Yetakchilikning asosini tushunish uchun yetakchilik nimani bildirishini tushunishimiz kerak. Bu so‘z zamonaviy jamoatda ko‘p uchrasa da, biz uni Muqaddas Kitobda biror bora uchratmaymiz. Yetakchi so‘zi inglizcha «to lead»-etaklash va «a leader»-etakchi so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, biror joyga boshqarish yoki yetaklashni bildiradi. Zamonaviy jamoatda odamlarni boshqarish ishi bilan mashg‘ul xizmatchilarni yetakchi deb atashadi. Demak, jamoatda qo‘llanishi borasida bajaradigan vazifasiga ko‘ra yetakchi so‘zi, xizmatchi so‘ziga sinonimdir. Yetakchi so‘zining o‘zagi faqat yetaklashni bildirsa-da, jamoatda Xudo yetakchining zimmasiga yuklaydigan majburiyatlarga ko‘ra yetakchining Bibliyaviy surati ko‘p qirralikdir.
Yetakchi yo‘l boshlovchi sifatida boshqaradi.
Yetakchi ustoz sifatida o‘qitadi.
Yetakchi ota sifatida g‘amxo‘rlik qiladi.
Yetakchi do‘st sifatida yordam beradi.
Yetakchi jon g‘amxo‘ri sifatida yupatadi, maslahat beradi, yo‘naltiradi.
Dunyodagi turli tizimlarda har qanday odam yetakchi bo‘lishi mumkin, ammo jamoatda Xudoga xizmat qilishda faqat yuqoridan tug‘ilgan odamgina ruhiy yetakchi bo‘lishi mumkin.
Bugun biz ruh izmi bilan yashovchi yetakchi bo‘lish uchun muhim bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz. Shunday qilib, kim ruhiy yetakchi bo‘la oladi?
1.Yuqoridan tug‘ilgan odam
Chunki:
A) Yetakchi- odamlarni Xudoning so‘ziga binoan, Xudoning ortidan yetaklaydi. Bunga unga Xudoning Ruhi yo‘l ko‘rsatadi. Zero Xudoning Ruhi bilan boshqariladiganlarning hammasi Xudoning o‘g‘illaridir (Rim.8:14).
Demak, yetakchi odamlarni yetaklash uchun avvalo o‘zi Muqaddas Ruhning ortidan borishi kerak. Yuqoridan tug‘ilmasdan esa Muqaddas Ruhning ovozini eshitishning iloji yo‘q. Lekin yozilganidek bo‘ldi: “Xudo O‘zini sevganlarga ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, inson yuragiga kelmagan narsalarni tayyorlagan”. Bizlarga esa Xudo buni O‘z Ruhi bilan ishkor qildi. Chunki Ruh hamma narsani, hatto Xudoning teranliklarini tekshirib ko‘radi. Zero insonning ichida bo‘lganni insonning ruhidan boshqa kim biladi? Xuddi shunday Xudonikini ham Xudoning Ruhidan boshqa hech kim bilmaydi. Bizlar esa bu dunyoning ruhini olmadik, balki Xudo bizga ato qilganlarini bilishimiz uchun, Xudodan bo‘lgan Ruhni qabul qildik. Biz buni insoniy donolikdan o‘rgangan so‘zlar bilan emas, balki Muqaddas Ruh o‘rgatgan so‘zlar bilan voizlik qilib, ruhiy narsalarni ruhiy narsalar bilan taqqoslaymiz.(1Kor.2:9-13).
B)Xudo Ruh va Unga sajda qiluvchilar ruhda va haqiqatda sajda qilishlari lozim(Yuh.4:24). Bizning Xudoga xizmatimiz gunohlarimizga tavba qilib, yuragimizga Muqaddas Ruhni qabul qilganimizdan so‘nggina boshlanadi.
V)Xudoning xizmatchilari Xudoning Shohligining namoyondalaridir, toki odamning o‘zi Xudoning Shohligiga kirmas ekan, uni namoyon qilishning iloji yo‘q. Yahudiy boshliqlaridan Nikodim ismli bir odam bor edi, u farziylar mazhabida edi. Bu odam bir kun kechasi Isoning oldiga kelib, Unga dedi: “Ustoz! Sen Xudodan kelgan bir muallim ekaningni biz bilamiz, chunki hech kim, agar Xudo u bilan bo‘lmasa, Sen qilayotgan mo‘’jizalarni qilolmaydi”. Iso unga shunday javob berdi: “Senga rostini aytay: agar kim yuqoridan tug‘ilmasa, Xudo saltanatini ko‘rolmaydi. Keksa odam yana qanday tug‘ila oladi? Onasining qorniga ikkinchi gul kirib tug‘ila oladimi?” deb so‘radi Nikodim. Iso javob berdi: “Senga rostini aytay: agar kim suvdan va Ruhdan tug‘ilmas ekan, Xudo saltanatiga kirolmaydi. Tanadan tug‘ilan tanadir, Ruhdan tug‘ilgan esa Ruhdir. Sizlar yuqoridan tug‘ilishingiz kerak, deganimga taajjublanma. Shamol istagan joyda esaveradi. Uning tovushini eshitasan-u, lekin qaysi tomondan kelib, qaysi tomonga ketishini bilmaysan. Ruhdan tug‘ilgan har bir kishida ham shunday bo‘ladi” (Yuh.3:1-8).
2.Ilohiy maqsadlarga ega kishi
Har bir inson ma’lum maqsad bilan harakat qiladi. U buyuk inson yoki kuchli inson bo‘lishi mumkin, lekin qilayotgan ishini nima uchun qilayotganini yurak maqsadi belgilaydi.
A)Kimdir buyuk ishlarni o‘zidan nom qoldirish uchun qiladi.
Bu befoyda ish, chunki Rabbiy: “O‘z shuhratimni hech kimga bermayman,” deydi. Men Rabbiy, bu Mening ismim, Men O‘z shuhratimni boshqaga va O‘z maqtovimni butlarga bermayman (Ish.42:6-8).
Bizlar xizmatchilar sifatida yoki boshqa har bir inson biror sababdan shon shuhratga da’vo qila olmaymiz. Chunki, avvalo, abadiy shon shuhrat faqat Yaratganga tegishli, keyin esa inson odatda o‘zlashtiradigan hamma narsa: qobiliyat, in’om, donolik, kuch va boshqalar Unga tegishli, U tomonidan berilgan va aslida Uni sharaflashi lozim.
Shuningdek yozilgan: Yer va uning barcha ishlari yonib ketadi. Rabbiyning kuni esa, o‘g‘ri tunda kelgani kabi keladi. O‘shanda osmon gumburlab o‘tib ketadi, moddiy unsurlar alangalanib, erib ketadi. Yer va undagi qilingan hamma ishlar yonib ketadi (2Pet.3:10).
Ya’ni hamma narsa yonib ketadi, moddiy dunyoda qilgan ishlarimiz ham, u bilan birga nomimiz ham.
Shunday kun keladiki, hech kimning nomi bilan hech kim qiziqmaydi, u kunda faqat Xudoning ismi buyuk bo‘ladi.
B)Kimdir buyuk ishlarni boylik to‘plash uchun qiladi.
Pul hamma muammoga javob deb o‘ylash katta yanglishish. Chunki pul shunchaki vosita, u maqsad emas. Pulga dori sotib olib bo‘ladi, lekin sog‘liqni sotib olib bo‘lmaydi. Pulga kayf safo sotib olib bo‘ladi, muhabbat sotib olib bo‘lmaydi. Pulga boylik sotib olib bo‘ladi, baxt sotib olib bo‘lmaydi.
Xudoning so‘zi: 1)pulsevarlik barcha ofatlarning boshi ekanini aytadi. Diyonat esa qanoat bilan birga buyuk daromaddir. Zero biz bu dunyoga hech narsa olib kelmadik, undan hech narsa olib ketolmasligimiz ham aniqdir. Shuning uchun oziq-ovqat va kiyim-kechakka ega bo‘lsak, shu bilan qanoatlanaylik. Boy bo‘lishni istaganlar esa vasvasaga, tuzoqqa hamda odamlarni vayronalikka va halokatga cho‘mdiradigan ko‘p farosatsiz, zararli ehtiroslarga yo‘liqadilar. Chunki hamma yovuzliklarning tomiri – pulparastlikdir. Ba’zilar bunga berilib, imondan og‘ib ketdilar va o‘z-o‘zlarini ko‘p azoblarga duchor qildilar. Sen esa, ey Xudoning odami, bulardan qochgin, aksincha haqlik, diyonat, imon, sevgi, sabr-toqat va muloyimlikning payidan bo‘lgin. Imonning yaxshi jangi bilan jang qilgin. Abadiy hayotni ushlab turgin, chunki sen shunga da’vat etilgansan va yaxshi e’tirofni ko‘p guvohlar oldida e’tirof etgansan(1Tim.6:6-12).
2)Pul butlardan biri deb hisoblanadi. Hech kim ikki xo‘jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko‘rib, boshqasini sevadi, yoki biriga ixlos qo‘yib, boshqasini xorlaydi. Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig‘ina olmaysizlar (Mt.6:24).
3)Boylarning Xudoning Shohligiga kirishlari qiyinligini yozilgan. Boyning Xudo Shohligiga kirishidan ko‘ra, tuyaning igna teshigidan o‘tishi osonroqdir!”(Lk.18:25).
Betavfiqlarning boyliklari haqlar uchun to‘planishi, demak ular bu boylikni to‘plash uchun butun umrlarini sarflaganlari bilan bir kuni mahrum bo‘lishlari aytadi.
Shuning uchun Osmon Shohligida xazina to‘planglar deyilgan. “Bu dunyoda kuya va zang yeb ketadigan hamda o‘g‘ri teshib talaydigan xazinalarni jamlamanglar. Aksincha, kuya va zang yeb ketmaydigan, o‘g‘ri teshib talamaydigan u dunyoning xazinalarini jamlanglar. Xazinangiz qaerda bo‘lsa, yuragingiz ham o‘sha yerda bo‘lur (Mt.6:19 -21).
V)Kimdir buyuk ishlarni yana qaysidir maqsadda qiladi.
Ko‘plab holatlarda imonsizlarning ishlarining maqsadi insonning xudbinona istaklaridan kelib chiqadi.
Odam yuqoridan tug‘ilganida esa u haqiqatni anglaydi, u yangi insonga aylanadi va uning hayot maqsadlari o‘zgaradi. Sizlarga yangi yurak beraman va sizlarga yangi ruh beraman; sizlarning tanangizdan tosh yurakni olaman va sizlarga jismiy yurak beraman. Sizlarning ichingizga Ruhimni solaman va shunday qilamanki, sizlar Mening amrlarimda yurasizlar hamda Mening nizomlarimga rioya qilib, ularni bajarasizlar (Iez.36:26-27).
Endi Xudoning Ruhi bilan uning yuragiga Xudoning sevgisi quyiladi. Umid esa uyaltirmaydi, chunki bizga berilgan Muqaddas Ruh orqali Xudoning sevgisi bizning yuraklarimizga quyildi Rim.5:5). U odamlarni Xudoning sevgisi bilan seva boshlaydi va ishlarining maqsadi o‘zgalarga sevgi hissidan kelib chiqadi. Chunki Iso Masihda bo‘lgan xuddi o‘sha fikr yuritish sizlarda ham bo‘lishi kerak:…(Fil.2:5).
3.Ongini Xudoning So‘ziga binoan yangilaydigan inson
Bizlarning ongimizga dunyo o‘rnatgan qotmalar bor. Biz ularga binoan yashaymiz va ular bizlarning cho‘qqilarga parvoz qilishimiz uchun kerak bo‘lgan qanotlarimizni sindiradi. Xudoning So‘zi insonning fikr o‘ylari Xudoning fikr o‘ylaridan yer u osmon kabi farq qilishini aytadi. Mening o‘ylarim sizlarning o‘ylaringiz emas, Sizlarning yo‘llaringiz Mening yo‘llarim emas,-deydi Rabbiy. Ammo osmon yerdan naqadar baland bo‘lsa, xuddi shunday Mening yo‘llarim sizlarning yo‘llaringdan va Mening o‘ylarim sizlarning o‘ylaringizdan balanddir(Ish.55:8-9). Aynan shunday Xudo kabi o‘ylash uchun va Xudoning yo‘llaridan yurib baland ko‘tarilishimiz uchun ongimizdagi qotmalarni barbod qilib, fikrlarimizni Xudoning so‘ziga binoan yangilashimiz kerak. Masalan, ilgari siz “Xudo sevgan bandasiga kasallik beradi” degan aqidaga ishonar edingiz. Shuning uchun joningiz og‘risada ko‘nikishga majbur edingiz. Xudoning So‘zi orqali Iso Masihning yaralari bilan shifolanganingizni bilib oldingiz va ongingizni Xudoning so‘ziga binoan yangiladingiz, ya’ni fikringizni o‘zgartirdingiz. Endi imon bilan kasallikka qarshi kurashasiz va shifongizni qo‘lga kiritasiz. Bu dunyo bilan tenglashmanglar, balki ongingizni yangilash orqali tubdan o‘zgaringlar, toki sizlar Xudoning yaxshi, ma’qul va komil irodasi nima ekanligini fahmlab olinglar (Rim.12:2).
