozuvni o‘qishga yoki ibodatda Xudoning huzuriga
kelganingizda – bu amallarga imon bilan yondashasiz, ya’ni Yozuv
o‘qiyotganingizda Xudo sizning ruhingizga so‘zlashini, O‘zini ochishini kutasiz,
ibodat qilayotganingizda esa Xudo sizni tinglab turganiga ishonasiz. Keyin esa
Xudo ibodatingizga javob berishini imon bilan kutasiz. Bu sodir bo‘lganida
imoningiz yanada mustahkamlanadi va yanada komil ishonch bilan Xudoni izlay
boshlaysiz.
Agar oila
a’zolari o‘zaro suhbat va ahillikda yashashsa ularning munosabatlari yildan
–yilga mustahkamlanib boradi. Agar ular bir birlaridan alohida yashashsa,
aksincha, bir birlaridan uzoqlashishadi. Biz ham imon bilan Xudoning huzuriga
kelib, U bilan suhbatlashib yashasak– imonimiz mustahkamlashib boraveradi va
biz Xudoga yaqinlashaveramiz, lekin agar Xudoning so‘ziga binoan Xudoga
yaqinlashmasak imonimiz o‘smaydi. Hav.17:26 27 “26.Butun yer yuzida istiqomat
qilish uchun Xudo bir qondan bor odam naslini yaratib, ularga oldindan
belgilangan davrlarini va istiqomat joylarini tayin etdi, 27.toki ular Xudoni
izlasinlar, Uni sezmasmikinlar va topa olmasmikinlar, chunki U har birimizdan
yiroq emasdir”.
Xudoga
xizmat
Ba’zi
imonlilar: “Osmon Shohligiga kirishim uchun faqat gunohlarimga tavba qilsam
bas”, – deb o‘ylashadi, Xudoga xizmat masalasiga jiddiy qarashmaydi. Tavba
qilish degani aslida, hayot tarzini o‘zgartirib, hayotini Masihga bo‘ysundirish
deganidir. Har birimiz gunohkorona hayot tarzimiz tufayli do‘zax jariga qarab
ketayotgan edik. Masih hayotimizga kelib, bizlarni 180gradus o‘giriltirdi va
najot yo‘lini ko‘rsatdi. Muqaddas Yozuv Osmon Shohligiga borishning kompasi
hisoblanadi. Endi to‘g‘ri yo‘lga kirib olgan odam kompas bo‘lmish Xudoning
So‘ziga qarab Osmon Shohligi tomon qadam qo‘ya boshlasa u Osmon Shohligiga
yetib keladi. Agar u tomon harakat qilmasa, albatta, dunyoning oqimi uni yana
tortib ketadi. Shuning uchun Muqaddas Yozuvda: “…najotingizni amalga
oshiring”, – deyilgan(Fil.2:12). Masihiylikning mag‘zi aslida o‘zi uchun
yashashdan bosh tortib Xudo uchun yashay boshlashdir(1Pet.2:24). Shunda
mazmundor hayot kechiramiz va Xudoning Shohligiga kelganimizda qilgan
xizmatlarimiz uchun mukofot olamiz(1Pet.5:4; 2Tim.4:8;1Kor.9:18). Aks holda,
Xudoning Shohligiga arang kirib kelib, mukofotsiz qolishimiz(1Kor.3:15), hatto
Osmon Shohligiga kira olmasligimiz ham mumkin(Mat.25:1 30). Katta to‘ylarga
odatda odamlar sovg‘a bilan borishadi. Odam qanchalik qimmatbaho narsa olib
borsa, shu qadar obro‘li sanaladi. Bizning Xudo uchun quvg‘inlarga,
qiyinchiliklarga chidaganimiz va Unga qilgan xizmatimiz – Unga sovg‘amiz
hisoblanadi. Xudoning qancha sodiq qullari Uning oldiga millionlab najot topgan
jonlarni olib kelayotgan, ba’zilari quvg‘inlar natijasida hattoki shirin
jonlarini Masih uchun qurbon qilayotgan bir vaqtda quruq qo‘l bilan borishni or
bilgan har bir ziyrak Masihiy qo‘lidan kelgunicha, har kuni Xudoning Shohligi
uchun nimadir qilmog‘i lozim. Shunda Povul kabi ayta olamiz: “7.Men yaxshi jang
bilan jang qildim, o‘z masofamni tugatdim, imonimni saqladim. 8.Endi esa men
uchun haqlik toji tayyor turibdi. Haq
hukm qiluvchi Rabbiy o‘sha kunda shu tojni menga beradi. Faqatgina menga emas,
balki Uning namoyon bo‘lishini sevadiganlarning hammasiga ham beradi” (2Tim.4:7
8).
