Kategoriya

Toifaga kiritilmagan

Служение 1

8.XIZMATNI NIMADAN BOSHLASH KERAK?

8.XIZMATNI NIMADAN BOSHLASH KERAK?

Siz masihiylik bilan ozmi, ko‘pmi, tanishsiz. Siz xizmat qilishni, da’vatingizga kirishni, Osmon Shohligiga hosil keltirishni istaysiz. Lekin Masihiylik shu qadar serqirraki, odam ba’zan nimadan boshlashni bilmaydi. Har bir kishining o‘z da’vati bo‘lgani bilan birga, masihiylikda 2narsa barcha masihiylarga birdek tegishli va umrbod bajarib o‘tish talab qilinadi. Bular:  Buyuk Amr va Buyuk Topshiriqdir.

Служение

7.SHOGIRDCHILIKDA KEYINGI QADAM

SHOGIRDCHILIKDA KEYINGI QADAM

Bizlar hamma narsani birdan tushunmaymiz, balki qadamba qadam tushunib, qilib muvaffaqiyatli bo‘lib boramiz. Iso Masih ham shogirdlariga: “Sizlarga ko‘p narsalarni aytmoqchiman, lekin sizlar sig‘dira olmaysizlar”,degan(Yuh.16:12). Shu uchun qadamba qadam o‘rganishga, bajarib muvaffaqiyatli bo‘lishga yuragimizni yo‘naltirishimiz lozim.

УНДА

                                                                        

Бизлардан камчилигимиз англайдиган руҳий қонун шуки- бизнинг эътирофимиз, бизни бошқаради.

MASIHIYLIK E’TIQODI

RUXShONA INOYaT

MASIHIYLIK E’TIQODI

1.MASIHIYLIK E’TIQODI NIMA?

Masihiylik e’tiqodi – Iso Masih odamlarning gunohlari uchun qurbon bo‘lgani sharofati bilan Unga e’tiqod qilgan odamlar gunohkorona hayot jazosi bo‘lmish do‘zax azobidan najot topib, abadiy Osmon Shohligida hayot kechirishlariga e’tiqoddir.

Muqaddas Yozuvda bayon qilinishicha, Xudo Odam Ato va Momo Havoni yaratganida, ularga Adan bog‘idagi hamma mevalardan yeyishga ruxsat berib, bir daraxt mevasiga tegmaslikni buyurgan. “Agar shundan yesangiz, o‘lasizlar”, – degan(Ibtido 2:16-17). Lekin Momo Havo va Odam Ato shaytonning avrashiga berilib, ta’qiqlangan mevadan yeyishgan. Shu lahzadan odamzod gunohga, shaytonga, o‘limga qullikka mahkum bo‘lgan(Ibtido 3:1-21). 

Lekin Xudo odamzodni juda yaxshi ko‘rgan. Shuning uchun Adan bog‘idayoq, shaytonga ayol naslidan bir Urug‘ dunyoga kelishini, shu Urug‘ uning boshini yanchishini aytgan(Ibtido 3:14-15). To‘rt ming yil o‘tib, yerga inson qiyofasida Xudoning Ruhidan bunyod bo‘lgan Iso Masih kelgan va odamzodning gunohi uchun o‘lib, uni gunoh, shayton va o‘limga qullikdan ozod qilgan.

Endi Iso Masih uning gunohlari uchun o‘lganiga ishongan har bir kishi o‘z gunohlari uchun tavba qilib, hayotiga Xudoning Ruhini chaqirsa, Iso Masihning qoni uning gunohlarini yuvadi va Muqaddas Ruh unga kirib gunohga, shaytonga qarshi turishga kuch beradi. Bu odam Xudoning qudratidan muqaddas yashash  uchun kuch olib, bu olamni tark etgach Osmon Shohligiga kirishga muyassar bo‘ladi.   

Dunyoda milliondan ortiq dinlar bor. Ularning talablari va va’dalari farq qilishi, ko‘pincha hatto bir biriga qarama qarshi ekanligi ham ularning hammasi bir manba’dan emasligini, ya’ni har bir din ham Xudodan emasligini isbotlaydi. Shunday dinlar borki, odamlar o‘z bolalarini go‘dakligidan olovda yoqishadi, shunday dinlar borki, uning asoschilari izdoshlari bo‘lmish har bir qiz turmushga chiqayotganida oldin o‘zlari qiz bilan jinsiy aloqa qilib keyin kuyovga berishadi; shunday dinlar borki, izdoshlari o‘zlarini unga qurbon keltiradilar, shunday dinlar borki, izdoshlari Xudolariga o‘zga odamlarni qurbon keltiradilar va hok.

Shunday ekan, har bir odam ham bu dunyo, ham u dunyoda Xudo bilan birga bo‘lishga, najotga eltadigan haqiqiy yo‘lni o‘zi izlashi lozim. Din –bu yo‘l, Xudo esa –maqsaddir. Biz dinni emas, Xudoni izlashimiz, Unga talpinishimiz, Uni mahkam tutishimiz lozim, shunda Xudo O‘ziga olib keladigan yo‘lni ochadi. Isha’yo.55:6 “Rabbiyni Uni topish mumkin bo‘lganida, izlanglar; U yaqin bo‘lganida, Uni chaqiringlar”.

2.NAJOTGA BEFARQ BO‘LIShGA OLIB KELADIGAN FIKRLAR

1)Ko‘pchilik: “Bugun o‘tsin, u dunyoda bir gap bo‘lar”, aqidasi bilan yashashadi. 

Muqaddas Yozuvda bayon qilinishicha, faqat bu dunyo lazzatlari va tashvishlari bilan yashayotgan odamlar Osmon Shohligiga kira olishmaydi. Ular jonlarining najoti uchun qayg‘urmaganliklari uchun oladiganlarini shu dunyoda olib bo‘ladilar, keyin esa abadiy azobga ketadilar. Ayub 21:7 16. “ 7.Nima uchun fosiqlar yashayveradilar, keksayib, kuchlari oshaveradi? 8.Farzandlari o‘sib, o‘z joyini topganini, nevaralarini ko‘rishga muyassar bo‘ladi. 9.Uylari xavf-xatarsiz, Xudo ularni jazolamaydi. 10.Buqalari kamchiliksiz ko‘payaveradi. Sigirlari bolalab, hech qachon bolasi tushib qolmaydi. 11.Bolalari podadagi qo‘zilarday o‘ynab yuradilar. 12.Childirma va lira ostida qo‘shiq kuylaydilar, nay musiqasiga o‘yin qiladilar. 13.Kunlarini farovonlikda o‘tkazadilar, o‘liklar diyoriga tinchgina ketadilar. 14.Xudoga shunday deydilar: “Bizni tinch qo‘y! Sening yo‘llaringdan yurishni xohlamaymiz. 15.Qodir Xudo kim bo‘libdiki, biz unga xizmat qilsak? Unga ibodat qilsak bizga qanday foyda?”  16.Axir, farovonlik o‘z qo‘llarining ishi emasmi? Fosiqlarning niyatlari menga jirkanchlidir.

Faqat bu dunyo uchun emas, balki u dunyo uchun ham yashash donolarga xosdir. Axir kim yong‘in kelayotgan joyga maskan quradi? Muqaddas Yozuvda yozilishicha, ilk odam gunoh qilganidan buyon har bir odam gunohlari uchun do‘zaxga mahkum bo‘lgan. Rim.5:12. Bitta kishi orqali dunyoga gunoh kirib, gunoh orqali esa o‘lim kirganiday, xuddi shunday, o‘lim hamma odamlarga o‘tdi, chunki hamma gunoh qilgan.  Agar jonimiz do‘zax azobidan najot topishini istasak harakat qilishimiz lozim. Mark 8:34 38 “34.So‘ng Iso xalq bilan O‘zining shogirdlarini chaqirib, ularga dedi: “Kim Mening ortimdan bormoqchi bo‘lsa, o‘zini rad etsin va o‘z xochini olib, Mening ortimdan yursin. 35.Chunki kim jonini saqlab qolmoqchi bo‘lsa, uni yo‘qotadi. Lekin kim Men va xushxabar uchun jonini yo‘qotsa, uni saqlab qoladi. 36.Chunki agar odam butun dunyoni qo‘lga kiritsa-yu, ammo o‘zining jonini yo‘qotsa, unga nima foyda? 37.Zero odam o‘zining joni uchun qanday to‘lov beradi? 38.Shuning uchun, kimki bu zinokor va gunohkor avlodda Mendan va Mening so‘zlarimdan uyalsa, o‘sha odamdan Inson O‘g‘li ham Otasining shuhratida muqaddas farishtalar bilan kelganida uyaladi”.

2)Ba’zilar: “Agar Xudoning So‘zini bilsam u qilmasam jazolanaman, bilmasam esa jazolanmayman”, – deb o‘ylashadi. Qonunni bilmaslik jazodan ozod etmaganligi kabi, Xudoning amrini bilmaslik gunohlar uchun do‘zax azobidan ozod qilmaydi. Hikmatlar 15:32 “Nasihatni rad qiluvchi o‘z jonidan nafratlanadi, fosh qilishga quloq soluvchi idrokka ega bo‘ladi”. 