4.Xudo bilan munosabatlarni rivojlantiradigan odam
Iso Masih O‘z So‘zida Usiz hech narsa qila olmasligimizni ta’kidlagan. Men – tok, sizlar – novdasizlar. Kim Men bilan aloqada bo‘lib, Men u bilan aloqada bo‘lsam, u ko‘p hosil beradi. Mensiz hech narsa qilolmaysizlar. Kim Men bilan aloqani uzsa, novda kabi tashlab yuboriladi va quriydi. Bunday novdalarni esa terib, o‘tga uloqtirib yondirishadi. Agar siz Men bilan aloqada bo‘lib, so‘zlarimni qalbingizga jo qilsangizlar, istaganingizni so‘ranglar, erishasizlar. Sizlar ko‘p hosil bersangiz, Otam ulug‘lanadi, sizlar esa Mening shogirdlarim bo‘lasizlar (Yuh.15:5-8). Bizlar Xudoga xizmat ruhiy xizmat ekanini hech qachon yoddan chiqarmasligimiz kerak. Bizlar ko‘rinarli dunyoda nimadir qilamiz, U ko‘rinmas dunyoda nimadir qiladi. Bu bizlarning hamkorlik xizmatimiz. Agar bizlar nimadir qilsaku U qo‘llab quvvatlamasa, qilgan sa’y harakatlarimiz behuda ketadi. Bu elektr simidagi tokka o‘xshaydi. Bizlar simni rozetkaga suqamiz va tok kelib lampochka yonadi. Agar rozetkada tok bo‘lmasa qilgan sa’y harakatimiz behuda. Xuddi shuningdek, bizning ichimizda Xudoning Ruhi bor. U bizlar orqali harakat qiladi. Agar Xudo bilan munosabatlarni rivojlantirmasak, U bizlarga O‘zining Ruhini qayta qayta quymaydi va bizlar hech narsa qila olmaymiz.
Xudo bilan munosabatlar ham barcha munosabatlar kabi rivojlantiriladi. Biror odam bilan uzoq vaqt suhbatlashsak va birga bo‘lsak, u odam haqida ko‘p narsani bilib olamiz, unga nima yoqishi va nima yoqmasligini bilib olamiz. Shunga binoan munosabatda bo‘lganimizda munosabatlarimiz yanada qalinlashadi. Xudo bilan ham xuddi shunday. U har doim bizning yurak eshigimizni chertib kirishga izn so‘raydi. Mana, Men eshik oldida turib, taqillatyapman. Kimda-kim ovozimni eshitib eshikni ochsa, Men uning yoniga kiraman; Men u bilan, u Men bilan kechki ovqatni baham ko‘ramiz (Vah.3:20).
U doimo bizlar Unga yaqinlashishimizni kutadi. Xudoga yaqinlashinglar va U sizlarga yaqinlashadi. Ey, gunohkorlar, qo‘llaringizni tozalanglar! Ey, fikrida ikkilanayotganlar, yuraklaringizni poklanglar! (Yoqub4:8).
Bizlar, odamlarni Xudo bilan munosabatli hayotga yetaklaydigan odamlar avvalo o‘zimiz Xudo bilan suhbatlashish sohasida yorib o‘tishimiz lozim.
Buning uchun:
A) Xudoning so‘zini o‘qishdan oldin Xudo sizga ma’nosini ochishini so‘rab ibodat qiling. B)Oyatlarni o‘qiyotganingizda mag‘zini chaqishga harakat qiling, anglamaganingizni Xudodan anglatishini so‘rang.
V) Xudoning so‘zi haqida mulohaza qiling.
G)Ibodat qilayotganingizda Xudoning tirik Shaxs ekanini yodga oling. Tirik ShAxsga murojaat qilayotgandek murojaat qilib, Undan javob kuting.
5.Imon kishisi
Imon Xudo bilan birga hayot kechirish va Unga xizmat qilishning asosidir. Biz Xudoning ortidan imon bilan qadam tashlaymiz. Demak, agar yetakchida imon bo‘lmasa u ruhiy dunyoda bir qadam ham olg‘a jila olmaydi. Xudoning imoni dunyoning imonidan farq qiladi. Dunyoning imoni ko‘rgan narsasiga ishonadi, Ilohiy imon ko‘rmagan narsasiga ishonadi. Dunyoning imoni uchun imonning asosi ko‘rinarli narsa, Ilohiy imon uchun imonning asosi Xudoning So‘zi. Eng asosiysi, dunyoning imoni yarata olmaydi, ilohiy imon esa yo‘qdan bor qilish qobiliyatiga ega. Imon esa umid qilingan narsalarning mohiyatidir va ko‘rinmaydigan narsalarga amin bo‘lishdir (Ibr.11:1).
Ibrohim haqida: “Umid uzra umid bilan ishondi, shu orqali ko‘plab xalqlarning otasi bo‘ldi,”deyilgan. …xuddi yozilganidek: “Men seni ko‘p xalqlarning otasi qilib qo‘ydim”. Chunki Ibrohim o‘liklarni tiriltiruvchi va mavjud bo‘lmaganlarni mavjud deb atovchi Xudoga ishongan edi.
U umidi qolmaganiga qaramasdan, umid bilan ishondi, toki “Sening urug‘ing son-sanoqsiz bo‘ladi”, – deb aytilgani bo‘yicha ko‘p xalqlarning otasi bo‘la olsin.(Rim.4:17-18). Demak, agar u ishonmasa edi orzu qilgan o‘g‘liga, u orqali ko‘plab nasllarga ega bo‘lmas edi. Shuningdek, Ibroniylar kitobi 11-bobi to‘liq imon ishlariga bag‘ishlangan. Demak, ular ishonmaganlarida edi hayotlari va xizmatlarida o‘sha yerda qayd etilgan ilohiy ishlar va mo‘’jizalarni ko‘rmas edilar. Nomlari ham Xudoning kitobida qayd qilinmas edi.
Xudo uchun qiladigan har bir ishimiz imon bilan bo‘lishi lozim. Buning uchun Xudoning so‘zi bilan yuragimizni to‘ldirib, doimo Xudodan xizmatda yo‘nalish olishga harakat qilishimiz lozim. Shunda Xudoning irodasini bilib, shu uchun ibodat qila boshlaymiz va ilohiy cho‘qqilarga ko‘tarilamiz.
Ba’zan bizning xizmatimizda “qurg‘oqchilik” yoki “sahro” davrlari bo‘ladi. Ekasiz, ekasiz va hosil ko‘rmaysiz. Bu davr uzoq cho‘zilganida qo‘lingizni tushirib,engilish vasvasasi keladi.Xudoning So‘zi deydi: Shunday qilib, sizlar yangi xamir bo‘lishingiz uchun o‘zingizni eski achitqilardan poqlanglar, chunki sizlar aslida achitqisizsizlar. Zero biz uchun qurbon bo‘lgan Masih – bizning Pesaximizdir (2Kor.5:7). Shuningdek, chunki biz umidda qutqarilganmiz. Ko‘rinib turgan umid esa umid emasdir. Agar odam ko‘rib tursa, u nima uchun umid qilar ekan?(Rim.8:24). Shunday ekan, vaqt ajratib o‘ylashga, nima uchun hosil yo‘qligini aniqlashga harakat qilish lozim. Nima uchun hosil yo‘q? Gunoh tufaylimi? Unda tavba qilish kerak shunda Xudoning barakalari yana quyiladi. Kiyimlaringizni emas, yuraklaringizni tilka-pora qilinglar va Rabbiy Xudoingizga murojaat qilinglar; Zero U ezgu va shafqatli, uzoq bardoshli va ko‘pshafqatli, va U kulfat uchun afsuslanadi. …Shunda Men sizlarga yuborgan Mening buyuk qo‘shinim -chigirtka, qurt, qo‘ng‘iz va ipak qurti yeb bitirgan yillar uchun sizlarga qayta barakat beraman(Yo‘el 2:13,25).
Dangasalik yoki passivlik uchunmi?
Unda xizmatga munosabatni o‘zgartirish kerak.
Xudoning ishini yalqovlik bilan qiladigan odam la’natidir va Xudoning qilichini qondan tutib turadigan la’natidir(Yer.48:10).
Yoki sahro vaqtimi? Yodda tuting, Xudoga xizmatimizning asosi imon. Bizlar ko‘rib turgan narsamiz bilan emas, imon bilan yashaymiz. Xudoning so‘zi bizlarni ekish jarayoni imonni talab qilishidan ogohlantiradi. Ko‘z yosh bilan ekkanlar quvonch bilan o‘rib oladilar. Yig‘i bilan urug‘ olib boruvchi boshoqlarini ko‘tarib, quvonch bilan qaytib keladi (San.125:5,6).
Jon jahdingiz bilan va Xudoning irodasiga ko‘ra xizmat qilayotgan bo‘lsangizu, hosil bo‘lmasa, demak sahro vaqti bo‘lishi mumkin. Agar odamning imoni bo‘lmasa, xizmatidan hosilning yo‘qligi uni falajlaydi, agar imoni bo‘lsa, Xudo bilan munosabatlarni rivojlantirib xizmat qilishda davom etadi. Imon bilan, Xudoning irodasini izlab xizmat qilishda davom eting, shunda bir kuni o‘rib olasiz. Shu yo‘sinda yaxshilik qilib, tushkunlikka tushmaylik; chunki agar zaiflashmasak, o‘z vaqtida o‘rib olamiz (Gal.6:9). Imonning katta namunasini Habakkuk misolida ko‘rishimiz mumkin. “Hech qanday hosil bo‘lmasa ham baribir Xudoimda quvonaman, chunki mening muvaffaqiyatim ko‘rinarli narsalarda emas balki Xudoimda”,-deydi u. Anjir gullamagan bo‘lsa ham va toklarda hosil bo‘lmasa ham, zaytun yo‘q bo‘lsa ham dalalar oziq bermasa ham, qo‘rada qo‘ylar va og‘illarda ho‘kizlar bo‘lmasa ham, men bari bir Rabbimda quvonaman va najotimning Xudosida xursand bo‘laman. Rabbiy Xudoyim – mening kuchim; U mening oyoqlarimni kiyiknikidek uchqur qiladi va meni yuksakliklarim bo‘ylab yurg‘izadi. (Torli cholg‘u asboblarining boshlig‘iga)(Hab.3:17-19).
6. Xudoning so‘zini o‘qishni sevadigan odam
Xudoning So‘zi bu yozma Xudodir, boshqacha qilib aytganda Xudoning so‘zi XUdoning yuragidir. Iso Masih haqida: “Tanaga aylangan So‘z,” deyilgan. Bizlar ham Xudoning So‘zini o‘qib, Uni imon bilan “hazm qilishimiz” jarayonida u bizlarda tanaga aylanadi va bizlar Iso Masihdek o‘ylaydigan, his qiladigan va harakat qiladigan bo‘lamiz. Bu qonun kitobi sening og‘zingdan yiroqlashmasin, ammo unda yozilganlarni aniq bajarish uchun uni tun u kun o‘rgangin, shunda yo‘llaringda muvaffaqiyatli bo‘lasan va oqilona harakat qilasan(I.Navin 1:8). Iso Masih yo‘l, haqiqat va hayot bo‘lganidek, Xudoning so‘zi yo‘l, haqiqat va hayotdir. Biz hayotimizning qo‘llanmasi deb Xudoning So‘zini qabul qilganimizda u bizlarga har qanday vaziyatlardan chiqishning yo‘lini ko‘rsatadi, har sohada haqiqatni ochadi va har sohamizga hayot beradi. Shuning uchun yetakchining haqqoniy eng yaqin hamrohi va do‘sti Xudoning So‘zi bo‘lishi lozim. Shunda Muqaddas Ruh uchun ham bu odamni boshqarish imkonli bo‘ladi, chunki Muqaddas Ruh odamni Xudoning So‘ziga binoan boshqaradi. Yana bir sir Ruhning o‘zi ham so‘zdir. Ruh hayot baxsh etadi, jism hech qanday foyda keltirmaydi. Mening sizlarga aytib kelayotgan so‘zlarim ruhdir, hayotdir (Yuh.6:63). Demak, Xudoning So‘ziga to‘lishganimizda Xudoning Ruhiga to‘lishamiz. Shuning uchun: “Xudoning So‘zi sizlarga ko‘p ekilsin”,- deyilgan. Masihning So‘zi barcha donolik bilan yuraklaringizga mo‘l-ko‘l joylashib kiraversin. Rabbiyga yuraklaringiz bilan inoyatda ashulalar aytib, hamdu-sanolar, madhiyalar va ruhiy qo‘shiqlar bilan bir-biringizga nasihat qilib o‘rgatinglar (Kol.3:16).
7. Ibodat kishisi bo‘lgan odam
Iso Masih: “Mensiz hech narsa qila olmaysizlar,”-dedi(Yuh.15:4). Xudoning so‘zi: “Tinimsiz ibodat qilinglar,”-deydi(1Sal.5:17). Nima uchun? Chunki ibodat Xudoga murojaat, Xudo bilan suhbat. Biz ibodat qilganimizda Xudoga yaqinlashamiz, Xudoning qalbini tushuna boshlaymiz va Xudoning imkoniyatlarini qo‘lga kirita boshlaymiz.
Ibodat orqali Xudo bilan shaxsiy munosabatlar quriladi va bu munosabatlarning hosilini boshqa yo‘l bilan olishning iloji yo‘q. Imonga asoslangan ibodat yo‘qni bor qiluvchi, borni yo‘q qiluvchi, dunyoni o‘zgartiruvchi va yaratuvchi ibodat hisoblanadi. Bir-biringizga gunohlaringizni e’tirof etinglar va shifo topishingiz uchun bir-biringiz uchun ibodat qilinglar. Haq odamning g‘ayratli ibodati ko‘p narsani amalga oshiradi. Ilyos bizga o‘xshagan bir inson edi. Yomg‘ir yog‘masligi uchun u qizg‘in ibodat qildi va yer yuziga uch yilu olti oy yomg‘ir yog‘madi. U yana ibodat qilgach, osmon yomg‘ir berdi va yer o‘z hosilini keltirdi (Yoqub 5:16-18). Bizning ibodatlarimiz Xudoga O‘zini bizlarning oramizda namoyon qilishi va O‘z irodasini amalga oshirishi imkoniyatini beradi. Sening Shohliging kelsin. Osmonda bo‘lgani kabi, yerdam ham Sening irodang bajo kelsin (Mt.6:10).