Oilaga
g‘amxo‘rlik
Odam
quyoshga naqadar yaqin bo‘lsa, shu qadar ko‘p haroratni his qilgani kabi, agar
bizning ichimizdagi Xudo bizlarni boshqarayotgan bo‘lsa, oila a’zolarimiz Uning
taftini boshqalardan ko‘ra ko‘proq his qilishadi. Biz boshqalar haqida g‘amxo‘rlikni
bo‘yin olib o‘zimiznikilarni unutib qo‘ymasligimiz darkor. Chunki ularning
bizdan yaqin kishilari yo‘q va ular bizlarga muhtojdirlar. 1Tim.5:8 “8.Agar
kimdir o‘zinikilar haqida, ayniqsa, o‘z xonadoni haqida g‘amxo‘rlik qilmasa, u
imondan voz kechgandir va imonsiz odamdan ham battardir”.Ular bilan yaxshi
munosabatda bo‘lish, til topishishga harakat qilish – bir jihatdan, zarur vaqtda ularga yordam
berish, ba’zi narsalarda esa ular sizning vaqtingiz, kuchingizga bo‘lgan o‘z
imtiyozlarini boshqa muhtojroq masihiylar uchun qurbon qilishga o‘rganishlari
orasida me’yor saqlashga yordam beradi. 1Kor.7:29 “Birodarlar, men sizlarga
aytaman: vaqt endi qisqa, shuning uchun xotinli bo‘lganlar, xotini yo‘qday
bo‘lishlari kerak”.
Ish
Moddiy
erkinlikka ega bo‘lishni istagan odam ishlashni sevishi lozim. Ishlaganda ham
qo‘l uchida emas, balki shunday ishlash kerakki, xo‘jayin bizdan mamnun
bo‘lsin. Kol.3:23 24 “23.Nimaki qilsangizlar barchasini insonlar uchun emas,
balki Rabbiy uchun qilayotgandek, butun qalbingiz bilan qilinglar. 24.Zero
bilasizlarki, sizlar mukofot sifatida Rabbiydan meros olasizlar. Rabbiy Masihga
xizmat qilinglar. 25.Kimki nohaqlik qilsa, u o‘z nohaqligiga yarashasini oladi,
chunki Xudo yuz-xotirchilik qilmaydi”. Agar shunday ishlasak, ikki karra
taqdirlanamiz: avvalo, xo‘jayindan, keyin esa Rabbiydan! Yodda tuting! Ish bu
baraka eshigidir. Unga naqadar jiddiy yondashsak u bizni shu qadar boyitadi.
O‘z
ustida ishlash
Bizning
bilimimiz, tajribamiz cheklangandir. Shu uchun ba’zi sohalarda ishimiz
baroridan kelmaydi. Bilim bizlarni imonda ham, xizmatda ham, ishda ham bir
pog‘onadan ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilishimizga yordam beradi. Shuning uchun
o‘z sohamizda o‘z ustimizdan ishlab, doimo yuqori darajaga ko‘tarilishga intilishimiz
lozim. Shunda kundan –kunga ko‘tarilib, hayotimiz o‘zgaraveradi, o‘zimizni bir
xil hayotdan zerikishdan asraymiz va o‘sish barakalaridan totib, baxtli, omadli
hayot kechiramiz. Hik.8:14,18 “14Maslahat va farosat mendadir, men aqlman –
kuch mendadir. 18 Boylik va shuhrat, chirimas xazina va haqlik mendadir”. Kuchli, boy va sharafli bo‘lishni istaysizmi?