3)Ba’zilar esa: “Bu kitobni o‘qisam, Xudo jazolarmikin”, – deb Muqaddas Yozuvni qo‘lga olishga qo‘rqadilar. Xudo esa odamzod Uni izlashini istaydi. Havoriylar faoliyati 17:26 27. “26.Butun yer yuzida istiqomat qilish uchun Xudo bir qondan bor odam naslini yaratib, ularga oldindan belgilangan davrlarini va istiqomat joylarini tayin etdi, 27.toki ular Xudoni izlasinlar, Uni sezmasmikinlar va topa olmasmikinlar, chunki U har birimizdan yiroq emasdir”.

Tasavvur qiling. Bolangizni go‘dakligida birov avrab olib ketdi. Bola ulg‘aydi va ko‘pchilik unga “Men otangman”, –deb da’vo qilyapti. Bu holatda bolaga haqiqatni bilishga, uni sevadigan, doim izlagan otasiga qaytishga nima yordam beradi? Haqiqatga tashnalik bilan izlanish! Agar siz Xudoga: “Xudo, Men Seni izlayapman. O‘zingni och, Senga olib boradigan yo‘lni ko‘rsat”, –deb murojaat qilib Yozuvni o‘qisangiz – siz gunoh qilmaysiz, aksincha, Xudoga manzur bo‘lasiz va U O‘zini ochadi.

Hayot faqat bu dunyodan iborat emas. Ikki dunyo farog‘atda bo‘lishni istasak – u dunyoda qaerda bo‘lishimiz uchun bugun qayg‘urishimiz lozim. Masalan, har doim oltin buyum olganimizda uning haqiqiy yoki yo‘qligini tekshirib ko‘ramiz. Chunki kiroyi pul sarflaganga yarasha yarqiroq temir emas, arzirli matohga ega bo‘lishni istaymiz. Yuz minglik matohning haqiqiy yoki yo‘qligini tekshirib ko‘ramiz u, abadiyatda qaerda bo‘lishimiz bizlarning diqqatimizga arzimaydimi? Axir abadiyat ming, million, milliard yillar, cheksizlik ku! Do‘zax azobining bir lahzasini ayting!!!

Men u yo‘l noto‘g‘ri, bu yo‘l to‘g‘ri demoqchi emasman. Asosiysi, har bir odam o‘z yo‘liga amin bo‘lishi lozim. Bu esa chuqur izlanish natijasida hosil qilingan ishonchga asoslangan bo‘lishi lozim. Bir qizning o‘z diniga ishonchi komil edi. U diniy kitoblarni o‘qir, din amallarini bajarar edi. U bir kuni Masihiylar bilan uchrashib qoldi. Ulardan Muqaddas Yozuvni so‘rab oldi. Uni o‘qib ko‘rib, har bir kishi gunoh qilgani va Xudoning shuhratidan mahrum ekanini: “Zero hamma gunoh qilgan va Xudoning shuhratidan mahrum bo‘lgan(Rimliklarga 3:23)”, gunohning jazosi o‘lim ekanini: “23.Chunki gunohning evazi – o‘lim, Xudoning in’omi esa – Rabbimiz Iso Masihdagi abadiy hayotdir(Rimliklarga 6:23)”, lekin Xudo odamlarning do‘zaxga ketishini istamasligi, shu uchun Muqaddas Ruhidan barpo qilib, odamlarning gunohi uchun o‘lishga bu zaminga Iso Masihni yuborganini, endi har bir odam o‘z gunohi uchun yo o‘zi do‘zaxga ketishi, yo Masih qurbonligiga ishonib, gunohlarini Masihga berib, Masihning haqligini qabul qilishi mumkinligini,  jannatga kirishning yo‘li faqatgina Iso Masihning qoni bilan gunohlarning butkul yuvilishi ekanini bilib oldi. Chunki zarra gunohi bo‘lgan odam jannatga kira olmaydi. Vahiy 21:27 “Hech bir iflos hamda jirkanchlik va yolg‘onga berilgan hech kim unga kirmaydi. Faqatgina Qo‘zining hayot kitobida yozilganlar kiradilar”. Hayvonlar qurbonligi gunohni yo‘q qila olmaydi, ular bir kuni mukammal Qurbon kelishining timsoli edi. Ibr.10:3 “3.Biroq qurbonliklar bilan har yili gunohlar haqida eslatib turiladi”.

U ikkilana boshladi. Shunda Xudoga: “Senga olib boradigan, menga u dunyoda savol javobdan o‘tishga yordam beradigan Shaxsni ko‘rsat”, deb ibodat qildi. Shunda yuragiga: “Shu dunyoda Kim senga yordam bersa, u dunyoda ham senga O‘shagina yordam bera oladi”, – degan fikr keldi. U Muqaddas Yozuvni olib, Xudoning va’dalariga ko‘ra aynan Iso Masih nomi bilan so‘raganidagina hayotida mo‘’jizalar sodir bo‘la boshladi. Bir ayol teri sili xastaligidan shifo topdi, ko‘r qizning ko‘zi ochildi, gung va kar qizaloq eshitib, so‘zlay boshladi, g‘ilay ko‘z to‘g‘irlandi va hok. Bu qiz yaxshi pul topsa da doim muhtojlikda yashar edi, chunki pulining barakasi yo‘q edi, u mablag‘iga baraka so‘ray boshladi, shunda yegan ovqatidan qoniqadigan, kiygan kiyimi esa isitadigan bo‘ldi. 

Ko‘plar boshqalarning fikri bilan yashashadi. Lekin bu dunyoda ham, u dunyoda ham qiyinchiliklardan o‘tayotganingizda sizga odamlar yordam bermaydi, faqat Xudo yordam beradi. Shuning uchun Xudoni shaxsan izlang va U bilan shaxsan munosabat quring. Bir yigit el qatori kun kechirar edi. U yosh, butun kelajagi oldinda edi. Bir Masihiy qarindoshi unga Masih haqida aytgan, lekin u parvo qilmagan edi. Uning ota onasi olamdan o‘tib, o‘zi qoldi. Katta akasi xotini bilan oilani boshqarayotgan bo‘lsalar da, uning sirdoshi, ko‘nglini tushunadigan kishisi yo‘q edi. U bir kuni bir do‘stidan kurtka olib, pulini keyin berishini aytadi. Lekin aytilgan muddatda pul topa olmadi. Do‘sti siquvga oldi va u barbosh bera olmay, borib o‘zini osdi. Uning joni hozir qaerda ekan? Yoshlik, odamlar fikri – bizlarni yaqin sirdoshimiz Xudoni izlashdan qaytara olmasligi lozim. Hayot nima? Bir lahzada paydo bo‘ladigan, keyin esa yo‘qoladigan bug‘dir! Yoqub 4:14“Sizlar ertaga nima sodir bo‘lishini bilmaydigan odamsizlar. Chunki sizlarning hayotingiz o‘zi nima? – Birpas ko‘rinib, keyin esa g‘oyib bo‘ladigan bug‘dir”. Jon esa abadiy narsa. Biz bu dunyodan ko‘ra, u dunyoda qaerda bo‘lishimiz haqida ko‘proq qayg‘urishimiz, to‘g‘ri yo‘lni topib, muqaddas yashab, Xudoga xizmat qilib, O‘zimizni abadiyatga tayyorlab borishimiz lozim.

3.MASIHIYLIKDA ENG MUHIM NARSA

Masihiylikda eng muhim narsa – imondir. Imonsiz Xudoga yoqib bo‘lmaydi, shuning uchun agar Xudoga ma’qul bo‘lishni istasak imonda o‘sishimiz lozim. Ibr.11:1,6 “1.Imon esa umid qilingan narsalarning mohiyatidir va ko‘rinmaydigan narsalarga amin bo‘lishdir. 6.Imonga ega bo‘lmasdan esa Xudoga ma’qul bo‘lishning imkoni yo‘q. Chunki Xudoning oldiga keladigan odam Uning borligiga va Uni izlovchilarni U taqdirlashiga ishonishi kerak”.

Imon bizlarni Xudo bilan bog‘lab turadigan ko‘prik hisoblanadi. Muqaddas Yozuvni naqadar ko‘p o‘qisak Xudo haqida shu qadar ko‘p bilib boramiz va imon ko‘prigimiz mustahkamlanib boradi, chunki imon Xudoning So‘zidan hosil bo‘ladi. Rim.10:17“Shunday ekan, imon – eshitishdan, eshitish esa – Masihning so‘zi orqalidir”.

 Biz nimaiki qilmoqchi bo‘lsak, shu sohaga nisbatan Xudoning irodasini kalom o‘qib va ibodat qilib bilib olishimiz lozim. So‘ng biz Uning irodasiga ko‘ra harakat qilayotganimizda U yordam berishiga ishonishimiz kerak. Mana shu imon bilan yashash deyiladi.