Iso Masihning shogirdlaridan biri, bir kuni kelib Undan ibodat qilishni o‘rgatishini so‘radi. Bir kuni Iso bir joyda ibodat qilayotgan edi. Ibodatni tamom qilganda, Uning shogirdlaridan biri Unga: “Rabbiy! Yahyo o‘z shogirdlariga o‘rgatganidek, bizga ham ibodat qilishni o‘rgat,” – dedi (Luqo11:1). Iso Masih esa o‘rgatdi. Bizlar ham yetakchilar sifatida ibodat qilishni biladigan, shogirdlar so‘raganida esa o‘rgata oladigan bo‘lishimiz lozim. Ibodatsiz ish qilganimizda o‘z kuchimiz va imkoniyatlarimizga tayanamiz va o‘z imkoniyatlarimiz chegarasida baraka olamiz.
Ibodat bilan ish qilganimizda esa Xudoning kuchi va imkoniyatlariga ishonamiz va Uning imkoniyatlari darajasida baraka olamiz. Natija naqadar farqli. Martin Lyuter bir kuni shunday degan: “Mening ishlarim bugun shu qadar ko‘pki, bir soat ortiqroq ibodat qilmasam bo‘lmaydi.” Tarixiy manba’larga qaraganda, Rabbimizning jismoniy ukasi Yoqub tun u kun tiz cho‘kib ibodat qilaverganidan tizzalari qotib ketgan, shuning uchun tuya degan laqabga ega bo‘lgan.
Iso Masih kunduzlari kechgacha odamlarga xizmat qilar, so‘ngra, tong saharlari ibodat qilgani chiqib ketar edi. U ba’zan tunlari bilan ibodat qilar edi. Biz Uning shogirdlari bo‘lsak, odamlarni Uning ortidan yetaklamoqchi bo‘lsak, avvalombor o‘zimiz Unga taqlid qilishimiz lozim. Shuning uchun sizlardan o‘tinib so‘raymanki: menga taqlid qilinglar.(1Kor.4:16).
8. O‘z jonidan nafratlanib, tanasini xochga mixlagan odam
Istasak istamasak bizlarning jonimiz xudbin, u hayotimiz taxtida o‘zi o‘tirib, hatto Xudoni u yerga yo‘latishni istamaydi. Eng yomoni, jonimiz o‘zini sevgani bilan o‘zini farovonlik va hayot tomon yetaklay olmaydi, aksincha halokatga boshqaradi. Shuning uchun o‘zimizni naqadar sevmaylik, jonimizni naqadar sevmaylik agar undan nafratlanishni o‘rganmasak, ya’ni uning istaklarini rad etishni o‘rganmasak, u bizlarni halok qiladi. Keyin Iso o‘z shogirdlariga dedi: “Agar kim Menga ergashishni istasa, o‘zidan kechsin va o‘z xochini ko‘tarib, orqamdan yursin. Kim o‘z jonini ayamoqchi bo‘lsa, uni yo‘qotadi. Lekin kim Men uchun jonini yo‘qotsa, jon topadi. Agar inson butun dunyoni egallasa-yu, o‘z joniga zarar yetkazsa, bundan qanday naf ko‘radi? Yoki inson o‘z joni evaziga qanday to‘lov toparkan?” (Mt.16:24-26).
Bizning tanamizda esa gunohkor tabiat joylashgan. U o‘z istaklarini berib, agar bizlar bo‘shashsak, imonliligimizning har qanday pog‘onasida bizlarni gunoh qildirib pand beradi. Shuning uchun bizlar doimo o‘zimizda Rabbimizning o‘likligini olib yurishimiz kerak. Isoning hayoti bizning tanamizda namoyon bo‘lishi uchun, Rabbiy Isoning o‘likligini hamisha tanamizda olib yuribmiz (2Kor.4:10). Tanamiz o‘z istagini namoyon qila boshlaganida esa, uni xochga mixlashimiz lozim. Agar tana izmi bo‘yicha yashasangizlar, o‘lasizlar. Agarda Ruh bilan a’zoyi badan ishlarini o‘ldisangizlar, yashaysizlar (Rim.8:13).
Agar jonimizdan nafratlanishni o‘rganmasak, hayotimiz o‘z jonimiz atrofida aylanadi va bizlar Xudo uchun hech narsa qila olmaymiz.
Agar tanamizni xochga mixlamasak, gunohdan boshimiz chiqmasdan o‘zimiz bilan o‘zimiz bo‘lib yotaveramiz va hayotimizda Xudoning yuzini, shuhratini va qudratini ko‘rmaymiz.
9. Buyuk amrni va buyuk topshiriqni bajarishga qaror qilgan odam
Ba’zan Masihiylar Masihga kelgach, Uni Najotkorim deb qabul qiladilar, lekin qalblarida Rabbim va Egam deb qabul qilmaydilar. Albatta, Iso Masihni Rabbiy va Ega deb qabul qilish o‘z istagi bo‘yicha yashashdan voz kechib, Iso Masihning istagi bo‘yicha yashashga qaror qilishni talab qiladi. Odamlarga esa, o‘z hayot maqsadlaridan kechmagan holda, qandaydir diniy urf- odatlarni bajarsalar- u, bu uchun Xudo ularning niyatlarini duo qilsa, shu yoqadi. Ular katta qurbonliklar qiladilar. Ammo Xudoning so‘zi itoatkorlik qurbonlikdan afzal deydi. Shomuil shunday javob berdi: “Kuydiriladigan va boshqa qurbonliklardan ko‘ra, Egamiz O‘ziga itoat etganlardan shod bo‘lmasmi?! Ha, itoat etish – qurbonlik so‘yishdan yaxshi, Xudoga itoatkorlik – qo‘chqorlar yog‘idan a’loroqdir. O‘zboshimchalik – sehr-jodu singari gunoh, itoatsizlik esa but-sanamga bosh egish bilan tengdir. Sen Egamizning amrini rad etding, Egamiz ham sening shohligingni rad etdi.” (1Shoh.15:22-23).
Xudoga ma’qul bo‘lishni astagan odam, Uning So‘ziga itoat qilishi lozim. Itoatkorligini Buyuk Amr va Buyuk Topshiriqni bajarish bilan namoyon qilishi lozim.
Xudo imonlilarning o‘z hayot maqsadlaridan kechib, Xudoning maqsadlari uchun yashashga chorlaydi. Faqat sevgan odamgina o‘z hayotidan kechib, o‘zga uchun yashay boshlashi mumkin, garchi bu Shaxs Xudo bo‘lsa ham. Shuning uchun Xudo: “Rabbiy Xudoingni butun borlig‘ing bilan sevgin,”- degan.
Bizni o‘rab turgan Masihiylarga qarab ko‘rishimiz mumkinki, har bir Masihiy Xudoning ortidan borishida o‘z tezligiga ega. Har bir odamning o‘z tezligi bo‘lganidek, har bir jamoatning ham tezligi bo‘ladi. Chunki, avvalombor ko‘pincha xulq- atvori bir- biriga mos odamlar bir joyda birlashsalar, keyin esa odatda: “qovun qovundan rang oladi,”- deganidek odamlar bir- birlariga ta’sir qiladilar.
Ammo Eski Ahd davrida ruhoniylar xalqni Xudoga yetaklashga javobgar bo‘lganlaridek, hozir yetakchilar va xizmatchilar xalqni Xudoga yetaklashga javobgardir. Shuning uchun, agar atrofdagi Masihiylar iliq bo‘lsa, yetakchilarga ularning ruhiy haroratlari ta’sir qilmasligi kerak. Aksincha, havo qancha sovuq bo‘lsa isitgich shu qadar baland yoqilganidek, atrofdagi Masihiylar naqadar iliq bo‘lsa, yetakchilar ularni Xudo qadar yetaklash uchun qaynoqroq bo‘lishlari kerak. Shuningdek, sening ichingda nikolaychilar ta’limotini tutuvchilar ham bor. Endi tavba qil! Aks holda men zudlik bilan oldingga borib, O‘z og‘zimdagi qilich bilan o‘sha gunohkorlarga qarshi jang qilaman (Vah.3:15-16).
Ko‘pchilik hissiyot bilan so‘zlashni qaynoqlik deb hisoblaydi. Biror sohada qaynoq bo‘lish, yoki yonish aslida o‘sha sohaga juda yaqinlashish, u bilan qiziqib shug‘ullanish, uning atrofida kuyib pishishni bildiradi. Ya’ni, Xudo uchun qaynoq yetakchi Xudoning atrofida yonib pishadi. Xudoni to‘g‘ridan- to‘g‘ri ko‘ra olmas ekanmiz, Xudoga yaqinlashtiruvchi vositalar: Xudoning So‘ziga va ibodatga, hamdu sano va xizmatga yopishadi.
Boshqalarga Buyuk amr va buyuk topshiriqni bajarishni o‘rgatish uchun, avvalo yetakchining o‘zi, Buyuk amr va Buyuk topshiriqni shunchaki burchi bo‘lgani tufayli, majburning kunidan bajaruvchi emas, balki, sidqidildan, sevgi bilan bajaruvchi bo‘lishi lozim.
Buyuk amr. Iso unga javob berib dedi: “Butun amrlarning eng muhimi shu: “Tingla, ey Isroil, Rabbimiz bo‘lgan Xudovand – yagona Xudovanddir. Rabbing bo‘lgan Xudovandni butun qalbing bilan, butun joning bilan, butun onging bilan va butun quvvating bilan sevgin.” Mana bu eng muhim amr. Ikkinchisi esa undan kam emas, chunonchi:”O‘zgani o‘zing kabi sevgin.” Bulardan buyuk amr yo‘q.” (Mark 12:29–g‘31).
Biz kimni, yoki nimani sevsak, hayotimiz shuning atrofida aylanadi va shu kimsa yoki narsa uchun yashay boshlaymiz. Masalan, odam farzandlarini sevsa, hayoti ularning atrofida aylanadi, u farzandlari uchun yashashni boshlaydi va hokazo. Lekin, biz bilamizki, ko‘rinarli dunyo va undagi hamma narsa vaqtincha. Agar vaqtincha narsa uchun yashasak, boqiyi uchun yashay olmaymiz. Shuning uchun bizlar to‘g‘ri, namunaviy va barakali hayot kechirishimiz uchun hayotimiz Xudoning atrofida aylanishi lozim.
Buni bajarishimizda yana bir buyuk hikmat bor. Xudoga yaqinlashganimiz sari, U bizlarga yaqinlashadi. Xudoga yaqinlashinglar va U sizlarga yaqinlashadi. Ey, gunohkorlar, qo‘llaringizni tozalanglar! Ey, fikrida ikkilanayotganlar, yuraklaringizni poklanglar! (Yoqub.4:8). U yaqinlashgani sari, bizga O‘z shuhratini namoyon qiladi. Uning shuhratini ko‘rgan sari bizlar Uning timsoliga qarab o‘zgaramiz. Bizning hammamiz esa ochiq yuzimiz bilan ko‘zguga karaganimizdek, Rabbiyning shuhratiga qarab turibmiz va Rabbiyning Ruhi orqali shuhratdan shuhratga, xudi o‘sha tasvirga o‘zgarmoqdamiz (2Kor.3:18).
Buyuk amrning ikkinchi qismi: “Yaqiningni o‘zing kabi sevgin,”- deydi. Xudo sevgidir. Odamlar sevgi bo‘lmish Xudo tomonidan yaratilganlar. Xudo odamlarni yaratayotganida, ularning ichlarida sevgiga ehtiyoj solgan. Shuning uchun har bir yurak xastaligiga shifo, har bir inson ichki iqtidorini g‘uncha ochilib, gulga aylanishidek namoyon qilishi faqat sevgi muhiti bo‘lganidagina amalga oshadi. Agar hamma odamlar bir- birlarini sevsalar, ular bir- birlarining oldilarida o‘zlarini erkin va qadrli his qiladilar. Bu bilan yuraklarida tinchlik hissi bo‘lib, baxtli yashaydilar va bu uchun Xudodan minnatdor bo‘ladilar. Iso Masih so‘nggida: “Bundan buyuk amr yo‘qdir,-”demoqda.
Buyuk Topshiriq. Iso ularga yaqinlashib, shunday dedi: “Menga osmonda ham, yerda ham butun hokimiyat berilgandir. Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, O‘g‘il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho‘mdirib, imonga kiritinglar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o‘rgatinglar. Mana, Men har kuni, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo‘laman” (Mat.28:18-20). Iso Masih Buyuk Topshiriqni: Osmonda ham yerda ham Menga bor hokimiyat berilgan,”-degan so‘zlar bilan boshlagan. Qanday hokimiyat?Dunyoni boshqarish hokimiyati, Shohlik qilish hokimiyati. U dunyoning haqqoniy va abadiy Shohi sifatida amr bermoqda: “Mening haqiqatimni biladigan haq shogirdlarim. Borib, Mening a’yonlarimga haqiqatni ochinglar, ularga haqiqat bo‘yicha, mening amrim bo‘yicha yashashni o‘rgatinglar. Agar ular Mening amrim bo‘yicha yashasalar, Mening Shohligim panohida bo‘ladilar, barakalarimga sazovor bo‘ladilar, Mening himoyam ostida bo‘ladilar. Ularga shu baxtni ravo ko‘ringlar, chunki haqiqat so‘zini sizlar bilasizlar.
