Robiya uyda Yozuv o‘qib o‘tirar, lekin Rabbiyga xizmat qilish istagi bilan yonar edi. Bu orzusiga yetishish uchun tinmay ibodat qila boshladi va ro‘za tuta boshladi. Bir kuni u uchun uy eshiklari ochildi va Rabbiyning ortidan borish imkonini qo‘lga kiritdi. Shunda u to‘liq o‘rganish, to‘liq itoat va chanqoqlik bilan izlanish, jon-jahd bilan xizmat qilish yo‘lini tanladi. Boshqalar qilsammi, yo‘qmi, deb o‘ylab o‘tirganida, u qilishga qaror qildi. Natijada bir yil ichida ham o‘zi imonda o‘sdi, ham qarindoshlariga ta’sir qilib, ularni ruhiy faol bo‘lishlariga sabab bo‘ldi. U xizmat qilayotgan jamoat bir yildi 2barobar o‘sdi, imonlilar shogirdlarga aylandi, Xudo bilan tirik munosabatlari paydo bo‘ldi, 5imonli xizmatchiga aylandi. Kelinglar, hammamiz chanqoqlik, tirishqoqlik, imon, itoat yo‘lidan boramiz va Rabbiyning ishlarini hayotimizda ko‘ramiz!