Xudoning So‘zi: “Imonli kishiga hamma narsaning imkoni bor”, –deydi. Imon harakatlarda namoyon bo‘ladi. Xudoga ishongan odam Uning So‘ziga binoan o‘ylaydi, so‘zlaydi va yashaydi. Ibrohim va Sora imon orqali Xudodan farzand oldilar, Rohab hayotini o‘limdan saqlab qoldi va hok. Agar odam: “Men Masihiyman”, desa yu, Yozuvni o‘qimasa va Unga binoan yashamasa, uning imoni mustahkamlashmaydi va u imon orqali Xudodan olishi mumkin bo‘lgan barakatlarni ola olmaydi.

Biz nimaiki qilsak: o‘qiymizmi, ibodat qilamizmi, xizmat qilamizmi Xudo ko‘rib turganiga va taqdirlashiga ishonib qilishimiz lozim. Shunda shu ishlarimizda muvaffaqiyat qozonamiz .

IMONNI KUYDIRADIGAN UCh NARSA

Imon bizlarni ikki dunyoda Xudo bilan bog‘lab turadigan rishta ekan, Xudoning Shohligiga kirish uchun uni mustahkamlash va undan ayiradigan narsalardan o‘zimizni tiyishimiz maqsadga muvofiqdir. Bizni asosan uch narsa imondan ayiradi:

1)Imondan qaytish

Ba’zilar quvg‘indan qo‘rqib imondan qaytishadi:

Mat.10:28 33 “28.Tanani o‘ldirib, jonni o‘ldira olmaydiganlardan qo‘rqmanglar, lekin tanani ham, jonni ham do‘zaxda halok qila oladigandan ko‘proq qo‘rqinglar. 29.Ikkita chumchuq bir assariyga sotilmaydimi? Ulardan birortasi ham Otangizning irodasisiz yerga tushmaydi. 30.Sizlarning esa boshingizdagi bor sochlaringiz ham sanalgan. 31.Shuning uchun qo‘rqmanglar, sizlar ko‘pgina chumchuqlardan qadrliroqsizlar. 32.Endi, insonlar oldida Meni ochiq e’tirof etadigan har bir odamni Men ham Osmondagi Otam oldida ochiq e’tirof etaman. 33.Ammo insonlar oldida Meni inkor etadigan odamni Men ham Osmondagi Otam oldida inkor etaman”.

2Tim.2:11 12 “11.Bu so‘z to‘g‘ri: Agar U bilan birga o‘lgan bo‘lsak, U bilan birga yashaymiz ham. 12.Agar biz chidasak, U bilan birga podshohlik ham qilamiz. Agarki Undan voz kechsak, U ham bizdan voz kechadi.

Ba’zilar esa bu dunyoning o‘tkinchi lazzatlariga aldanib ba’zan imondan qaytishadi.

Lq.9:23 26 “23.Keyin barcha odamlarga dedi: “Agar kim Mening ortimdan yurishni xohlasa, o‘zidan voz kechsin va har kuni o‘z xochini ko‘tarib, Menga ergashsin. 24.Chunki o‘z jonini saqlab qolmoqchi bo‘ladigan har bir kimsa uni yo‘qotadi. Men uchun jonini yo‘qotadigan har bir kimsa esa uni saqlab qoladi. 25.Zero agar inson butun dunyoni egallab olsa-yu, lekin o‘zini yo‘qotsa yoki o‘ziga zarar yetkazsa, bundan unga nima foyda? 26.Chunki kim Mendan va Mening so‘zlarimdan uyalsa, Inson O‘g‘li ham O‘zining hamda Otasining va muqaddas farishtalarning shuhrati bilan kelganida, undan uyaladi”.

Bu esa imonni kuydirib, odamni Xudoning Shohligiga kirish imtiyozidan mahrum qiladi.

2)Gunohkorona hayot

Tavba qilish degani – gunohkorona hayotdan voz kechib muqaddas hayot kechirishga qaror qilish deganidir. Agar odam gunohlariga tavba qilib, yana gunoh qilib yashayversa u uchun Masih qurbonligining kuchi qolmaydi. Ibr.6:4 6 “4.Zero bir marta yoritilgan, samoviy in’omni tatib ko‘rgan, Muqaddas Ruhga daxldor bo‘lgan, 5.Xudoning ezgu so‘zini hamda kelajak olamning qudratlarini tatib ko‘rgan 6.va bundan keyin imondan qaytganlarni tavba orqali yana yangilashning imkoni yo‘qdir. Chunki bundaylar Xudoning O‘g‘lini o‘zlarida yana xochga mixlab, Uni masxara qilmoqdalar”.

Bundaylar hattoki hayotlarida Xudoning katta mo‘’jizasini ko‘rgan bo‘lsalar ham, hatto Xudo ular orqali mo‘’jizalar qilgan bo‘lsa ham,  o‘zlarini gunohdan tiymaganliklari uchun ularni hukm kunida Rabbiy rad etadi. Mat.7:21-23. 21.Menga: “Yo, Rabbiy! Yo, Rabbiy!” – deganlarning har biri ham Osmon Shohligiga kirmaydi, ammo Osmondagi Otamning irodasini bajaradigan kishi kiradi. 22. O‘sha kunda ko‘pchilik Menga: “Yo, Rabbiy, yo, Rabbiy, biz Sening noming bilan bashorat qilmadikmi? Sening noming bilan jinlarni quvib chiqarmadikmi? Sening noming bilan ko‘pgina mo‘’jizalarni yaratmadikmi?” – deydilar. “23.Men esa ularga e’lon qilaman: “Men sizlarni hech qachon bilganim yo‘q. Mening oldimdan ketinglar, ey, qonunbuzarlik qiluvchilar!”

Chunki Xudoni ko‘rishning sharti muqaddas hayot kechirishdir. Ibr.12:14 “Hamma bilan tinchlikda bo‘lish va muqaddaslik payida bo‘linglar, chunki muqaddasliksiz hech kim Rabbiyni ko‘rmaydi”.

Shuningdek, Xudoning Shohligiga kirishning sharti zarra gunohi bo‘lmasligidir. (Vah.21:27).

Shu uchun Xudoning Ruhiga ibodat orqali to‘lishib, Xudoning irodasini Uning So‘zi orqali bilib, gunoh qilishga vasvasa kelganida Xudodan ibodatda kuch so‘rab, ruh bilan gunohkorona istakka qarshi borish va o‘zini gunoh qilishdan tiyib yashash kerak. Ba’zilar o‘zlarining hayotlarini gunohsiz tasavvur qila olmaydilar. Lekin ko‘proq ilohiy, muqaddas narsalar haqida o‘ylasalar, dunyoviy, gunohkorona fikrlar o‘z tabiatiga ko‘ra naqadar jirkanch ekanligini his qila boshlaydilar va gunohkorona istaklardan xalos bo‘ladilar. Hik.23:7  “uning ko‘nglidagi fikrlari qanday bo‘lsa, o‘zi ham shundaydir…”

Ba’zilar yuragida, ongida, tilida gunoh qilib yashashadi. Bundaylar hayotlarida Xudoning shuhratini ko‘rmaydilar. 

3)Soxta ta’limotga og‘ish

Masihiylikda ham, barcha dinlarda bo‘lgani kabi soxta ta’limotlar mavjud. Soxta ta’limotlarning kelib chiqishining bir sababi shaytonning avrashi bo‘lsa, boshqa sababi Muqaddas Yozuvni chuqur o‘rganmasdan yuzaki tahlil qilishdir. Soxta ta’limotlar odatda Yozuv biror sohaga butkul qanday nazar tashlashiga emas, uni qisman qanday yoritishiga asoslanadi. Masalan, “Nazorat minorasi shohidlari”   o‘z ta’limotlarini faqat Xudoning yagona ekanligi haqidagi oyatga asoslab, Iso Masihning va Muqaddas Ruhning ilohiy shaxsiyatini rad etishadi.

Xudoning So‘zi oxirgi zamonlarda shunday soxta ta’limotlar chiqishi haqida ogohlantirgan. 1Tim.4:1 “Ruh  aniq aytyaptiki, oxirgi zamonlarda ba’zilar aldovchi ruhlarning va jinlarning ta’limotini tinglab, imondan qaytadilar”.

Haqiqiy shogirdlarga esa begona ta’limotlar bilan qiziqmaslikni buyurgan.

Ibr.13:9  “Sizlar turli begona ta’limotlarga ergashib ketmanglar. Yurakni tansiq ovqatlar bilan emas, balki Xudoning inoyati bilan mustahkamlash yaxshidir. Chunki tansiq ovqatlar bilan band bo‘lib yurganlar bulardan foyda ko‘rmaganlar”.

Qanday qilib o‘zimizni soxta ta’limotdan asrashimiz mumkin?

Avvalo, Yozuvni yaxshilab o‘rganib chiqing. Yozuv haqida har bir masihiyning o‘z tushunchasi va o‘z bilimi bo‘lishi lozim. Shunda sizni avrash oson bo‘lmaydi.