Agar ular Menga imon keltirmasalar va Mening amrim bo‘yicha yashamasalar, gunohlari tufayli shayton saltanati soyasida yashashga, bu dunyoda uning zarbasi ostida yurib, u dunyoda do‘zaxga ketishga mahkum bo‘ladilar”,-deydi. Unga ishongan odam hukm qilinmaydi. Unga ishonmagan odam esa allaqachon mahkum bo‘lgan, chunki u Xudoning yagona O‘g‘li ismiga ishonmagan (Yuh.3:18). Shunday ekan, naqadar ko‘p odam Shohona Amr bo‘yicha yashasa, shu qadar odamlar baxtli bo‘lishadi va dunyo ham yaxshi tomonga o‘zgaradi. Bu esa yetakchilardan xushxabarchilikda, shogirdchilikda va yetakchilikda ilg‘or bo‘lishni talab qiladi.
10. O‘z hayotini Xudo odamlar uchun belgilagan uch maqsadni bajarishga bag‘ishlagan kishi
Iso Masihni Rabbim va Najotkorim deb qabul qilgunimizcha o‘z hayotiy maqsadlarimiz uchun yashar edik. Xudoning So‘zi orqali esa Xudo odamlarni umuman boshqa narsa uchun yaratganini bilganimizdan so‘ng, naqadar hayot maqsadlarimizni o‘zgartirishimiz naqadar Xudoga ishonishimiz va itoat qilishimizga bog‘liq. Ipak qurti kuyib pishib pilla bog‘layotganida: “Bor hayot maqsadim pilla o‘rash, u meni so‘ngra hamma narsadan himoya qilar,”- deb o‘ylar. Ammo kuni kelib, birdaniga kapalakka aylanadi va bu pillani tark etadi. Bizlar ham: “Shu moddiy dunyoda o‘z hayotimga egaman, o‘zim istagandek yashab qolay”,-deymiz va “ipak qurti” hayoti bilan mashg‘ul bo‘lib ketib, “kapalakka” aylanish jarayonini qo‘ldan boy berishimiz mumkin. Chunki, ipak qurtining kapalakka aylanish jarayoni uning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy jarayon bo‘lsa, bizlarning O‘z Yaratuvchisining timsoliga qarab o‘zgarayotgan, mukammal, ruhli insonlar bo‘lishimiz bu bizning shaxsiy qarorimizga binoan Xudo belgilagan maqsadlarga o‘zimizni bag‘ishlashimiz jarayonida sodir bo‘ladi.
• Har bir insonning hayotidagi Xudoning birinchi maqsadi:
Har bir insonning Xudoning izlashi. Xudo barcha odamzodni bir odamdan yaratib, yer yuziga tarqalib yashashiga yo‘l qo‘ygan. Insoniyatning belgili davrlarini, turli istiqomat joylarini Xudo tayin etgan. U har birimizga juda yaqin bo‘lib, paypaslab-paypaslab bo‘lsa-da, Meni qidirib topingla, deb buyurmoqda (Hav.17:26-27).
Biz Xudoni izlaganimizda Uni topamiz. U yerda Rabbiy Xudoingni izlaganingda, agar bor yuraging bilan izlasang va bor joning bilan izlasang Uni topasan(Qon.tak.4:29). Demak, bor qalbimiz bilan izlasakkina u bizlarga O‘zini ochadi.
Biz Xudoga yaqinlashganimizda U bizga yaqinlashadi(Yoqub4:8).
Biz Xudoning shuhratini ko‘rganimizda Uning timsoliga o‘zgaramiz(2Kor.3:18).
• Har bir insonning hayotidagi Xudoning ikkinchi maqsadi, Uning irodasini bilishimizdir. Shuning uchun shunday aytilgan: “Ey, uxlayotgan, tur! O‘liklardan tiril va Masih seni yoritadi!” Shunday qilib, qaranglar – nodonlar kabi emas, balki donolar kabi ehtiyotkorlik bilan yuringlar va vaqtni g‘animat bilinglar, chunki kunlar yovuzdir. Shuning uchun aqlsiz bo‘lmanglar, ammo Rabbiyning irodasi nima ekanini anglab olinglar (Ef.5:14-17).
Bizlar ba’zan hayotimizga Xudo kelishini va bizlarni O‘z xizmatida qudratli ishlatishini passiv kutishni yaxshi ko‘ramiz. Xudoning so‘zi esa bizlarni Xudoning ortidan faol, jonli, qaynoq harakat qilishga da’vat etmoqda. Mana, aytilganki: Tur uxlayotgan, tirilgin murda va Seni Rabbiy yoritadi. Ya’ni biz Xudoning ortidan borishni istashimizni namoyon qilib nimadir qilamiz va bunga javoban Rabbiy nimadir qiladi. Jismoniy dunyoda tananing uyqudalik holati uning passiv holatdaligini ko‘rsatganidek, ruhiy dunyoda ham ruhiy mashg‘ulotlar: ibodat, Xudoning so‘zini o‘qish va mulohaza qilish, hamdu sano kuylash va xizmat qilish bilan o‘z ruhini bedor va tetik tutmaydigan kishilar ruhiy uyquda hisoblanadi.
Aziz yetakchi. Agar biz o‘z tanamizni jilovlab va jonimizdan nafratlanib, ruhda olovlanib yurmas ekanmiz, o‘z izdoshlarimiz uchun baraka bo‘la olmaymiz. Chunki, bizlar ruhiy uyqu holatida bo‘lganimizda, Xudoning irodasini bila olmaymiz va ko‘r odamlarning ko‘r yo‘lboshlovchilari bo‘lib, o‘zimiz ham chohga qulaymiz, ortimizdan borayotganlarni ham chohga qulatamiz. Ularni qo‘yinglar, ular ko‘rlarning ko‘r yo‘lboshchilaridir. Agar ko‘r ko‘rni yetaklab yursa, unda ikkovi ham chohga tushib ketar (Mt.15:14). Oyatning keyingi qismida “o‘liklardan tirilgin,”-deyilgan. Biz bilamizki, Xudoning So‘zi gunoh qilib yuradigan odamni ruhan o‘lik deb hisoblaydi.
Demak, Masih bizlarni yoritishi uchun bizlar uyqudan uyg‘oq va o‘liklikdan tirilgan holda bo‘lishimiz lozim. Keyingi oyatda Xudoning so‘zi: “Aqlsizlardek emas, balki donolardek ehtiyotkorlik bilan harakat qilinglar, vaqtni qadrlanglar, chunki kunlar yovuzdir,”deydi. Demak, vaqtni qadrlab mehnat qiluvchilarni Xudo dono deb ataydi, boshqalarni esa aqlsiz deb ataydi. Siz naqadar ko‘p shunday vaziyatda bo‘asiz? Nimadir qilgingiz keladi, lekin nimaligini bilmaymiz. Qaysidir kun kelishini, nimadir o‘zgarish sodir bo‘lishini, ishlaringiz o‘z o‘zidan yurishib ketishini kutasiz. Kunlar shuning uchun o‘z o‘zidan o‘tib ketaveradi.
Yetakchi sifatida doim yodingizda tuting. Xudoning Shohligi katta bazmxona. U yerga hamma joydan najot topganlarni olib kelish har bir yetakchiga alohida buyurilgan. Cho‘ponlar karvon boshqaruvchilari kabidirlar. Ular umumiy oqimni boshqaradilar va tartibga soladilar. Siz o‘zingiz yetaklayotgan odamlarni Osmon Shohligiga olib kelish uchun mashinaning ruli sizning qo‘lingizda. Naqadar mohirlik bilan, naqadar tezlik bilan ularni boshqarish sizning qo‘lingizda. Siz namunaviy ravishda boshqarishingiz yoki umuman boshqarmasligingiz mumkin. Shunchaki, harakatsiz mashinangizdagi odamlar tushib qolib axiyri o‘zingiz qolishingiz mumkin.
Bu hodisa ro‘y bermasligi uchun, bizlar yetakchilar sifatida doimo Xudoning irodasini izlashimiz va odamlarni shu rejaga binoan boshqarishimiz kerak. Qanday qilib Xudoning irodasini bilishimiz mumkin? Xudoning So‘zi buni bizlarga ochib beryapti: O‘ylovsiz bo‘lmanglar, balki Xudoning irodasini bilib olinglar. Demak, bizlar Xudoning irodasi haqida o‘ylay boshlaganimizda, Xudo bizlarga o‘z irodasini ochadi.
O‘zingizga savol bering: Siz biror ishni o‘ylab qilishni yaxshi ko‘rasizmi? Yoki siz oldin qilib, keyin o‘ylaydiganlar guruhiga kirasizmi? Xudoning so‘zi, Uning irodasi haqida o‘ylashda hikmat ko‘p, busiz muvaffaqiyatli yetakchi bo‘lishning iloji yo‘q. O‘g‘lim, donolik va fahm-farosatni mahkam ushla, nazaringdan qochirmagin. O‘shanda ular joningga hayot baxsh etadi, bo‘yningga bezakday bo‘ladi. Yo‘lingda eson-omon yurasan, oyog‘ing esa qoqilmaydi (Hik.3:21-23).
• Xudoning bizning hayotimizdagi uchinchi maqsadi Uning irodasini bajarishimizdir. Odamlar sizga qanday muomala qilishlarini istasangiz, siz ham ularga shunday muomalada bo‘ling. Tavrot va payg‘ambarlar ta’limotining mag‘zi shundadir” (Mt.7:21). Iso Masihni og‘izda Rabbiy deb tan olish bilan, amalda tan olish farq qiladi. Biz og‘izda tan oluvchilarmizmi, amalda tan oluvchilarmi, hosilimiz ko‘rsatadi. Agar Xudoning irodasini izlasak va bajarsak, Uni yurakdan, amalda Rabbiy deb tan olgan bo‘lamiz. Hamma bolalar ota onamni yaxshi ko‘raman deb aytishadi. Lekin bu sevgi jon koyitmaydigan, namoyishsiz sevgi. Ba’zi bolalar esa shunchaki ota onalarining ko‘nglini ranjitishni istamaydilarki, atyganlarini tezda qilishadi, ko‘ngillarini olishga harakat qilishadi. Kim bunday farzandlarga ega bo‘lishni istamaydi? Bunday farzandlar boshqa qaysar, xudbin bolalarga doimo o‘rnak.
Biz ham o‘zimizni Xudoga qaysar, o‘zbilarmon farzandlar emas, balki Uning irodasini izlab, bajaruvchi itoatkor farzandlar sifatida taqdim etishimiz lozim. Sening yoshligingni hech kim mensimay qo‘ymasin, lekin imonlilar uchun so‘zda, yurish-turishda, sevgida, ruhda, imonda, poklikda namuna bo‘lgin. Men kelgunimcha, So‘zni o‘qish, nasihat qilish va ta’lim berish bilan mashg‘ul bo‘lgin (1Tim.4:12,13).
11.Maqsaddan ortga chekinmaydigan odam
Xudoning So‘zi aytadi. Ko‘zlaring to‘g‘riga qarasin, nigohlaring oldingga qaratilgan bo‘lsin. So‘qmoqlaringni to‘g‘rilagin, barcha yo‘llaring mustahkam bo‘lsin. O‘ngga ham, chapga ham og‘ma, yovuzlikdan uzoqlash (Hik.4:25-27).
Qani edi shu oyatlarning mag‘zini chaqib ularga amal qiladiganlar ko‘proq bo‘lsa edi. Naqadar ko‘p bahodirlar Xudoning Shohligi sahnasiga ko‘tarilgan bo‘lar edi. Har qanday sohada harakat qilganimizda o‘zining qiyinchiliklari bor. Har qanday sohada oxirigacha borgan yengadi. Ko‘p ishlarni qilishimizga kuchimiz yoki layoqatimiz yetmaydi. Agar Xudoning ortidan berilgan xizmatga jiddiy qarab ergashsak, u bizning xulq atvorimizni toblaydi, O‘z kuchini beradi va bizlarni ko‘tarilishimiz kerak bo‘lgan cho‘qqilarimizga olib chiqadi. Xudo mening belimni kuch bilan bog‘laydi va menga mukammal yo‘l hozirlaydi; mening oyoqlarimni kiyiknikidek qiladi, va meni tepaliklarimga qo‘yadi;…(San.17:33,34).
Faqat u bizlarning chekinmas bo‘lishimizni istaydi, shuning uchun bizning hayotimiz va xizmatimizda bizlarda chekinmasligimizni sinovdan o‘tkazadigan, shu bilan birga shakllantiradigan vaziyatlar kelishiga yo‘l qo‘yadi. Iso Masih chekinmaslik haqida misol aytib o‘z shogirdlariga chekinmas bo‘lishni buyurgan. So‘ngra Iso so‘zini davom ettirdi: “Faraz qilaylik, orangizda bir kishining do‘sti bo‘lib, yarim kechada uning oldiga kelib, unga deydi: Do‘stim menga uchta non qarz bergin; mening bir do‘stim yo‘l-yo‘lakay menikiga kiribdi va uning oldiga qo‘yadigan hech narsam yo‘q. U esa ichkaridan javob berib dedi: Meni ovora qilma. Eshik quluflab ko‘yilgan, bolalarim men bilan birga to‘shakda. Shuning uchun o‘rnimdan turib senga berolmayman. Sizlarga aytamanki: agar o‘z do‘sti bo‘lgani uchun ham turib unga bermasa, unda u uning chekinmasligi tufayli turib, unga qancha so‘rasa, shuncha beradi. Yana sizlarga aytamanki: so‘ranglar va sizlarga beriladi. Izlanglar va topasizlar. Taqillatinglar va sizlarga ochiladi. Chunki har bir so‘rayotgan oladi, izlayotgan topadi, taqillatayotganga ochiladi(Lk.11:5-10).