Unda o‘z ustingizdan ishlashni va bilimda o‘sishni seving!
XOTIMA
Biz imon
bilan yashashimiz, ya’ni Yozuvga amal qilib, imonimizni ishlarimiz va hayotimiz
bilan namoyon qilib yashashimiz lozim. Osmon Shohligiga ko‘plar narx
to‘lamasdan osongina kirishni istaydilar. O‘ylab ko‘ring, haqqoniy tanlov bilan
oliygohga kirish uchun imtihon bo‘lmoqda. U yerda bu imtihonga tayyorlanganlar
bor, tayyorlanmaganlar bor. Kimning kirib ketish imkoniyati ko‘proq? Albatta,
tayyorlanganlarning. Qonunni bilmaslik odamni javobgarlikdan ozod qilmagani
kabi, Xudoning irodasini bilmaslik odamni o‘z gunohlari uchun javob berishdan
ozod qilmaydi. Agar Osmon Shohligiga kirish orzuimiz bo‘lsa, gunohdan qutulish
muammosini va Xudoning qarshisida mukofot olish uchun xizmat masalasini bugun,
shu dunyoda hal qilishimiz lozim. Hukm kunida odamlar ham o‘z gunohlari uchun,
ham Xudo ularni gunohlaridan ozod qilish uchun qurbon qilgan Iso Masihni rad
qilganlari uchun hukm qilinadilar. Agar Osmon Shohligiga kirishning boshqa
yo‘li bo‘lsa, Xudoga Iso Masihni shu qadar azobli o‘limga yuborishning nima
keragi bor edi? Yuh.3:16 21“Chunki Xudo dunyoni shunchalik sevdiki, O‘zining
Yagona O‘g‘lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo‘lmasin, balki
abadiy hayotga ega bo‘lsin. 17.Zero Xudo dunyoni hukm qilish uchun emas, balki
O‘z O‘g‘li orqali qutqarish uchun Uni dunyoga yubordi. 18.Unga ishongan odam
hukm qilinmaydi, ishonmagan odam esa allaqachon hukm qilingan, chunki Xudoning
Yagona O‘g‘lining ismiga imon keltirmadi. 19.Hukm esa shundan iboratki – Nur
dunyoga keldi, lekin odamlar Nurdan ko‘ra zulmatni ko‘proq sevdilar, chunki
ularning ishlari yovuz edi. 20.Chunki yovuzlik qiladigan har bir kishi Nurdan
nafratlanadi va Nur tomonga bormaydi, toki uning ishlari fosh bo‘lmasin, chunki
uning ishlari yovuzlikdir. 21.Haqiqat bo‘yicha harakat qiluvchi esa Nur tomonga
boradi, toki uning ishlari oshkor bo‘lsin, chunki ular Xudoda amalga oshirilgandir”.
Agar
Nurga ergashmoqchi bo‘lsangiz mazkur ibodatda Xudoga murojaat qiling: “Xudoyim.
Men gunohkor ekanligimni tan olaman. Gunohlarimni Iso Masihning qoni bilan
yuvgin va menga Muqaddas Ruhingni quygin. Muqaddas hayot kechirib, Osmon
Shohligiga kirishimga yordam ber. Iso Masih nomi bilan: Omin”.
Agar shu
ibodatni sidqidildan aytgan bo‘lsangiz, men sizni tabriklayman. Siz Osmon
Shohligi fuqarosi bo‘ldingiz va Osmonda farishtalar tavba qilgan bir gunohkor
uchun tantana qilishmoqda. Endi do‘zax kuchlari sizning imoningizga tashlanishi
mumkin, siz uni himoya qiling. Agar undan o‘zingiz voz kechmasangiz, hech kim
uni sizdan tortib ola olmaydi. Nomiga imonlilik odamning o‘ziga ham, o‘zgalarga
ham foyda keltirmasligini hisobga olgan holda, Muqaddas Yozuvni o‘qib, ibodat
qilib imonli, muqaddas, ezgu ishlar
qilishga bag‘ishlangan hayot kechiring va bir kuni Osmon Shohligida
uchrashguncha!!!
Read more