Yozuvni o‘rganishda quyidagi narsalarga diqqat qiling:

1) Yozuv bayonnoma tarzida yozilgandir. Ya’ni U dunyo yaratilishidan boshlab, nimalar sodir bo‘lganini   bayon qiladi.Shuning uchun undagi hamma voqealar ham taqlid qilish uchun namuna emas. Ya’ni, Muqaddas Yozuvdagi Xudoning amrlari bizlar bajarishimiz lozim bo‘lgan amrlardir. Odamlarning hatti harakatlaridan esa ijobiylaridan o‘rnak olishimiz, salbiylaridan o‘zimizni tiyishimiz lozim. Masalan, shoh Dovudning Xudoga imoni, Xudo bilan ibodatda shaxsiy munosabatlaridan o‘rnak olishimiz mumkin, lekin qilgan gunohi Virsaviya bilan zino qilganiga taqlid qilmasligimiz lozim. Xudoning So‘zi haqiqat So‘zi bo‘lganligi uchun har bir odamni soxta buyuklashtirmasdan uning kuchli va zaif tomonlari bilan yoritgan.  

2) Yozuvda ba’zi so‘zlar barcha masihiylarga qaratilgan, ba’zilari o‘sha davrdagi ma’lum odamlarning shaxsan o‘zlariga qaratilgan. Biror sohada Xudoning fikrini bilib, uni ta’limot qilib o‘tish uchun bu fikrning tasdig‘ini Yozuvning 2,3joyida ko‘rish lozim.

Har bir notanish ta’limot eshitganimizda, Xudodan bu haqiqatmi yo‘qmi, bildirishini ibodatda so‘rab, bu ta’limotni Yozuv bilan solishtirishimiz, cho‘ponimiz bilan maslahatlashishimiz lozim. Agar ta’limot Yozuvning umumiy ta’limotiga to‘g‘ri kelsa qabul qilishimiz aks holda, rad etishimiz lozim. Shu tarzda o‘zimizni bid’atdan saqlab qolamiz.

Hav.17:11 “Ular Xudoning so‘zini butun g‘ayrat bilan qabul qilib, bu aynan shundaymikin, deb har kuni Yozuvlarni sinchiklab o‘rganar edilar”.

Gal.1:8 “Ammo hatto biz yoki osmondan farishta kelib, bizning sizlarga voizlik qilganimizdan boshqa xushxabarni voizlik qilsa, la’nati bo‘lsin”.

4.MUQADDAS KITOB TALABI

Agar Muqaddas Kitobni umumlashtirib, qisqa qilib, bu kitob odamzoddan nimani talab qilishini aytmoqchi bo‘lsak, u 2narsada mujassamlanadi:

1)Buyuk amrni bajarish.

2)Buyuk topshiriqni bajarish.

BUYuK AMR

Buyuk amr ikki qismdan iborat: Xudoni sevish va yaqinini sevish

Xudoni sevish

Mark 12:28 30 oyatlarda Xudoni qanday sevish lozimligi aytilgan: “Iso unga shunday javob berdi: “Barcha amrlardan eng birinchisi: Quloq tut, ey, Isroil! Bizning Rabbiy Xudoyimiz yagona Rabbiydir. 30.Rabbiy Xudoyingni butun yuraging bilan, bor joning bilan, bor idroking bilan va bor quvvating bilan sevgin. Mana shu birinchi amrdir!”

Bu degani – yuragimizni, jonimizni, idrok va quvvatimizni to‘liq Xudoga bag‘ishlashimiz kerak deganidir. Odam birovni sevib qolganida qanday bo‘ladi? O‘y u fikri, hatti harakatlari bilan o‘zini sevganiga to‘liq bag‘ishlaydi. Xudoni ham shunday, bundan-da ko‘proq sevishimiz lozim va bu vaqtimizni, kuchimizni, hayotimizni bag‘ishlashimiz, U uchun nimadir qilishimiz bilan tasdiqlanishi lozim.

Yaqinini sevish

 Mark 12:31. Ikkinchisi esa shunga o‘xshashdir: «O‘z yaqiningni o‘zingni sevgandek sevgin». Bu amrlardan boshqa buyukrog‘i yo‘qdir.

Biz yaqinlarimizga nisbatan o‘zimizga ravo ko‘rgan narsalarni ularga ravo ko‘rib yashasak, Xudo yuragimizdagi Uning so‘ziga itoatimizni ko‘radi va bizlarni duo qiladi. Shunda hayotimiz uning duo barakatlari sharofati bilan kundan kunga o‘zgaradi. Aks holda, biz Xudoning So‘zi va irodasini rad qilganimiz uchun Xudo ham bizni rad qiladi. 1Shoh.15:23“Bo‘ysunmaslik – sehr-jodu singari gunoh, o‘jarlik esa – butparastlikdir. Sen Rabbiyning so‘zini rad etganing uchun U ham seni  rad etdi, toki sen shoh bo‘lmagin”.

Sevgi bu nima?

Sevgi haqida 1Kor.13:1 7da batafsil yozilgan. Biz yaqinlarimizga nisbatan shu narsalarni qo‘llashimiz maqsadga muvofiqdir, ya’ni ularning qaysidir zaifliklariga chidashimiz, xato qilishganda shafqat qilishimiz, ulardan achchiqlanmasligimiz, ularga yomon niyat qilmasligimiz, kamchiliklarini qoplashimiz, janjallashmasligimiz va yaxshi tomonga o‘zgarishlariga umid qilishimiz kerak bo‘ladi. 

Misol. Bir necha yil oldin jamoatda ikki ayolning munosabatlari guvohi bo‘lgan edim. Ular bir birlarini ko‘rgani ko‘zlari yo‘q edi, jamoat yig‘inidan so‘ng esa bir birlariga yaqinlashib, “Men seni inson sifatida seva olmayman, lekin Xudoning sevgisi bilan sevaman”, – der edilar. Aslida bu tilda, shu so‘zlar aytilayotgan lahzalardagina sevish edi. Xudo bizlardan bir birimizni(Yuh.13:34 35), hatto dushmanimizni sevishni talab qiladi(Mat.5:43 48). Bu amr. Unga bo‘ysunish, yoki bo‘ysunmaslik bu bizning tanlovimiz. Odam bo‘ysunmaganida, yuragida xafalikka yo‘l qo‘yadi, natijada, yuragida achchiq ildiz paydo bo‘lib, uni bulg‘aydi(Ibr.12:15). Shuningdek, itoatsizlik shaytonga yo‘l ochib, shayton raqibiga tuhmat qila boshlaydi va odam raqibining har bir hatti harakatida, u qilsa ham, qilmasa ham dushmanlik ko‘ra boshlaydi. U raqibi haqida yomon fikrlarga boradi, unga yomon niyat qiladi, uni yomonlaydi va tobora Xudoning irodasidan va barakalaridan uzoqlashib ketadi.

Bu narsa sodir bo‘lmasligi uchun agar biror kishi xafa qilsa –  kechirish, Xudoga tashlash, yuragini yaralanishdan asrash va bu haqida boshqa o‘ylamasdan, o‘z hayot maqsadi bilan yashashni davom ettirish lozim.   

Masihiylikda mukammallik cho‘qqisi  – sevgidir, chunki Xudo sevgidir(1Yuh.4:8) va U odamlarga Xudoni va bir birlarini, hatto dushmanlarini sevishni amr qilgan (Mark.12:29 31,Mat.5:43 48). Xudo odamzodga sevgisini ular uchun Iso Masihni qurbon qilib amalda ko‘rsatdi (Yuh.3:16) va odamzodga ham o‘z sevgilarini amalda ko‘rsatishlarini buyuradi. 1Yuh.3:16 “Masih biz uchun O‘z jonini fido qildi, biz sevgini ana shundan bildik. Shuning uchun biz ham birodarlarimiz uchun jonimizni fido qilishimiz kerak”. 

BUYuK TOPShIRIQ

Matto 28:18-20. Iso ularga yaqinlashib, shunday dedi: “Osmonda ham, yerda ham bor hokimiyat Menga berilgan. 19 Shunday ekan, boringlar va barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdirib, 20 Men sizlarga buyurgan barcha narsalarga rioya qilishni o‘rgatinglar. Mana, to dunyoning oxirigacha har kuni Men sizlar bilan birgaman. Omin”.

Buyuk topshiriq – bu borib, har bir kishiga Xushxabarni yetkazib, suvga cho‘mdirish, ularni Masihning shogirdiga aylantirishdir. Shunda Masih dunyoning oxirigacha bizlar bilan birga bo‘ladi va so‘zlarimizni mo‘’jizalar va alomatlar bilan tasdiqlaydi.

6.MASIHIYLIK AMALLARI

1)Muqaddas Yozuvni o‘rganish va itoat qilish

Muqaddas Yozuv – Xudoning odamzodga maktubi bo‘lib, u bayonnoma tarzida yozilgan, ya’ni unda nafaqat Xudoning odamzodga amri, balki yaratilishdan boshlab sodir bo‘lgan voqealar tarixiy bayon etilgan.