Shu bilan birga U O‘z so‘zida: “So‘ranglar olasizlar, izlanglar topasizlar va taqillatinglar ochiladi”,-deydi. Bu esa jarayonni bildiradi. So‘rab turing, sizga beriladi. Izlab turing, topasizlar. Taqillatib turing, sizga ochiladi. Chunki har bir so‘ragan olar, izlagan topar, taqillatganga eshik ochilar (Mt.7:7,8).
12. Xudo uchun yashashga qaror qilgan odam
Kimdir o‘zi uchun yashaydi, kimdir bola chaqasi uchun va hok. Ammo har bir odam o‘tkinchi ekan, o‘tkinchi narsa uchun yashash insonning mangulik miqyosida qaraganda umrini behuda sarflash hisoblanadi.
Dunyoda shunday Shaxs borki bizlar uchun va bizlar bilan yashashni istadi va U bizlarni O‘zi uchun yashashga da’vat qilyapti.
Xudo uchun yashash degani Uning irodasini izlab, Uning irodasini bajarib Uning ko‘nglini olishga harakat qilib yashash degani. Harbiy xizmatdagi hech qanday askar o‘z qo‘mondonini mamnun qilish uchun o‘zini tirikchilik ishlari bilan bog‘lamaydi (2Tim.2:4). Agar sizga har bir vazifangizni bajaruvchi kishi kerak bo‘lsa, siz o‘zingizga ishchi yollaysiz. Chunki qo‘shningiz yoki do‘stingiz bir ikki bor qarashishadi, keyin esa o‘z hayotlari uchun yashay boshlaydilar. Xudoimiz dunyo deb atalgan ulkan boqqa ega va bu bog‘ning yumushlari ko‘p. Unga faqat U uchun yashaydigan, sodiq xizmatchilar kerak. Shundaylarni topganida U ularni ishga yollaydi va ulardan to‘liq Uning xizmatida bo‘lishni talab qiladi, ularning hayot ehtiyojlarini qondirishni esa O‘z zimmasiga oladi. Siz avvalo Xudoning Shohligi va Uning irodasi payidan bo‘linglar, shunda bularning hammasi sizga qo‘shimcha qilib beriladi (Mt.6:33).
Ba’zan odamlar faqat ko‘zga ko‘rinarli, buyuk xizmatlarni kutadilar. Xudo esa odamlarni oldin kichik xizmatlarda sinaydi. Xo‘jayin unga: “Ma’qul, sen yaxshi qul ekansan. kichik ishda sodiq bo‘lganing uchun o‘nta shahar ustidan hokim bo‘lgin,” – dedi (Lk.19:17).
Ba’zan esa Xudo uchun nima qilishlarini bilmaydilar. Agar siz Xudo uchun nimadir qilishga tayyor bo‘lsangiz, Xudo sizni qaerda bo‘lishingizdan qat’i nazar ishlatadi. Siz to‘g‘ridan to‘g‘ri Unga ibodatda murojaat qilishingiz mumkin. “Xudo, men Sen uchun yashashni istayman. Nima yumushing bor? Och menga, men Sen nima istasang, shuni qilishni istayman.” Shunda yashirin narsalarni ko‘rib turuvchi Otangiz sizga so‘raganingizni oshkora beradi.
Ba’zan odamlarning xulq atvorlari yoki boshqa jihatlar, masalan yashirin gunoh ularni Xudo ishlata olishidan to‘sib turadi. Albatta, sizda odamlar haqida g‘amxo‘rlik qilish hissi bo‘lmasa Xudo sizga cho‘ponlikni topshira olmaydi, yoki muomalangiz bo‘lmasa ustozlik qila olmaysiz. Shuning uchun Muqaddas Ruhning ovoziga sezgir bo‘lish lozim. Agar Muqaddas Ruh biror narsani ko‘rsatsa, Unga shu sohada yuragimiz ustidan ishlashiga, bizlarni Xudoning xizmatiga tayyorlashiga yo‘l qo‘yishimiz kerak. Muqaddas Ruh bizlarning yuraklarimizni Xudoning So‘ziga yaqinlashtiradi va bizlarni Xudoning So‘zi orqali o‘zgartirib, xizmatga tayyorlaydi. Butun Yozuv Xudodan ilhomlangan bo‘lib, ta’lim olishga, fosh qilishga, to‘g‘irlashga va haqlikda tarbiyalashga foydalidir. Shu tarzda Xudoning odami barkamol bo‘lib, har qanday yaxshi ish uchun ta’minlangan bo‘lsin (2Tim.3:16,17).
13. Xudo uchun hamma narsaga tayyor odam
1Yuh.4:17da: “Sevgi shu darajaga yetadiki,…biz Undek harakat qila boshlaymiz,”-deyilgan. Sevgi bizda shunday kamolotga erishadiki, hukm kunida dadil bo‘lamiz, chunki biz bu dunyoda Masih kabimiz. Xudoimizning bir Shaxsi Iso Masih, odamlarni shu qadar sevdiki, U uchun hatto jonini berishga tayyor bo‘ldi va buni amalda ko‘rsatdi. Masih biz uchun O‘z jonini fido qildi, biz sevgini ana shundan bildik. Shuning uchun biz ham birodarlarimiz uchun jonimizni fido qilishimiz kerak (1Yuh.3:16). Ota Xudo ham odamlarni shu qadar sevdiki, O‘zining yagona sevimli O‘g‘lini ular uchun qurbon qilishga tayyor bo‘ldi va buni amalda ko‘rsatdi. Xudoning bizga bo‘lgan sevgisi shu orqali ayon bo‘ldiki: U yagona O‘g‘lini dunyoga yubordi, toki U tufayli biz hayotga ega bo‘laylik.(1Yuh.4:9).
Bizlar Xudoning So‘zini o‘qib Xudoning xizmatchilari Xudo uchun U talab qilgan har qanday qurbonliklarga borganlarini ko‘ramiz.
Masalan: Ayub bir kunda bor budidan ayrilgan(Ayub2bob).
Ishayyo 3 yil yalang‘och yurgan. O‘sha vaqtda Rabbiy Amos o‘g‘li Ishayyoga shunday dedi: borgin va belingdan kiyimingni yechgin va oyolaringdan poyafzalingni yechib tashla. U shunday qildi:oyoqyalang va yalang‘och yurdi (Ish.20:2).
Yeremiah uylanmagan. Menga Rabbiydan so‘z keldi: Uylanmagin, bu joyda o‘g‘illaring ham, qizlaring ham bo‘lmasin (Ier.16:1).
Iezekil’ sevimli xotinidan judo bo‘lgan. Shundan so‘ng, men ertalab xalqqa so‘z aytayotganimda, oqshom xotinim olamdan o‘tdi va ertasi kuni menga aytilganidek qildim (Iez.24:18). Va hok.
Lekin ularning bu qurbonliklari ma’nosiz bo‘lmagan. Xudo Ishayo orqali xalqqa Misrga umid bog‘lash kerak emasligi, Misrning o‘zi shunday nochor ahvolda bo‘lishini ko‘rgazmali ravishda namoyon qilgan. Yeremiahni Xudo bo‘lg‘usi azoblardan qutqargan, chunki Isroil xalqi erkagu ayol gunohlari uchun asirlik va o‘limga mahkum bo‘lib, agar Yeremiah uylanganida xotini va farzandlarining dog‘ini ko‘rishga majbur bo‘lar edi. Iezekiil ham o‘z qismati misolida xalqqa gunohkorona hayot tarzlari tufayli asir olinishlari ko‘z qorachiqlari halok bo‘lishi ular hatto motam qila olmasliklarini bashorat qilgan.
Har daf’a Xudo bir- ikkita Unga sodiq odamlar vositasida, kerak bo‘lganda hatto ularning qurbonliklariga tayanib, ko‘plab xalqlarga haqiqatni anglatish va ularni qutqarishga harakat qilgan.
Biz ham Xudo uchun U talab qilgan ishni qilishga tayyormizmi? XUdo uchun hamma narsaga tayyormizmi? Moylanish, da’vat uchun haq to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Hammasi biz kimni ko‘proq sevishimizga bog‘liq: O‘zimiznimi yoki Xudonimi? Agar o‘zimizni ko‘roq sevsak, xudbinligimiz o‘zimizni Xudoga to‘liq qurbon qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘pincha esa masalaning yechimi aynan o‘sha ko‘pchilik bajarishga tayyor bo‘lmagan narsalarda. Agar Xudoni ko‘proq sevsak, U uchun hamma narsaga tayyor bo‘lamiz va U Iso Masihni naqadar buyuk xizmatda ishlata olgan bo‘lsa, bizni ham shunday ishlata oladi va bizlarni yuksaltiradi. Ammo Rabbiyga Uni shikastlash ma’qul bo‘ldi va Uni azobga topshirdi. Uning joni shafqat keltiruvchi qurbonlikni keltirganida U umrboqiy avlodni ko‘radi va Rabbiyning irodasi Uning qo‘li bilan sodir bo‘la boshlaydi. O‘z jonining jasoratiga mamnuniyat bilan qaraydi; Uni tanib bilish orqali U Haq Inson, Mening Qulim ko‘plarni oqlaydi va ularning gunohlarini O‘zi bilan olib ketadi. Ko‘plarning gunohini O‘zida olib ketib va jinoyatchilar uchun shafoatchi bo‘lgan bir vaqtda, yovuzlar qatorida qo‘yilganligi va O‘z jonini o‘limga topshirgani uchun, Men Unga buyuklar orasida ulush beraman va kuchlilar bilan o‘lja bo‘lishadi(Ish.53:10).
14. Pragmatik odam
Pragmatizm, degani biror ishni qilayotganda yuz foizlik natijani ko‘zlab qilish tushuniladi. Bizlar shunchaki xizmat qilish uchun xizmat qilmaymiz. Bizlar qilayotgan har qanday ish biror bir natija, biror bir hosilni ko‘zlab qilinishi lozim. Bizlar faqat jarayon bilan qiziqishimiz kerak emas, balki natijaga ham e’tibor berishimiz kerak. Jarayon muvaffaqiyatli bo‘ldimi yoki yo‘qmi natija ko‘rsatadi. Masalan, odamlarning tavba qilishlari natija bo‘lib, xushxabarchilik jarayoni muvaffaqiyatli kechganini ko‘rsatadi. Odamlarning Iso Masih suratiga tobora o‘zgarayotganlari shogirdchilik jarayoni muvaffaqiyatli bo‘lganini ko‘rsatadi. Shogirdlarning yetakchilikka intilishlari, odamlar uchun javobgarlikni bo‘yin olishlari va ortlaridan yetaklay boshlashlari yetakchilik jarayoni muvaffaqiyatli kechganini ko‘rsatadi. Sizlar ko‘p hosil bersangiz, Otam ulug‘lanadi, sizlar esa Mening shogirdlarim bo‘lasizlar
Sizlar Meni emas, Men sizlarni tanladim. Borib hosil beringlar va hosilingiz boqiy bo‘lsin, deb sizlarni tanladim. Shunday qilib, Mening nomimdan Otadan nimaiki so‘rasangiz, U sizlarga beradi (Yuh.15:8,16).
15.O‘z xulq atvori ustidan ishlaydigan odam
Bizlar o‘z xulq atvorimizni ko‘pincha sevamiz, shuning uchun uni o‘zgartirishni istamaymiz. Kimdir aytadi: “Men orqadan gap qilib yurmayman, shart shart yuziga aytaman qo‘yaman.” Betgachoparlik xuddi g‘iybat qilishdek gunoh, chunki xuddi shunday odamning ko‘nglini og‘ritadi. Boz ustiga, bizlar haq sudya emasmiz, odamlar haqidagi fikrimiz va so‘zlarimiz shunchaki sube’ktiv bo‘lishi mumkin. Xudo bizlarga boshqalarni hukm qilish huquqini bergan emas. Shunday qilib, ey hukm qilayotgan har qanday odam, senga uzr yo‘q. Zero birovga qarshi qilayotgan hukm bilan o‘zingni hukm qilmoqdasan; chunki sen hukm qila turib, o‘zing ham shu ishlarni qilayapsan (Rim.2:1).
Boshqa birov esa: “Men betgachoparlik qila olmayman, shunchaki ichimga solaman”, deydiyu g‘iybat bilan shug‘ullanadi. Bu ham Xudoga ma’qul emas.
Ba’zan esa xulq atvorimizdagi qaysidir xususiyatlar bizlarga yoqmaydi, ammo ularni o‘zgartirishga o‘zimizda kuch topa olmaymiz. Zero men xohlagan yaxshilikni qilmayapman, xohlamagan yomonlikni esa qilayapman (Rim.7:19).
Xudoning so‘zi bizlarga komil inson qanday bo‘lishi lozimligini ochadi va bizlar o‘z xulq atvorimizni u bilan solishtirib, bizning xulq atvorimizga gunohkor tabiatimiz ta’sir o‘tkazganini hisobga olgan holda Xudoga noma’qul xususiyatlardan voz kechishimiz kerak. O‘z-o‘zingizni aldap, So‘zning faqat tinglovchilarigina emas, balki bajaruchilari bo‘linglar. Chunki kim So‘zni tinglab, uni bajarmasa, u o‘zining asl yuzini ko‘zguda ko‘rayotgan odamga o‘xshaydi. U o‘ziga bir qarab, ketdi va darxol o‘zining kanday ekanligini unutdi. Lekin kim erkinlikning mukammal Qonuniga sinchiklab qarab, unda turadigan bo‘lsa,u kishi unutuvchan tinglovchi emas, balki So‘zni bajaruvchisi bo‘lib, o‘z xarakatlarida baxtli bo‘ladi (Yoqub 1:22 25). Chunki bizning ba’zi xususiyatlarimiz gunoh bo‘lib, bizlarni Xudodan yiroqda tutadi, boshqa birlari esa yetishmovchilik bo‘lib, hayotimizda Xudoning irodasini bajarishimizga, Unga xizmat qilishimizga va odamlar bilan munosabatimizga to‘sqinlik qiladi. Bular haqida Galatliklarga kitobida batafsil bayon etilgan. Tana izmi bo‘yicha qilinayotgan ishlar ma’lum – bular: zino, fohishabozlik, nopoklik, axloqsizlik,butparastlik, sehrgarlik, dushmanlik, janjal, nafrat, g‘azab, nizo, ixtilofchilik, bid’at, hasad, qotillik, ichkilibozlik, aysh-ishrat va shularga o‘xshagan ishlardir. Sizlarni oldin ogohlantirganimdek, yana ogohlantiryapman: bunday ishlarni qiluvchilar Xudoning Shohligiga merosxo‘r bo‘lmaydilar (Gal.5:19-21).
