Kategoriya

Shogirdlar uchun

Rabbiy yerlik xizmatini O‘ziga shogird tanlash bilan boshladi. Shogirdning o‘quvchidan farqi – o‘rganganlarini amalda qo‘llashdir. Shunday imonli – Xudoning yuragidagi imonlidir. Shu uchun Masih Osmonga ko‘tarilayotib, izdoshlariga shogird ko‘tarishlarini buyurdi. Agar Xudo istagan imonli bo‘lishni, hayotimizda Xudoning ishlarini, barakasini, himoyasini, boshqaruvini ko‘rishni istasak – biz ham shogirdlik yo‘liga kirishimiz, nasihatlarga yuzaki qaramay, diqqat qilish va qo‘llash darkor. Shunda Muqaddas Yozuvda va’da qilinganidek: donolik, muvaffaqiyat(Yoshua 1:8); yer, uzoq umr, ko‘payish (Qonunning takrorlanishi 8:1) bizlarga hamroh bo‘ladi. Haqqoniy shogirdlikning birinchi sharofati – XUdoning huzuriga to‘la hayot bo‘lsa, ikkinchi sharofati –ko‘plab hosillardir. Bu hosillar esa Xudoni ulug‘laydi!(Yuhanno 15:8). Bu blokda siz shogird sifatida bilishingiz va qilishingiz lozim bo‘lgan ruhiy mashg‘ulotlarni bilib olishingiz va ularni bajarish orqali hayotingiz o‘zgarishini ta’minlashingiz mumkin.

Разработка сайта: BrainHayStack