Xalqda: “Oldingdan o‘tgan suvning qadri yo‘q”, – degan maqol bor. Shunga o‘xshab, ba’zan imonlilar Muqaddas Yozuvni haftalab qo‘lga olishmaydi. Vaholanki, unga ega bo‘lish uchun hayoti bilan narx to‘layotganlar qancha. Xitoyda bir yetti yoshli bola g‘ayritabiiy ravishda Iso Masihni tanib, imon keltiradi. U Injil izlay boshlaydi, lekin hech qaerdan topa olmaydi. Shunda Xudodan Injil berishini so‘rab o‘n to‘rt kun ro‘za tutadi. O‘n to‘rtinchi kunda tushida ikki kishi qizil matoga o‘ralgan Injilni unga beradi. Tushni vahiy ekanligini bilgan bola tunda eshik taqillaganida yugurib borib, u yerda turgan ikki begona kishiga: “Injil keltirdinglarmi?” – deydi. Ular unga qizil matoni berib ketishadi, ochganida, ichida Injil bor edi.

Bu bola Muqaddas Yozuv orqali Xudoni tanib bilib, Unga qattiq yopishadi va ulg‘ayib, hayotida ko‘plab mo‘’jizalar ko‘radi, shuningdek, Rabbiyning nomini butun dunyoga tarqatadigan xizmatkorga aylanadi.

Bizning Xudoga munosabatimizni Uning So‘ziga bo‘lgan munosabatimizdan bilsa bo‘ladi. Xudoni sevsak Uning so‘zini o‘qib to‘ymaymiz, Unga befarq bo‘lsak, Uning So‘ziga befarq bo‘lamiz.   

2)Ibodat

Ba’zan imonlilar bir, ikki ibodatlariga tezda javob olmaganlarida hafsalalari pir bo‘lib oldingi hayotlariga qaytadilar. Lekin o‘z kuchlari bilan hech nimaga erisha olmay baxtsiz yashaydilar. Shundaylarga: “Nima bo‘lganda ham imondan qaytmang, qo‘lingizdan kelguncha o‘qib, ibodat qilishda davom eting, bir kuni javob olasiz”, – degim keladi. Chunki sadoqat bilan Xudoni izlayotganlarga Xudo albatta bir kuni javob beradi. Xudo–  ezgu Xudo. Uning bizning hayotimiz uchun ezgu rejalari bor. Agar ibodatingizga hozir javob bermagan bo‘lsa, buning sababi bor. Buyuk imon kishilari Yusufni, Ayubni eslang. Yusuf muqaddasligi uchun qamoqxonada yotganida, Ayub bir kunda ham mol mulki, ham bolalaridan ajralganida – hafsalalari pir bo‘lib, imondan qaytishlari mumkin edi. Lekin ular azobli kunlaridan najotni imon bilan ibodat qilib Xudodan kutdilar va Xudo ularga javob berdi. Yusuf Misrda fir’avndan so‘ng ikkinchi odamga aylandi, Ayub esa oldingidan ikki karra ko‘p mol mulkka sazovor bo‘ldi.

Biz ba’zi ibodatlarga birdan javob olamiz, ba’zi narsalar uchun ko‘proq ibodat qilishimiz kerak bo‘ladi. Asosiysi, javob ola olmayotganimiz uchun hafsalamiz pir bo‘lib, imondan kechmasligimiz lozim. Luqo 18:1 8 “1.Iso shogirdlariga tushkunlikka tushmasdan doimo ibodat qilish kerakligi haqidagi shu masalni aytib berdi: 2.“Bir shaharda Xudodan qo‘rqmaydigan, odamlardan ham uyalmaydigan bir sud’ya bor edi. 3.O‘sha shaharda bir beva xotin ham yashar edi. U sud’yaning oldiga kelaverib: “Meni raqibimdan himoya qiling”,- deb o‘tinib so‘rar edi. 4.U esa ancha vaqtgacha bunga e’tibor bermas edi. Oxirida o‘z- o‘ziga dedi: “Men Xudodan qo‘rqmayman, odamlardan ham uyalmayman, 5.biroq bu beva menga tinchlik bermayotgani uchun uni himoya qilay, toki u yana kelaverib, meni bezovta qilmasin”.   6.Shunda Rabbiy dedi: “Nohaq sud’ya nima deganini eshityapsizmi? 7. nahotki Xudo Unga kecha yu kunduz faryod qilayotgan O‘zining tanlanganlarini himoya qilmasa, garchi   ularga uzoq sabr-toqat qilsa ham. 8.Sizlarga aytamanki, ularni tez orada himoya qiladi. Biroq Inson O‘g‘li kelganida, yer yuzida imon toparmikan?”

Xudoning So‘zi: “Imonlining g‘ayratli ibodati ko‘p narsaga qodir”, – deydi(Yoqub 5:16). Tasavvur qiling, g‘ayratli ibodat ko‘p narsaga qodir, g‘ayrat bilan ibodat qilmasangiz esa shu narsalar hayotingizga kelmaydi.  Shunday ekan, sizga berilgan, Xudoning qarshisida o‘z muammolarini ko‘tarib, ularning yechimini olish imtiyozini qo‘ldan chiqarmang. Ibroniylarga 4:16 “Shunday ekan, rahm-shafqat olishimiz va zaruriy yordam olishga inoyat topishimiz uchun inoyat taxtiga jasorat bilan yaqinlashaylik”.

G‘ayratli ibodatchi bo‘ling. Bu uchun ibodat haqidagi oyatlarni, barcha kitoblarni o‘qib chiqing. Muvaffaqiyatli ibodatchilarga taqlid qiling va ruhiy mehnatingizning mevasini totib, lazzatlanib yashang!

3)Muqaddas hayot kechirish

Xudo muqaddasdir, U O‘z xalqidan ham muqaddas hayotni talab qiladi. Bizdan yurak niyatlarimizda, ong fikrlarimizda, og‘iz so‘zlarimizda va  qo‘l ishlarimizda muqaddas bo‘lish talab qilinadi.San.14:1 3. “Yo, Rabbiy! Kim Sening chodiringda tura oladi? Kim Sening muqaddas tog‘ingda yashay oladi? 2.Kimki benuqson yursa, haqlikni amalga oshirsa, o‘z yuragida haqiqatni so‘zlasa, 3.kimki tili bilan g‘iybat qilmasa, yaqiniga yomonlik qilmasa, yaqiniga qarshi haqoratni qabul qilmasa”.

Muqaddas hayot kechirish uchun nima gunoh ekanligini bilib olish va shu gunohlarni qilmaslikka qaror qilish lozim. Bizning ichimizda ham gunohkor tabiat, ham ruhiy tabiat yashaydi. Biz qaysi birini qo‘llab quvvatlasak, o‘shasi baquvvat bo‘lib boraveradi. Shuning uchun ruh bilan tana ishlarini o‘ldirishimiz lozim. Rimliklarga 8:13 “Agar tana izmi bo‘yicha yashasangizlar, o‘lasizlar. Agarda Ruh bilan a’zoyi badan ishlarini o‘ldirsangizlar, yashaysizlar”. Agar Xudoning irodasida bo‘lishni istasak, ruh istagini tanlashimiz lozim.

Odamlar ko‘pincha odamzod gunoh deb tan olgan narsalar: fohishalik, o‘g‘irlikdan o‘zlarini tiyishlari mumkin, lekin jahllanish, g‘iybatchilik, yomon fikrga borish, dushmanlik kabi gunohlardan ozod bo‘lmay yashaydilar. Bu esa ularning hayotlaridan Xudoning barakasini o‘g‘irlaydi.

Biz jahllanishimiz mumkin. Jahl – tanaviy tabiatning mo‘’tadil reaksiyasidir. Tana izmimiz bor ekan jahllanamiz. Lekin biz ruh izmi bilan tana ishini o‘ldirishga da’vat etilganmiz. Jahllanayotgan vaqtimizda bor harakatimiz o‘z hissiyotlarimizni jilovlashga qaratilishi lozim. Shunda bizda ruh hosili – muloyimlik, o‘zini tiyish paydo bo‘ladi(Galatiyaliklarga 5:22,23).

Jahlimiz bir kundan nari o‘tmasligi lozim. Efesliklarga 4:26 “G‘azablanib gunoh qilmanglar: g‘azabingizda quyosh botmasin”. Jahlimizni chiqargan odamni Xudoga tashlab, yaxshi narsalar haqida o‘ylashni boshlashimiz lozim, aks holda, shaytonga o‘rin berishimiz, yuragimizda dushmanlik paydo bo‘lishi mumkin, bu esa bizni bulg‘aydi. Jahllanib, gunoh qilmasligimiz kerak. Sanolar 4:5 “G‘azablanib, gunoh qilmang, to‘shagingizda yuragingizga so‘zlang va tinchlaning”. Ya’ni jahl ustida birovga yomonlik qilib qo‘ymasligimiz lozim. Jahllangan vaqtimizda qilishimiz lozim bo‘lgan birgina narsa ibodatda Xudoga murojaat qilib tinchlanishdir.

Jahllanib qanday gunohlar qilish mumkin?