Ruhan yetikroq bo‘lishni kutmang, shu bugundan boshlab tana izmi ishlaridan qutulib, ruh hosillariga ega bo‘lish uchun ibodat qila boshlang. Ruhning hosili esa: sevgi, quvonch, tinchlik, sabr-toqat, ezgulik, mehribonlik, imon, muloyimlik va o‘zini tiyishdir. Bundaylarga qarshi Qonun yo‘qdir (Gal.5:22,23). Xudo sizda uzoq barboshlilik, bo‘ysunuvchanlik, imon va boshqa hosillarni yetishtirish uchun hayotingizga turli vaziyatlar kelishiga yo‘l qo‘yishi mumkin. Qo‘rqmang, Xudo ko‘tara olishingizdan ortiq vasvasa qilinishingizga yo‘l qo‘ymaydi. Boshingizga oddiy insoniy vasvasadan boshqa vasvasa kelmagan. Xudo esa sodiqdir, U kuchingiz yetmagan vasvasaga tushishga yo‘l qo‘ymadi, lekin vasvasa paytida bardosh berishingiz uchun xalos yo‘lini ham beradi (1Kor.10:13). Aksincha, shu ozroq vaqtli qiyinchilk jarayonida sizning xulq atvoringizda qimmatli fazilatlarni shakllantiradi. Bizlarni Iso Masihdagi O‘zining abadiy shuhratiga da’vat etgan Xudo barcha inoyatning Xudosidir. Uning O‘zi qisqa bir muddat azob chekkaningizdan keyin sizlarni kamolotga yetkazadi, mustaxkamlaydi. Quvvatlab tebranmas qiladi (1Pet.5:10). Yuragingizni o‘zgarishga tayyorlang. O‘z yuragini, o‘zini xizmatga tayyorlamagan va kundan kunga o‘zgarishga intilmagan odam, xizmatda ko‘tarila olmaydi. Bizning xizmatda yuksalishimiz, bizlarning o‘zgarishimiz bilan to‘g‘ri proporsionaldir. Shunchaki o‘zgarishni seving. Xudoning so‘zi orqali Unga noma’qul xususiyatlaringizni bilib oling, so‘ngra Xudoning qarshisida shu xususiyatlardan voz keching va Xudodan shu sohada o‘zgarish uchun Muqaddas Ruhning kuchini berishini so‘rang. Muqaddas Ruh quyiladi va siz o‘zgarasiz. Ipak qurtidan kapalakka aylanib uchish imtiyozi bo‘lganida nima kerak qurt bo‘lib zimiston pilla ichida yumalab yotish?
16.Qaltis vaziyatlardan o‘tishga ahd qilgan kishi
Qaltis vaziyatlar insonning koma holatidagidek vaziyatlari. Koma holatida odam hayot va o‘lim holatida bo‘ladi. Organizm bu holatda kurashishga qobil bo‘lsa va kurashsa bu holatdan chiqadi va yashashni davom ettiradi, aks holda u o‘ladi. Bizning odamlar bilan munosabatlarimizda ham, Xudoga xizmatimizda ham qaltis vaziyatlar yuzaga keladi. Bu vaziyatlar bizlarni odamlar bilan munosabatni buzishga, yoki xizmatni tark etishga undaydi. Shu vaqtda shoshilib qabul qilingan qaror odamni xizmatdan, hayotidagi Xudoning da’vatidan va barakalaridan, shuningdek, odamlardan mahrum qilishi mumkin. Agar odam, nima bo‘lishidan qat’i nazar men oxirigacha boraman deb qaror qilsa inson har qanday vaziyatlarda da’vatiga sodiq qoladi va g‘olib keladi.
Shuning uchun qaltis vaziyatlar bo‘lishini hisobga olgan holda bu vaziyatlarda nima qilishni oldindan o‘ylab, Xudoning so‘ziga binoan qaror qilish kerak.
Shaxsan mening xizmatimda jamoatdan ketish, xizmatdan ketishga majbur qiluvchi vaziyatlar bo‘lgan. Men esa bu sohalarda oldindan qaror qilganim uchun, bu vaziyatlar kelganida, naqadar hissiy zarbni his qilmayin qilgan qarorimga ko‘ra harakat qilganman. Avvalo, Xudoning so‘zi: “Birlikda bo‘linglar,” deydi, shuning uchun jamoatdan ketishga majbur qiladigan qaltis vaziyat vujudga kelganida, men shu oyatga binoan harakat qilib, vasvasani rad etganman. Hammalari bir bo‘lishsin. Ey Ota, Sen Menda va Men Senda hozir bo‘lganimizga o‘xshab, ular ham Bizda hozir bo‘lib, bir bo‘lishsin. Shu tariqa dunyo Meni Sen yuborganingga inonsin. Menga ato qilgan ulug‘vorligingni ularga berdim, toki biz bir bo‘lganimizdek, ular ham bir bo‘lishsin. Sen Menda, Men esa ularda hozir bo‘lib, mukammal birlikka erishsinlar. Natijada, dunyo Meni Sen yuborganingni tan olsin, meni qanday sevsang, Menikilarni ham shunday sevganingni dunyo bilsin (Yuh.17:21-23).
Xizmatdan ketish borasida qaltis vaziyat yuzaga kelganida esa, xizmatda hammasi yaxshi bo‘lgan vaqtdagi qarorim: “Rabbiy, hayotimda nima bo‘lishidan qat’i nazar men Sendan voz kechmayman va xizmatdan voz kechmayman,” degan qarorim meni o‘z xizmat o‘rnimda tutib qolgan. G‘ayratda susaymanglar, ruhingiz bilan alangalaninglar, Rabbiyga xizmat qilinglar (Rim.12:11).
17. Muqaddaslikni ardoqlaydigan kishi
Ba’zi Masihiylar zamonani juda yaxshi ko‘rishadi. Ular xameleonga o‘xshab dunyoga qarab undan rang oladilar va ko‘ngillarida hamma shunday kiyinadi, hamma shunday harakat qiladi, hozirgi zamon uchun bu normal deb o‘zlarini yupatishadi.
Biz doim yodda tutishimiz kerak. Xudo dunyodan ham, zamona tarzidan ham ustun turadi. Zamon zayli o‘tib ketadi, lekin Xudo o‘sha o‘sha turaveradi. Chunki dunyoda bor bo‘lgan hamma narsa – tananing ehtirosi, ko‘zning ehtirosi va turmush tarzidan mag‘rurlanish Otadan emas, balki shu dunyodandir (1Yuh.2:16).
Shuning uchun O‘z qullarini ham Uningdek zamonadan ustun bo‘lishlarini istaydi. Chunki faqat shunday odamlargina o‘zlarini dunyo hirslaridan asrab abadiy hayotga erisha oladilar. Dunyo ham, uning ehtiroslari ham o‘tib ketadi, lekin Xudoning irodasini bajaradigan kishi abadiy yashaydi (1Yuh.2:17).
Bizlar muqaddasliksiz Xudoning yuzini ko‘rmasligimizni yodda saqlashimiz lozim. Hamma bilan tinchlik va muqaddaslik payida bo‘linglar, zero muqaddasliksiz hech kim Rabbiyni ko‘rmaydi (Ibr.12:14). Xudosiz esa Xudoga xizmat qilishdan hech qanday foyda yo‘q. Bizlardan birortamiz nafaqat sevganimiz bilan uchrashuvga, balki kundalik hayotimizda ham iflos kiyimda yurmaymiz. Xudoning qarshisida ham bizlar haqligimizning oq libosiga dog‘ tushirmay yurishimizni ta’minlaydigan narsa- muqaddas hayot tarzimizdir.
18. Shayton bilan kurashishga qaror qilgan odam
Xudoning so‘zi, shayton o‘kirayotgan sherdek atrofimizda aylanib yurgani haqida ogohlantiradi. Hushyor va bedor bo‘linglar, chunki dushmaningiz iblis bo‘kirayotgan sherday kimnidir yutib yuborish uchun izlab yuribdi(1Pet.5:8). Uning maqsadi bizlarni yutib yuborish, ya’ni o‘ldirish. U bizlarni gunoh qilishimiz uchun vasvasa qilishi yoki bizlarni ruhimiz, jonimiz, tanamizni biror hujum ostiga olishi mumkin. Lekin bizlarga Xudo tomonidan unga qarshi ajoyib himoya aslahasi va hujum quroli berilgan. Buning ustiga imon qalqonini olinglar, u bilan yovuzning hamma qizdirilgan o‘qlarini o‘chira olasizlar. Shuningdek najot dubulg‘asini va Xudoning so‘zi bo‘lgan Ruhning qilichini olinglar (Ef.6:16,17). Bizlar Iso Masihni Rabbiy va Najotkorimiz deb qabul qilib Xudoning so‘zini o‘qiy boshlashimizdan oldin Xudo, ruhiy olam, farishtalar va shayton haqida haqiqatni bilmas edik. Shuning uchun shaytondan qo‘rqar edik. Xudoning so‘zi esa bizlarga uning yiqilgan farishta va qarshilik qiluvchi ekanini ochib undan qo‘rqmaslikka, aksincha unga qarshi kurashishga da’vat qiladi.
Lekin ba’zi imonlilarda bu qo‘rquv shu qadar o‘rnashib olganki, ular shaytondan Xudodan ko‘ra ko‘proq qo‘rqadilar va unga qarshi kurashmasdan Xudoga itoatsizlik qiladilar. Ular shayton bilan “sen menga tegma, men senga tegmayman,” qabilida munosabatda bo‘lishga harakat qiladilar. Yodda tuting, shayton o‘g‘ri va talonchi. Siz unga naqadar beozor bo‘lishga harakat qilmang u baribir o‘z kasbini qiladi. Sizning hamma narsangizgi, joningizni ham o‘g‘irlashga, o‘ldirishga va halok qilishga harakat qiladi. O‘g‘ri faqat o‘g‘irlash, o‘ldirish va halok qilish uchun keladi(Yuh.10:10). Uni to‘xtatishning yagona yo‘li unga qarshi imon bilan kurashish va uning ishlarini barbod qilish. Shuning uchun Xudoga bo‘ysuninglar, iblisga qarshi turinglar va u sizlardan qochib ketadi.(Yoqub4:7).
Bizning Xudoga xizmatimiz yo‘lida, shayton bizlarga har qanday yo‘llar bilan qarshilik qilishga harakat qiladi. Agar zaif xarakterga ega bo‘lsak: “Bu xizmat men uchun emas, yoki hali vaqti kelmagan”,-deymiz. Chekinib, boshqa osonroq ish bilan shug‘ullana boshlaysiz. Lekin siz chekinmas bo‘lsangiz oxirigacha kurashasiz va maqsadga erishasiz.
Agar bizning xizmatimizda qarshilik bo‘lsa, kim bizga qarshi chiqayotganini aniqlash uchun Muqaddas Ruhga sezgir va haqiqatni bilish uchun ochiq bo‘lishimiz lozim. Chunki ba’zan shayton emas, Xudoning O‘zi qarshi chiqqan bo‘lishi mumkin. Bizlar Xudoning so‘zi orqali Balaamga, Shoulga Xudoning O‘zi qarshi chiqqanini ko‘rishimiz mumkin. Rabbiy Balaamning ko‘zlarini ochdi va u yo‘lda qo‘llarida yalang‘ochlangan qilichni tutib turgan Rabbiyning farishtasini ko‘rdi. U yuztuban tushib, tiz cho‘kdi. Unga Rabbiyning farishtasi dedi: Nima uchun eshagingni uch marta urding? Men senga qarshilik qilish uchun chiqdim, chunki sening yo‘ling mening qarshimda noto‘g‘ri. Eshak, meni ko‘rib, mana uch marta Menga chap berdi; Agar u Menga chap bermaganida Men seni o‘ldirgan bo‘lar edim, uni esa tirik qoldirar edim. Shunda Balaam Rabbiyning farishtasiga dedi: Men gunoh qildim, chunki Sening yo‘lda menga qarshi turganingni bilmas edim; Shunday qilib, agar bu ish Sening nigohlaringga noma’qul bo‘lsa, men ortga qaytaman(Sonlar 22:31-34). Yo‘li Damashqqa yaqinlashganida, to‘satdan osmondan tushgan nur uning atrofini yarqiratib yubordi. U yerga yiqilgan zahoti: “Shoul, Shoul! Nega Meni quvg‘in qilyapsan?” – degan ovozini eshitdi. Shoul: “Yo Rabbiy, Sen kimsan?” –dedi. “Men sen quvg‘in qilayotgan Isoman. Nishga qarshi tepishing qiyin”, -dedi U(Hav.9:3-5).
19.O‘z o‘zini ruhlantira oladigan odam
Odamning ko‘nglida qilayotgan ishiga ishonch va muvaffaqit qozonishiga umid bo‘lmasa, uning qo‘li ishga bormaydi. Shuning uchun kimdir bizni qo‘llab quvvatlab tursa bizlar ko‘tarinki ruh bilan ko‘p ishlarni qilishga qodir bo‘lamiz. Xudoga xizmat qilishimiz yo‘lida esa bizlar turli vaziyatlarga duch kelamiz. Ko‘pincha shayton, vaziyatlar va XUdodan vaxiy olmagan odamlar o‘z so‘zlari va ishlari bilan bizlarni tushkunlikka solib, qo‘llarimizni bog‘lashga harakat qiladilar, toki bizlar Xudoga xizmatimizda muvaffaqiyatli bo‘lmaylik. Ba’zan hatto suyangan kishilarimiz ham bizlarga pand berishadi.
Shuning uchun yetakchi Xudoning so‘ziga binoan o‘z o‘zini ruhlantira oladigan odam bo‘lishi lozim. Biz qancha ko‘p dunyoga qarasak va dunyoga quloq solsak, shuncha ko‘p o‘zimizni zaif va bechora his qilamiz. Chunki bu dunyoning podshohi yolg‘onchi, u bizlarni aldab kelajak muvaffaqiyatlarimizni va cho‘qqilarimizni tortib olmoqchi. Sizlarning otangiz – iblisdir. Sizlar o‘z otangizning nafsu ehtiroslarini bajo keltirmoqchisizlar. Azaldanoq iblis qotil edi. U haqiqat tomonida turmagan, chunki unda haqiqat yo‘q. U yolg‘on so‘zlaganda, o‘ziga yarasha so‘zlaydi. Chunki u yolg‘onchi, yolg‘onning otasidir (Yuh.8:44). Bizlar qancha ko‘p Xudoning so‘ziga qarasak, shu qadar ko‘p o‘zimizni buyuk inson deb his qilamiz. Chunki Xudoning So‘zi bizlarni: Xudoning farzandlari, Masihning vorisdoshlari, Shohona Ruhoniylar, Muqaddas Ruhning ma’badi va hok. deb ataydi. Bular shunchaki nomlar emas, ularning har biri bizlarga ruhiy dunyoda o‘z nomiga binoan hokimiyat beradi. Uni qabul qilganlarga esa, barcha Uning nomiga imon keltirganlarga U Xudoning farzandi bo‘lish iqtidorini berdi (Yuh.1:12). Xudoning so‘ziga binoan o‘z o‘zini ruhlantira oladigan odam yuragini keraksiz tushkunlik zarbalaridan asray oladi, Muqaddas Ruh olovida xizmat qiladi va muvaffaqiyatlar qozonadi. Chunki Xudo agar Uning so‘zi bilan yashasak, har ishimizni duo qilishni va’da bergan. Shunday ekan, vaziyatlar qarshi turganida ham imon bilan harakat qilib, g‘olib kelish uchun Xudoning so‘ziga asoslangan ichki kuchli ustunga ega bo‘lishimiz kerak.
O‘z o‘zini ruhlantira oladigan odamni motorli mashinaga qiyoslasa bo‘ladi. Yoqilg‘i qo‘yilsa bas, qaerga boshqarsang ketaveradi. O‘z o‘zini ruhlantira olmaydigan odam esa motorsiz mashinadek. Uni qancha itarmang, itargan masofangizgacha yuradi, keyin esa yana to‘xtaydi. Unda na mustaqil harakat bor, na tezlik bor. Siz kuch sarflaysiz u esa ishonchingizni oqlay olmaydi. Mustaqil harakatsiz esa mashina uzoq masofaga yura olmaydi, shunchaki qisqa masofada itarishimiz darajasida aylanib yuradi.
20.O‘z o‘zini tartib intizomga oluvchi odam
Bizning tanamizga va jonimizga tartib intizom yoqmaydi. Ular o‘z istagini bajarishni istashadi. Lekin ular o‘z o‘zicha xudbin bo‘lganligi uchun, hech qachon Xudoga beg‘araz xizmat qilish fikri kelmaydi. Tartib intizomsiz odam esa hech qachon hech narsaga erisha olmaydi. Ba’zi yetakchilar o‘z o‘zlarini majbur qila olmaganlari tufayli, cho‘ponlari ularni nazorat qilishlarini istashadi. Lekin, agar odam o‘z zaifligi bilan o‘zi kurashishni istamasa hech kim unga yordam bera olmaydi.
Tabiiy holatda xudbinligi tufayli bizning tanamiz va jonimiz ko‘proq keraksiz ishni qilib, kerakli ishni qilgisi kelmaydi. Masalan, o‘zini ko‘p siylaydi, soatlab televizor ko‘rib o‘tirish, ko‘p uxlash, ko‘p dam olish va hok. Ruhiy mashg‘ulotlar, ish va xizmatga kamroq kuch va vaqt sarflagisi keladi. Ruhiy qonun bo‘yicha esa tanaga ekish, ya’ni tana istagini bajarib yashash avvalo bizlarga o‘zimiz orzu qilgan barakani bermaydi, keyin esa yana o‘limga mahkum qiladi. O‘zining tanasiga ekuvchi tanasidan chirishni o‘rib oladi; Ruhga ekuvchi esa Ruhdan mangu hayotni o‘rib oladi (Gal.6:8).
Agar hatti harakatlar tartibga olinsa va bor kuch kerakli yo‘nalishga yo‘naltirilsa, xizmat serunum bo‘ladi. Masalan, uzum toki keng shox yoyib o‘sishga moslashgan. Lekin bu shoxlar ortiqcha shirani o‘g‘irlab hosil tugilishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun faqat hosilli novdalar qoldirilib, qolganlari kesib tashlanadi va ko‘p hosil terib olinadi. Biz ham ko‘p hosil keltirishimiz uchun, Xudo hayotimizdan keraksiz narsalarni kesib tashlaydi va kerakli narsalarga yo‘naltiradi. Shunda bizlar o‘zga bizlarga darvaqtroq turishimiz, ko‘proq ishlashimiz, qurbonliliroq bo‘lishimiz, kechroq uxlashimizni aytib o‘tirmasidan o‘zimizni o‘zimiz tartibga olishimiz lozim. Normal odam uchun 6 -7 soat uyqu yetarli hisoblanadi. Undan ortiq uxlab vaqtingizni sarf qilmang. Biz ruh, jon, tanadan iborat bo‘lib, har sohada doimo o‘sishimiz lozim ekan, kuningizni ruhiy mashg‘ulotlar qilish bilan boshlashingizni o‘zingiz nazorat qiling. Xudoning So‘zini o‘qing, Uning ustida mulohaza qiling, ibodat qiling, hamdu sano kuylang va yuragingizni shu bugun Xudo uchun nimadir qilishga tayyorlang. So‘ngra aqlan rivojlanish uchun ham nimadir o‘qing yoki o‘qiganingizni hayotga tatbiq qiling. Agar ishlaydigan bo‘lsangiz kun davomida aqliy mehnat bilan shug‘ullanish uchun boshqa vaqt toping. Ozroq jismoniy tarbiya qilishni ham unutmang. Mutaxassislarning aytishlaricha ertalab 20daqiqa davomida yaxshi amalga oshirilgan jismoniy tarbiya kun davomida mushaklarning tetik harakat qilishini ta’minlar ekan. Ham ruhan, ham aqlan, ham jismonan bo‘shashgan sari bo‘shashib ketaveramiz, bo‘shashmaslik uchun esa doimo mashg‘ulot qilib turish kerak. Ey, tanbal, chumolilarga bir qara, ularning xatti-harakatlarini ko‘rib dono bo‘l. Ularning na rahbari, na nazoratchisi, na hukmdori bor. Lekin ular yozda oziq to‘playdi, o‘rim paytida esa don-dun yig‘ishadi. Sen-chi, tanbal, qachongacha uxlaysan? Qachon o‘rningdan turasan? “Biroz uxlay, bir mizg‘ib olay, yonboshlab birpas dam olay”, – deysan. Shuning uchun qashshoqlik yo‘lto‘sarday, muhtojlik esa qaroqchiday ustingga keladi (Hik.6:6-11). Bizning hayotimiz va xizmatimiz bog‘ u, bizlar bog‘bondek gap. Xudo bizlarga bu bog‘ni qanday gullab yashnatishni o‘rgatadi, bu uchun kerakli bo‘lgan hamma narsani beradi, u bizlardan biz qila olmaydigan ishni talab qilmaydi. Faqat bizlar ozroq jon kuydirib mehnat qilishimiz kerak bo‘ladi. Yahyo payg‘ambar maydonga kelgan kunlardan to hozirgacha Osmon Shohligiga tajovuz qilib kelmoqdalar; tajovuzkorlar dastasi uni bosib olishga zo‘r bermoqda (Mt.11:12). Shunda xayot va xizmat bog‘imiz havas qilgudek gullab yashnaydi. Qaysi sohada o‘zimizni tartibga olib mehnat qilmasak, o‘sha sohada hayotimiz va xizmatimiz sahrodek bo‘ladi. Shuning uchun ibodat qilishni boshlang: Xudojon, Iso Masih nomi bilan so‘rayman, duo qil meni. O‘z o‘zimni tartibga olishga va mustaqil ravishda o‘zimni boshqarib, hayotda va xizmatda mehnatkash va muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam ber. Omin. O‘zingiz uchun kun tartibi belgilang va shunga qarab harakat qila boshlang.
21. Jon jahd bilan xizmat qiladigan
Xudoga xizmatga munosabat o‘z mulkiga munosabatdek bo‘lishi kerak. “Men o‘zim uchun qilyapman, o‘z bog‘imda ko‘chat o‘tqizyapman, qancha ko‘p mehnat qilsam shuncha ko‘p hosil o‘rib olaman. Bundan ham Xudo ulug‘lanadi ham o‘zim manfaatdor bo‘laman.
Sizlar ko‘p hosil bersangiz, Otam ulug‘lanadi, sizlar esa Mening shogirdlarim bo‘lasizlar (Yuh.15:8).
Mehnat qilayotgan dehqon hosildan birinchi bo‘lib ulush olishi kerak (2Tim.2:6).
Xudoning Shohligining negizi jon jahd bilan xizmat qilishni talab qiladi.
Yahyo payg‘ambar maydonga kelgan kunlardan to hozirgacha Osmon Shohligiga tajovuz qilib kelmoqdalar; tajovuzkorlar dastasi uni bosib olishga zo‘r bermoqda (Mt.11:12).
Ba’zilar, “Shunchaki Xudoga ilojim boricha nimadir qilib yursam bas, bir kuni omad kulib boqib buyuk, dongdor xizmatchiga aylanman”, deb o‘ylashadi. Agar muvaffaqiyatli yetakchilar bo‘lishni istasak, bizlar bunday xomxayollardan voz kechishimiz kerak. Xudoga xizmat kutib yursang bir kuni tasodifan omad kulib boqib yutib chiqishing mumkin bo‘lgan lotereya o‘yini emas. Xudoga xizmatni ko‘proq bog‘bonlikka qiyoslasa bo‘ladi. Nima eksang shuni o‘rasan. Qancha ko‘p eksang, qancha ko‘p parvarishlasang shuncha ko‘p hosil o‘rib olasan. Ruhiy dunyoga qancha ko‘p xizmatimizni imon bilan eksak, shuncha ko‘p hosil olishga umid bor. Shuni aytib qo‘yay-ki, xasislik bilan ekadigan xasislik bilan o‘rib oladi: saxiylik bilan ekadigan esa saxiylik bilan o‘rib oladi (2Kor.9:6).
Boz ustiga jon jahd bilan xizmat qilish Xudoning talablaridan biridir(Rim.12:11).
22. Bilim izlashni sevadigan odam
Xudoning so‘zida: “Bilim kuchda,”-deyilgan Menda maslahat va haqiqat bor, Men – quvvat kuch ham Mendadir (Hik.8:14). Bizlar ruh, jon tanadan iborat ekanmiz, borlig‘imizning har bir qismi kuchli yoki zaif bo‘lishi mumkin. Agar ruhiy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib yursak, bizlar ruhan kuchli bo‘lamiz, agar doimo yangi bilim izlab aqlimizni peshlasak, aqlan kuchli bo‘lamiz, agar jismoniy mashqlar qilib yursak, jismoniy kuchli bo‘lamiz.
Har bir odam o‘zini qaysi sohada kuchli yoki zaif ekanini o‘z hayotini kuzatib bilib olishi mumkin. Odatda bizlar nimaga qiziqsak, nimani yoqtirsak o‘sha sohada izlanamiz. Xudoga qaysi sohada xizmat qiladigan bo‘lsak, o‘sha sohada bizlar doimo izlanuvchan bo‘lishni qaror qilishimiz kerak. Xudoning so‘zi bilimni boylikdan afzal deb aytadi. Kumush o‘rniga nasihatlarimni, oltin o‘rniga esa bilimni tanlang (Hik.8:10).
Aks holda bilimimiz yetishmasligi tufayli oson ishlarni qiyinlashtirishimiz, yoki ilojsiz qilib qo‘yishimiz mumkin. Agar bolta o‘tmaslashsa va uning kesuvchi qismi charxlanmasa, kuchni zo‘riqtirishga to‘g‘ri keladi; Donolik buni to‘g‘rilashni biladi(Voiz10:10).
Ko‘pincha odamlar cho‘ponlari ularga nimanidir o‘rgatishlarini kutadilar. Ba’zan haqiqatdan ham cho‘ponlar odamlarni bir pog‘onadan boshqa pog‘onaga ko‘taradigan ruhiy oziqlar bilan boqadilar. Agar sizning vaziyatingizda cho‘poningiz shunday odam bo‘lsa, Xudoga shukr qiling va bergan ruhiy ozig‘ini ochlik bilan qabul qilib tajribada qo‘llab mustahkamlang. Agar sizda ruhiy oziqqa ochlik bo‘lmasa, shunchaki Xudo sizga vahiylar bermaydi. Ruhan kambag‘al bo‘lganlar baxtlidir, chunki Osmon Shohligi ularnikidir (Mt.5:3).