Kimdir boshqaga yomonlik qilishi mumkin.

Kimdir yuragida o‘sha odamga nisbatan nafrat, dushmanlik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yib ifloslanishi mumkin.

Kimdir jahllantirgan odam haqida yomon narsalarni o‘ylab gunoh qilishi mumkin.

Kimdir unga yoki u haqida yomon gapirib gunoh qilishi mumkin.

 4) Xudoga xizmat va ezgu ishlar

Xudoga xizmat haqida keyingi bobda to‘xtalganimiz uchun bu yerda faqat ezgu ishlar haqida suhbatlashamiz. Yozuvda biz qilishimiz lozim bo‘lgan ezgu ishlar oldindan tayinlangan ekanligi aytilgan. Efesliklarga 2:10“Zero biz Xudo azaldanoq tayyorlagan yaxshi ishlarni bajarishimiz uchun Iso Masihda yaratilgan Uning ijodimiz”.  Demak, Xudo ularni qilishimizni kutmoqda.

Ezgu ishlarda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun odam yuragini muhtojlarni ko‘rish va ularga yordam  berish uchun ochiq qilishidan boshlanadi. Hayotingizda qish kelayotganida sizning issiq kiyimingiz yoki etigingiz bo‘lmagan vaqt bo‘lganmi? Sizga shu narsalarni olib bergan odam ko‘zingizga farishtadek ko‘ringan bo‘lar edi. Yoki juda och qolgan vaqtingizda biror narsa sotib olishga pulingiz bo‘lmagan vaqt bo‘lganmi? Atrofingizga qarang, kundan kunga shunday yetishmovchilik girdobida hayot uchun kurashib kun kechirayotganlar qancha? Xudo ularning boshini silamoqchi bo‘lgan qo‘l siz emasmi? Sanolar 40:2 3 “2.Bechora haqida o‘ylaydigan odam baxtlidir! Kulfat kunida Rabbiy uni qutqaradi. 3.Rabbiy uni asraydi va hayotini saqlaydi. U yer yuzida baxtli bo‘ladi. Sen, yo, Rabbiy, uni dushmanlarining ixtiyoriga topshirmaysan”. Ieremiyah 22:16 “U bechoraning va qashshoqning ishini  hal qilar edi, shuning uchun ham unga yaxshi edi.  Meni tanib-bilish degani shu emasmi? –  deydi Rabbiy”. O‘zingiz, o‘z rejalaringiz bilangina yashamang: atrofingizdagi muhtojlar siz yordam berishingiz kerak bo‘lgan odamlar. Kamidan boshlang, keyin Xudo imkoniyatingizni oshiraveradi.

Iso Masih muhtojlarga qilgan yaxshiliklaringizni Menga qilgan bo‘lasizlar, qilmaganlaringizni esa Menga qilmagan bo‘lasizlar deganini, ezgu ishlar qilganlarni mukofotlaganini, qilmaganlarni esa jazolaganini yodda tutishimiz lozim (Mat.25:31 46).  

5)Ushr, qurbonlik

Ushr prinsipini bizlar Adan bog‘idanoq ko‘rishimiz mumkin. Xudo Odam Atoga bog‘dagi barcha mevalarni tortiq qildi, birgina daraxt mevasiga tegishni ta’qiqladi. Shu daraxtga tegmasligi unga bu bog‘ Yaratuvchi tomonidan berilganligi, bularning barchasining egasi U ekanligini eslatib turar edi. Bunga amal qilish orqali Odam Ato o‘z itoatini namoyon qilar edi. Lekin u shaytonning so‘ziga ishonib, xotinining ortidan bu daraxt mevasini yeganida, Adan bog‘idan va undagi barcha mevalardan totish baxtidan mahrum bo‘ldi. Bizlar ham Xudoga ushr berayotganimizda barcha daromadimiz Undan kelayotganini tan olishimizni va ushr berish orqali Unga itoatimizni ko‘rsatgan bo‘lamiz va mablag‘imizning ushrdan qolgan qismiga Xudoning barakasi keladi. Aks holda, imonsizlik va itoatsizligimiz tufayli, mablag‘imizda Xudoning barakasi bo‘lmaydi. Malaxi 3:7 12 “Otalaringizning kunlaridan boshlab sizlar Mening nizom-qoidalarimdan chekindingizlar va ularga rioya qilmadingizlar. Menga o‘girilinglar va Men ham sizlarga o‘girilaman, –  deydi Qo‘shinlar Xudovandi. –  Ammo sizlar: “Biz qanday qilib o‘girilishimiz mumkin?” –  deysizlar.8.Inson Xudodan o‘g‘irlay oladimi? Sizlar esa Mendan o‘g‘irlamoqdasizlar. “Biz Sendan qanday qilib o‘g‘irlayapmiz?” –  deb aytasizlar. Mana –  ushrlaringiz va bag‘ishlovlaringiz bilan Mendan o‘g‘irlamoqdasizlar. 9.La’nat bilan la’natlangansizlar, chunki sizlar, butun xalq, Mendan o‘g‘irlamoqdasizlar. 10.Mening uyimda oziq-ovqat bo‘lishi uchun barcha  ushrlaringizni ma’bad omborlariga olib kelinglar. Ana shu narsada Meni sinab ko‘ringlar-chi, –  deydi Qo‘shinlar Xudovandi, –  Men sizlar uchun osmon derazalarini ochib yubormaymanmi va sizlarning ustingizga duoyi-barakatlarni to‘la-to‘kis yog‘dirmaymanmi? 11.Shunda sizlar uchun Men yeringizning hosilini yeb-bitiradiganlarga man qilaman. Dalangizdagi uzum toki ham o‘z hosilidan mahrum bo‘lmaydi,- deydi Qo‘shinlar Xudovandi. 12.Hamma xalqlar esa sizlarni baxtli deb atashadi, chunki sizlarning yeringiz ajoyib yer bo‘ladi,- deydi Qo‘shinlar Xudovandi”.

Ushr –  baraka yomg‘ir kabi quyilishi uchun osmon eshiklarini ochsa, qurbonlik urug‘ hisoblanib, qancha ko‘p qurbonlik qilsak, hayotimizga shu qadar ko‘p baraka unib chiqadi. Ko‘plab Masihiylar mablag‘larining o‘n foizini ushrga, o‘n foizini esa qurbonlikka ajratishadi. O‘z ishlarini Xudoning Shohligiga bag‘ishlagan va mablag‘larining to‘qson foizini Xudoga beradiganlar ham bor. Xudoga ushr va qurbonlik beradiganlarning barchalari ushr berishni boshlaganlaridan so‘ng mablag‘ sohasida hayotlariga mo‘’tadil baraka kelganligi haqida guvohlik beradilar. 

Oltin qoida:

Mat.7:12 “Hamma narsada odamlar sizlarga qanday muomala qilishlarini istasangizlar, sizlar ham ularga shunday muomalada bo‘linglar”.

Oltin oyat:

Yuhanno 3:16. Chunki Xudo dunyoni shunchalik sevdiki, O‘zining Yagona O‘g‘lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo‘lmasin, balki abadiy hayotga ega bo‘lsin.

4. 3TOIFA MASIHIYLAR

Masihiylar 3toifaga bo‘linadilar: Ruh izmi bilan, jon izmi bilan va tana izmi bilan yashaydigan masihiylardir. 

Inson ruh, jon va tanadan iboratdir. 1Sal.5:23 “Nihoyat, tinchlik Xudosining O‘zi sizlarni butunlay muqaddaslasin, Rabbimiz Iso Masihning kelishida ruhingiz, joningiz hamda tanangiz to‘liqligicha benuqson saqlansin”. Insonning tanasi oziqlanishi va jismoniy harakat qilishi natijasida o‘sadi, qancha o‘ssa shuncha kuchli bo‘ladi. Aqli aqliy mashg‘ulotlar: o‘qish, o‘ylash, o‘rganish, qo‘llash natijasida, ruhi esa ruhiy mashg‘ulotlar: yozuvni o‘rganish, qo‘llash, ibodat qilish va xizmat qilish jarayonida o‘sadi va odam naqadar ruhiy o‘ssa shu qadar haqiqatni anglaydi va haqiqat uni ozod qiladi va u xotirjamlikda, Xudoning barakasida yashay boshlaydi, har ishida muvaffaqiyatli bo‘ladi(San.1 bob, Ieshua BinNun.1:8).

Ruh izmi, jon izmi va tana izmi bilan yashaydigan masihiylar

Odam ruhan o‘smaganida jon izmi bilan yoki tana izmi bilan yashaydigan masihiyga aylanib qoladi. Tana izmi bilan yashaydigan masihiylar xulq atvorini Xudoning so‘ziga binoan o‘zgartirmagani uchun gunohkor hayotini davom ettiradigan masihiylardir(Rimliklarga 8 bob). Ular Osmon Shohligiga kirmaydilar. Galatiyaliklarga 5.19 21 “9.Tana izmi bo‘yicha qilinayotgan ishlar ma’lum – bular: zino, fohishabozlik, nopoklik, axloqsizlik, 20.butparastlik, sehrgarlik, dushmanlik, janjal, nafrat, g‘azab, nizo, ixtilofchilik, bid’at, 21.hasad, qotillik, ichkilikbozlik, aysh-ishrat va shularga o‘xshagan ishlardir. Sizlarni oldin ogohlantirganimdek, yana ogohlantiryapman: bunday ishlarni qiluvchilar Xudoning Shohligiga merosxo‘r bo‘lmaydilar”.

Tana izmi bilan yashaydigan odamlarga boshqalarni o‘z yo‘liga solishga harakat qilishni ko‘rish mumkin. Kichiklar xarxasha bilan o‘z yo‘liga solmoqchi bo‘lsa, kattalar ta’na, piching yoki buyruq bilan o‘z yo‘liga solishga harakat qiladi. Bundan ularning o‘zlariga ham, atrofidagilarga ham foyda yo‘qligini hisobga olgan holda, ularning nazoratlariga berilmaslikka harakat qilish lozim. 

Jon izmi bilan yashaydigan masihiylar Xudoning So‘ziga emas, o‘z aqllariga, yoki hissiyotlariga tayanib yashaydigan masihiylardir. 1Kor.2:14 “Joni boshqaradigan odam  Xudoning Ruhidan bo‘lgan narsalarni qabul qilmaydi. U bularni telbalik deb hisoblaydi va ularni fahmlay olmaydi, chunki bular haqida ruhan muhokama qilish kerak”.

Agar imonlilik hayotimizda o‘rta yo‘lda qolishni istamasak ruh izmi bilan yashaydigan masihiy bo‘lishimiz, ya’ni har vaziyatda Xudoning irodasini izlab, Uning irodasiga bo‘ysunib yashashga harakat qilishimiz lozim.

Barcha masihiylar: tana izmi bilan yashayotganlar ham, jon izmi bilan yashayotganlar ham, ruh izmi bilan yashayotganlar ham o‘zlarini ruh izmi bilan yashayotgan, mukammal masihiylar hisoblaydilar. Xo‘sh, ruh izmi bilan yashayotganlikning va mukammallikning qandaydir ko‘rsatkichlari bormi? Ha, bor. 

Ruh izmi bilan yashashning ko‘rsatkichi – bu ruh hosillariga esa bo‘lishdir. Gal.5:22,23 “22.Ruhning hosili esa: sevgi, quvonch, tinchlik, sabr-toqat, ezgulik, mehribonlik, imon, 23.muloyimlik va o‘zini tiyishdir”.

Shunday ekan, odam o‘zini masihiy deb hisoblasa, ruh izmi bilan yashayotgan hisoblasa yu, lekin ko‘nglida birovga nisbatan kechirimsizlik, g‘araz, dushmanlik yoki biror boshqa nopoklik bo‘lsa, xulq atvorida jizzakilik, serjahllik, g‘iybatchilik bo‘lsa bu odam ruh izmi bilan yashaydigan kishi emas. 

Ruhiy kamolot cho‘qqisi – bu sevgidir. Kol.3:14 “Hamma narsadan ko‘ra ko‘proq barkamollikning birlashuvi bo‘lgan sevgiga burkaninglar”.

 Ruhiy o‘sish rejasi

Ruhiy o‘sish uchun ruhiy o‘sish rejasiga ega bo‘lish kerak. Kun rejangizga ibodatga, So‘zni o‘qish va o‘ylashga, Xudoni ulug‘lashga va xizmat qilishga, ruhiy kitoblar o‘qishga vaqt ajratib, belgilab qo‘ying. So‘ng shu vaqtda albatta shular bilan shug‘ullanishga o‘zingizni rag‘batlantiring. Iloji bo‘lsa, muvaffaqiyat va kamchiliklaringiz haqida cho‘poningizga hisobot bering. Har oy ruhiy va xizmatda o‘sishingizga yordam beradigan kitoblar o‘qib imon binoyingizni mustahkamlab boring. Masalan, bir oy ruh hosillari haqida, ibodat haqida, shogirdchilik haqida kitoblar o‘qib qo‘llashingiz, keyingi oy Muqaddas Yozuv haqida, saxovat xizmati haqida kitoblar o‘qib, amalda qo‘llashingiz mumkin. Biror xizmat uchun mas’uliyat olib, uni o‘stirish borasida kitoblar o‘qing. Shunda kundan kunga o‘zingizda o‘sish his qila borasiz.

Taxminiy kundalik reja:

5.00. uyg‘onish.

5.15.- 6.15. ibodat(agar ishga borish kerak bo‘lmasa, ko‘proq qilish mumkin).

6.15 -7.45.Yozuv o‘qish va o‘ylash.

7.45.  Ishga ketishga tayyorlanish va hok.

18.00- 19.00 Uy ishlari.

19.00 -20.00. Xudoni ulug‘lash.

20.00 -21.00.Oila bilan bo‘lish.

21.00 -22.00. Ruhiy o‘sish uchun kitob o‘qish va ertangi kunni rejalashtirish.

22.00  -23.00 Ibodat va uyquga yotish.

Besh dala

Masihiyning hayotida doimiy ravishda parvarish qilishi lozim bo‘lgan besh dala mavjud. Bular: 1)Xudo bilan shaxsiy munosabat, 2)Xudoga xizmat, 3)oilaga g‘amxo‘rlik qilish, 4)ish, 5)o‘z ustida doimo ishlash. Agar qaysidir sohaga ko‘proq e’tibor berib, boshqasiga e’tiborsizlik qilsak, o‘sha soha oqsab boshqa sohalarga ham yomon ta’sir qiladi. Shuning uchun ular orasida me’yorni saqlashga harakat qilish kerak. Bularning hammasiga ma’lum vaqt va kuch sarflash lozim.

Xudo bilan munosabat

Tasavvur qiling a: Xudo bor. Xudo sizni sevadi. Xudo siz bilan suhbatlashishni, sizning yaqin do‘stingiz bo‘lishni istaydi. Siz birov bilan yaqin munosabat qurish uchun u shaxsni bilib olishingiz kerak bo‘ladi. Kalom esa Xudoning kimligini, Uning qandayligini ochib beradi. Siz Xudoni bilishga, Unga yaqinlashishga qaror qilasiz va har daf’a Yozuvni o‘qishga yoki ibodatda Xudoning huzuriga kelganingizda – bu amallarga imon bilan yondashasiz, ya’ni Yozuv o‘qiyotganingizda Xudo sizning ruhingizga so‘zlashini, O‘zini ochishini kutasiz, ibodat qilayotganingizda esa Xudo sizni tinglab turganiga ishonasiz. Keyin esa Xudo ibodatingizga javob berishini imon bilan kutasiz. Bu sodir bo‘lganida imoningiz yanada mustahkamlanadi va yanada komil ishonch bilan Xudoni izlay boshlaysiz.

Agar oila a’zolari o‘zaro suhbat va ahillikda yashashsa ularning munosabatlari yildan –yilga mustahkamlanib boradi. Agar ular bir birlaridan alohida yashashsa, aksincha, bir birlaridan uzoqlashishadi. Biz ham imon bilan Xudoning huzuriga kelib, U bilan suhbatlashib yashasak– imonimiz mustahkamlashib boraveradi va biz Xudoga yaqinlashaveramiz, lekin agar Xudoning so‘ziga binoan Xudoga yaqinlashmasak imonimiz o‘smaydi. Hav.17:26 27 “26.Butun yer yuzida istiqomat qilish uchun Xudo bir qondan bor odam naslini yaratib, ularga oldindan belgilangan davrlarini va istiqomat joylarini tayin etdi, 27.toki ular Xudoni izlasinlar, Uni sezmasmikinlar va topa olmasmikinlar, chunki U har birimizdan yiroq emasdir”.