Aksariyat hollarda odamning o‘zi ruhiy oziq izlashi, ruhan ko‘tarilishiga to‘g‘ri keladi. Xudoning so‘zi ham har bir odamni shaxsan izlanishga da’vat qiladi. Men kelgunimcha, So‘zni o‘qish, nasihat qilish va ta’lim berish bilan mashg‘ul bo‘lgin. Senga jamoatboshilar kengashining payg‘ambarchilik orqali boshingga qo‘l qo‘yishi bilan berilgan in’omga beparvo bo‘lmagin. Bularni ongingda faraz qilib, o‘zingni bularga butunlay bag‘ishlagin, toki sening muvaffaqiyating hammaga oshkora bo‘lsin. Sen o‘zingni va ta’limotni sinchiklab, bularga e’tibor bergin. Bular bilan doimo mashg‘ul bo‘lgin, chunki shunday harakat qilib, o‘zingni ham, seni tinglayotganlarni ham qutqarib qolasan (1Tim.4:13-16). Povul o‘z shogirdi Timo‘tiga, u orqali Xudoning ruhi bizlarga: “Kelgunimcha o‘qish, nasihat qilish va ta’limot berish bilan shug‘ullan,”-demoqda. Bu jarayon. Agar odam bu jarayonga bor ongi bilan kirishsa, go‘yo suv tubiga tushgan odam yuzada bo‘lmagan gavharlarni topib chiqqanidek, Xudoning so‘zidagi chuqur mulohazalardagina ochiladigan vahiylarni oladi. Shu bilan birga : “Senda bo‘lgan in’omga mensimay qarama”,- deyilmoqda. Qanday qilib? Shu haqida qayg‘ur, shu jarayonda bo‘l. Xudoning so‘zi bizlarga ko‘p bora: “Qayg‘urmanglar,”-deb aytadi. Qayg‘uringlar deb aytilgan joyda esa mana, “aynan ichingda bo‘lgan in’omni namoyon qilish uchun qayg‘ur”,- deyilmoqda. Shu bilan birga: “Shu jarayonni doimo amalga oshir,”-deyilmoqda. Demak, o‘z xizmat in’omi uchun qayg‘urmaslik, uni doimo qo‘llash jarayonida bo‘lmaslik, uni mensimaslik hisoblanadi. Xudoning so‘zi esa bizlarga: “Mensimay qarama,”-deb buyurmoqda. Shunda, muvaffaqiyatimiz barcha uchun oshkor namoyon bo‘ladi. Chunki xizmat in’omimiz- bilim olishimiz va qo‘llashimiz jarayonida yuzaga chiqadi.
Siz doimo yangi bilimni izlashga qaror qiling. So‘ngra Xudodan aynan sizga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni, kitoblarni yuborishini so‘rang.
23. Donolikni izlaydigan inson
Xudo hamma narsani donolik bilan yaratgan. U xizmatchilari orqali qiladigan ishlarini ham donolik bilan davom ettirmoqchi. Demak, donoliksiz o‘z irodamizni bajarishimiz mumkin, ammo Xudoning irodasini bajara olmaymiz. Bilimli odam nima qilishni biladi, dono odam esa qachon va qanday qilishni biladi.
Xudoning So‘zi donolikni topgan odamni baxtli deb atamoqda(Hik.3:13). Shu bilan birga Xudoning so‘zi: “Asosiysi donolik,”- demoqda. Agar shunday bo‘lsa, biz mana shu asosiy narsasiz yetakchiligimizda muvaffaqiyatga erisha olmasligimizni hisobga olib, Xudo donolik berishini rashk qilib so‘rashimiz va uni izlashimiz lozim. Donolikning boshi shudir, dono bo‘l, bor-yo‘g‘ingni berib bo‘lsa ham idrok ol (Hik.4:7).
Xudoning so‘zi dunyoviy donolik va ilohiy donolik borligini aytadi. Donolikni esa biz barkamol bo‘lganlarning orasida voizlik qilmoqdamiz, lekin bu dunyoning va bu o‘tkinchi dunyo hokimlarining donoligini emas, balki Xudoning sirli va yashirin bo‘lgan donoligini voizlik qilmoqdamiz. Xudo bu donoligini asrlar boshlanishidan avval bizning shuhratimiz uchun tayin qilgan (1Kor.2:6,7). Ularning xususiyatlari ham, hosillari ham farqlidir. Bu yuqoridan tushayotgan donolik emas, balki dunyoviy, shaytoniy, jonga oid donolikdir. Chunki qaerda hasadgo‘ylik va raqobat bo‘lsa, o‘sha yerda tartibsizlik va har xil yomonlik bo‘ladi. Ammo yuqoridan kelayotgan donolik esa, birinchidan pok, keyin tinchliksevar, kamtar, itoatli, mehrshafqatli, yaxshi hosillarga to‘la, beg‘araz va riyosizdir. Haqlik hosili esa tinchlikparvarlar tomonidan tinchlik holatida ekiladi (Yoqub 3:15-18). Yuqoridagi oyatlardan ko‘rishimiz mumkinki, ilohiy donolikni tushunish uchun ma’lum bir ruhiy yetuklikka ega bo‘lish lozim.
Demak, ilohiy donolik Xudodan keladi va biz har qanday ishni qilishimizda shu sohada Xudodan donolik so‘rashimiz lozim. Agar sizlardan biror kishining donoligi kamlik qilsa, hammaga samimiyat bilan, ta’na qilmasdan beruvchi Xudodan so‘rasin va unga beriladi (Yoqub 1:5).
24. Ruh in’omlarini rashk qiladigan inson
Avvalo, Ruh in’omlarini rashk qilishimiz bu Xudoning irodasi. Sevgining ortidan quvinglar. Ruhiy in’omlar, ayniqsa, payg‘ambarchilik qilish uchun rashq qilinglar (1Kor.14:1).
Keyin esa ruh in’omlari insonlarning ehtiyojlarini qondirib, hayotlariga Xudoning mo‘’jizasi va javobini olib keladi.
Agar Muqaddas Ruh in’omlarini rashk qilmasak, ularni ola olmaymiz, chunki ularni olish sharti rashk qilishdir. Agar Muqaddas Ruh in’omlariga ega bo‘lmasak xizmatimiz Xudoning g‘ayritabiiy hamrohligisiz bo‘ladi. Shuning uchun bizlar Muqaddas Ruh in’omlariga ega yetakchilar bo‘lishimiz lozim. Shunda bizlar Xudoni to‘laqonliroq namoyon qilgan bo‘lamiz. Mening so‘zim hamda voizligim insoniy donolikning ishontirarli so‘zlaridan emas, balki ruh va kuch-qudratning namoyon bo‘lishidan iborat edi, toki imoningiz insonning donoligiga emas, balki Xudoning kuch-qudratiga asoslangan bo‘lsin (1Kor.2:4,5).
25.Ro‘za qurbonligi keltira oladigan odam
Ro‘za katta qurbonlik, lekin uning ortida katta barakat turadi. Buni Xudoning So‘zini o‘qiydiganlar yaxshi tushunishar edi. Shuning uchun farziy ibodat qilayotganida: Haftasiga ikki marta ro‘za tutaman,”-dedi. Shuning uchun Yahyo Cho‘mdiruvchining shogirdlari ro‘za tutar edilar. Shuning uchun Iso Masih O‘z shogirdlariga ro‘za tutish qoidalarini o‘rgatdi. Ro‘za tutishning ilohiy maqsadi Ishayo kitobida yoritilishicha, ovozimiz yuqorida ya’ni Xudoning huzurida eshitilishidir: Mana, sizlar urush janjal va kelishmovchiliklar, shuningdek, shaddot qo‘l bilan boshqalarni savalash uchun ro‘za tutasizlar. Siz bu vaqtda ovozingiz yuqorida eshitilishi uchun ro‘za tutmaysizlar(Ish.58:4).
Ko‘pchilik ro‘zani o‘zini ovqatdan tiyish deb hisoblashi yanglish fikr hisoblanadi. Chunki ro‘za aslida jismoniy dunyo, uning lazzatlaridan vaqtincha yuz o‘girib, bor diqqatini Xudoning So‘zini o‘qish va ibodat qilish orqali Xudoga qaratishdir. Ro‘za tutuvchilarga qo‘llaridan kelgunicha haqiqat o‘rnatish, savob ishlari bilan ham shug‘ullanish talab qilinadi(Ish.58:6,7). Odam shunday qilganida Xudo ilohiy barakalarini yog‘dirishni va’da beradi(Ish.58:8-12).
Odatda, boshqa ruhiy mashg‘ulotlarga qaraganda ko‘proq qurbonlilikni talab qilgani uchun hamma Masihiylar ham ro‘za tutishni odat qilishmaydi. Lekin ba’zi ruhlar faqat ro‘za va ibodat orqali chiqib ketishi tufayli, ba’zi muammolar ro‘zasiz hal bo‘lmaydi. Shuning uchun bizlar ko‘pincha tanlov orasida bo‘lamiz: Nima ortiqroq, ozroq jon kuyitib ro‘za olib ma’lum natijaga erishganmi, yoki ro‘za tutmasdan ro‘za orkaligina keladigan barakatning yonginasida bo‘lib, shu dovondan osha olmayotganim uchun shu barakani olmasdan yashashmi? Ro‘za tutuvchilar uchun Xudoning tayinlab qo‘ygan barakasi bor. … toki ro‘za tutganing insonlarga emas, balki yashirin bo‘lgan Otangga oshkor bo‘lsin. Yashirin bo‘lganlarni ko‘ruvchi Otang esa seni aniq taqdirlaydi (Mt.6:18).
Agar yetakchi ro‘za tutmasa, qo‘l ostidagilarni ro‘za tutishga ruhlantira olmaydi. Shuning uchun barcha ruhiy mashg‘ulotlarda bo‘lganidek, ro‘za tutishda ham bizlar namuna bo‘lishimiz lozim.
26.O‘z ustidan ishlashni sevadigan odam
Xudoning so‘zida:” Bilim manman qiladi, sevgi barpo qiladi,”-deyilgan(1Kor.8:1). Odam o‘rgangani sari yuragini Xudoning so‘ziga bo‘ysundirmasa, olgan bilimlari uni mag‘rurlantirib, boshqa o‘rganishga chanqoqligi qolmasligi mumkin. Aslida Xudoning bilimi va donoligi tubsizdir. Bor umrimizni bag‘ishlab ham uning bir misqoliga ega bo‘la olmaymiz.
Sevgi bilan harakat qilganimizda, bizlar qancha ko‘p o‘rganmaylik, qancha ko‘p xizmat qilib muvaffaqiyatli bo‘lmaylik, yanada ko‘proq o‘rganish, yanada ko‘proq qo‘llash va muvaffaqiyatliroq bo‘lish imkoniyatlarini izlay boshlaymiz. Chunki bizlar o‘zimizni bag‘ishlagan soha, odamlarning abadiyatini qutqarish sohasi. Ba’zan odamlarning najot topishi yoki halok bo‘lishi bizning muvaffaqiyatimizga bog‘liq. Yig‘im- terim o‘tdi, yoz tugadi, biz esa najot topgan emasmiz(Yer.8:20). Shuning uchun agar odamlarni sevsak, ularni yanada ko‘rog‘ini qutqarish uchun doimiy ravishda o‘z ustimizdan ishlaymiz. Ruhan, aqlan va tajriba orttirish sohasida o‘sishga harakat qilamiz.
Yillar o‘tishi bilan bilgan bilimlarimiz unutilishi, boz ustiga hali bizlar bilmagan narsalar ko‘pligini hisobga olgan holda, bizlar doimo o‘z ustidan ishlaydigan odam bo‘lishimiz lozim.
Odam tanasi og‘rib qolganida qanday shifokorga ishonib boradi? Doimo o‘z ustidan ishlab bilimini, tajribasini oshiradigan shifokorgami, yoki bor bilimini ishlash uchun yetarli deb hisoblab, odatiy ishini qilib yuraveradigan, lekin o‘sishga harakat qilmaydigan shifokorgami?
Bizlarning sohamiz inson hayoti uchun kurashadigan shifokorlar sohasidan ham ko‘ra jiddiyroq va mas’uliyatliroq. Chunki, ular odamlarning vaqtinchalik umrlari uchun, bizlar esa ularning abadiy hayotlari uchun kurashamiz. Shuning uchun bizlar ikki karra jiddiylik bilan o‘z ustimizdan ishlashni sevishimiz lozim. Agar bolta o‘tmaslashsa va uning kesuvchi qismi charxlanmasa, kuchni zo‘riqtirishga to‘g‘ri keladi; Donolik buni to‘g‘rilashni biladi(Voiz10:10).
Xulosa: Ruhiy yetakchi bo‘lish uchun eng yaxshi hayot darsini Muqaddas Ruh beradi. U bizning Ustozimiz va Yetakchimiz. Iloji boricha, bu yerda yozilganlarga amal qilishga harakat qiling, o‘qiyotganingizda Muqaddas Ruhdan tushunishga va amalda qo‘llashga donolik va kuch so‘rang. Bularni amalda qo‘llay boshlagach esa, Muqaddas Ruhdan yana boshqa vahiylar so‘rang, doimo izlanishda va harakatda bo‘ling. Shunda Xudo istaganidek: Imondan imonga, kuchdan kuchga va shuhratdan shuhratga o‘sib, ham Xudoni, ham atrofingizdagilarni, ham o‘zingizni xursand qilasiz.
RUXSHONA INOYAT