Xudoga xizmat

Ba’zi imonlilar: “Osmon Shohligiga kirishim uchun faqat gunohlarimga tavba qilsam bas”, – deb o‘ylashadi, Xudoga xizmat masalasiga jiddiy qarashmaydi. Tavba qilish degani aslida, hayot tarzini o‘zgartirib, hayotini Masihga bo‘ysundirish deganidir. Har birimiz gunohkorona hayot tarzimiz tufayli do‘zax jariga qarab ketayotgan edik. Masih hayotimizga kelib, bizlarni 180gradus o‘giriltirdi va najot yo‘lini ko‘rsatdi. Muqaddas Yozuv Osmon Shohligiga borishning kompasi hisoblanadi. Endi to‘g‘ri yo‘lga kirib olgan odam kompas bo‘lmish Xudoning So‘ziga qarab Osmon Shohligi tomon qadam qo‘ya boshlasa u Osmon Shohligiga yetib keladi. Agar u tomon harakat qilmasa, albatta, dunyoning oqimi uni yana tortib ketadi. Shuning uchun Muqaddas Yozuvda: “…najotingizni amalga oshiring”, – deyilgan(Fil.2:12). Masihiylikning mag‘zi aslida o‘zi uchun yashashdan bosh tortib Xudo uchun yashay boshlashdir(1Pet.2:24). Shunda mazmundor hayot kechiramiz va Xudoning Shohligiga kelganimizda qilgan xizmatlarimiz uchun mukofot olamiz(1Pet.5:4; 2Tim.4:8;1Kor.9:18). Aks holda, Xudoning Shohligiga arang kirib kelib, mukofotsiz qolishimiz(1Kor.3:15), hatto Osmon Shohligiga kira olmasligimiz ham mumkin(Mat.25:1 30). Katta to‘ylarga odatda odamlar sovg‘a bilan borishadi. Odam qanchalik qimmatbaho narsa olib borsa, shu qadar obro‘li sanaladi. Bizning Xudo uchun quvg‘inlarga, qiyinchiliklarga chidaganimiz va Unga qilgan xizmatimiz – Unga sovg‘amiz hisoblanadi. Xudoning qancha sodiq qullari Uning oldiga millionlab najot topgan jonlarni olib kelayotgan, ba’zilari quvg‘inlar natijasida hattoki shirin jonlarini Masih uchun qurbon qilayotgan bir vaqtda quruq qo‘l bilan borishni or bilgan har bir ziyrak Masihiy qo‘lidan kelgunicha, har kuni Xudoning Shohligi uchun nimadir qilmog‘i lozim. Shunda Povul kabi ayta olamiz: “7.Men yaxshi jang bilan jang qildim, o‘z masofamni tugatdim, imonimni saqladim. 8.Endi esa men uchun haqlik toji tayyor  turibdi. Haq hukm qiluvchi Rabbiy o‘sha kunda shu tojni menga beradi. Faqatgina menga emas, balki Uning namoyon bo‘lishini sevadiganlarning hammasiga ham beradi” (2Tim.4:7 8).

Oilaga g‘amxo‘rlik

Odam quyoshga naqadar yaqin bo‘lsa, shu qadar ko‘p haroratni his qilgani kabi, agar bizning ichimizdagi Xudo bizlarni boshqarayotgan bo‘lsa, oila a’zolarimiz Uning taftini boshqalardan ko‘ra ko‘proq his qilishadi. Biz boshqalar haqida g‘amxo‘rlikni bo‘yin olib o‘zimiznikilarni unutib qo‘ymasligimiz darkor. Chunki ularning bizdan yaqin kishilari yo‘q va ular bizlarga muhtojdirlar. 1Tim.5:8 “8.Agar kimdir o‘zinikilar haqida, ayniqsa, o‘z xonadoni haqida g‘amxo‘rlik qilmasa, u imondan voz kechgandir va imonsiz odamdan ham battardir”.Ular bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, til topishishga harakat qilish –  bir jihatdan, zarur vaqtda ularga yordam berish, ba’zi narsalarda esa ular sizning vaqtingiz, kuchingizga bo‘lgan o‘z imtiyozlarini boshqa muhtojroq masihiylar uchun qurbon qilishga o‘rganishlari orasida me’yor saqlashga yordam beradi. 1Kor.7:29 “Birodarlar, men sizlarga aytaman: vaqt endi qisqa, shuning uchun xotinli bo‘lganlar, xotini yo‘qday bo‘lishlari kerak”.    

Ish

Moddiy erkinlikka ega bo‘lishni istagan odam ishlashni sevishi lozim. Ishlaganda ham qo‘l uchida emas, balki shunday ishlash kerakki, xo‘jayin bizdan mamnun bo‘lsin. Kol.3:23 24 “23.Nimaki qilsangizlar barchasini insonlar uchun emas, balki Rabbiy uchun qilayotgandek, butun qalbingiz bilan qilinglar. 24.Zero bilasizlarki, sizlar mukofot sifatida Rabbiydan meros olasizlar. Rabbiy Masihga xizmat qilinglar. 25.Kimki nohaqlik qilsa, u o‘z nohaqligiga yarashasini oladi, chunki Xudo yuz-xotirchilik qilmaydi”. Agar shunday ishlasak, ikki karra taqdirlanamiz: avvalo, xo‘jayindan, keyin esa Rabbiydan! Yodda tuting! Ish bu baraka eshigidir. Unga naqadar jiddiy yondashsak u bizni shu qadar boyitadi.

O‘z ustida ishlash

Bizning bilimimiz, tajribamiz cheklangandir. Shu uchun ba’zi sohalarda ishimiz baroridan kelmaydi. Bilim bizlarni imonda ham, xizmatda ham, ishda ham bir pog‘onadan ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilishimizga yordam beradi. Shuning uchun o‘z sohamizda o‘z ustimizdan ishlab, doimo yuqori darajaga ko‘tarilishga intilishimiz lozim. Shunda kundan –kunga ko‘tarilib, hayotimiz o‘zgaraveradi, o‘zimizni bir xil hayotdan zerikishdan asraymiz va o‘sish barakalaridan totib, baxtli, omadli hayot kechiramiz. Hik.8:14,18 “14Maslahat va farosat mendadir, men aqlman – kuch mendadir. 18 Boylik va shuhrat, chirimas xazina va haqlik mendadir”.  Kuchli, boy va sharafli bo‘lishni istaysizmi? Unda o‘z ustingizdan ishlashni va bilimda o‘sishni seving!

XOTIMA

Biz imon bilan yashashimiz, ya’ni Yozuvga amal qilib, imonimizni ishlarimiz va hayotimiz bilan namoyon qilib yashashimiz lozim. Osmon Shohligiga ko‘plar narx to‘lamasdan osongina kirishni istaydilar. O‘ylab ko‘ring, haqqoniy tanlov bilan oliygohga kirish uchun imtihon bo‘lmoqda. U yerda bu imtihonga tayyorlanganlar bor, tayyorlanmaganlar bor. Kimning kirib ketish imkoniyati ko‘proq? Albatta, tayyorlanganlarning. Qonunni bilmaslik odamni javobgarlikdan ozod qilmagani kabi, Xudoning irodasini bilmaslik odamni o‘z gunohlari uchun javob berishdan ozod qilmaydi. Agar Osmon Shohligiga kirish orzuimiz bo‘lsa, gunohdan qutulish muammosini va Xudoning qarshisida mukofot olish uchun xizmat masalasini bugun, shu dunyoda hal qilishimiz lozim. Hukm kunida odamlar ham o‘z gunohlari uchun, ham Xudo ularni gunohlaridan ozod qilish uchun qurbon qilgan Iso Masihni rad qilganlari uchun hukm qilinadilar. Agar Osmon Shohligiga kirishning boshqa yo‘li bo‘lsa, Xudoga Iso Masihni shu qadar azobli o‘limga yuborishning nima keragi bor edi? Yuh.3:16 21“Chunki Xudo dunyoni shunchalik sevdiki, O‘zining Yagona O‘g‘lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo‘lmasin, balki abadiy hayotga ega bo‘lsin. 17.Zero Xudo dunyoni hukm qilish uchun emas, balki O‘z O‘g‘li orqali qutqarish uchun Uni dunyoga yubordi. 18.Unga ishongan odam hukm qilinmaydi, ishonmagan odam esa allaqachon hukm qilingan, chunki Xudoning Yagona O‘g‘lining ismiga imon keltirmadi. 19.Hukm esa shundan iboratki – Nur dunyoga keldi, lekin odamlar Nurdan ko‘ra zulmatni ko‘proq sevdilar, chunki ularning ishlari yovuz edi. 20.Chunki yovuzlik qiladigan har bir kishi Nurdan nafratlanadi va Nur tomonga bormaydi, toki uning ishlari fosh bo‘lmasin, chunki uning ishlari yovuzlikdir. 21.Haqiqat bo‘yicha harakat qiluvchi esa Nur tomonga boradi, toki uning ishlari oshkor bo‘lsin, chunki ular Xudoda amalga oshirilgandir”.

Agar Nurga ergashmoqchi bo‘lsangiz mazkur ibodatda Xudoga murojaat qiling: “Xudoyim. Men gunohkor ekanligimni tan olaman. Gunohlarimni Iso Masihning qoni bilan yuvgin va menga Muqaddas Ruhingni quygin. Muqaddas hayot kechirib, Osmon Shohligiga kirishimga yordam ber. Iso Masih nomi bilan: Omin”.

Agar shu ibodatni sidqidildan aytgan bo‘lsangiz, men sizni tabriklayman. Siz Osmon Shohligi fuqarosi bo‘ldingiz va Osmonda farishtalar tavba qilgan bir gunohkor uchun tantana qilishmoqda. Endi do‘zax kuchlari sizning imoningizga tashlanishi mumkin, siz uni himoya qiling. Agar undan o‘zingiz voz kechmasangiz, hech kim uni sizdan tortib ola olmaydi. Nomiga imonlilik odamning o‘ziga ham, o‘zgalarga ham foyda keltirmasligini hisobga olgan holda, Muqaddas Yozuvni o‘qib, ibodat qilib  imonli, muqaddas, ezgu ishlar qilishga bag‘ishlangan hayot kechiring va bir kuni Osmon Shohligida uchrashguncha!!!

Разработка сайта: BrainHayStack