6.RUHIY JANG IBODATI
Imonga kelgan kuningizdan imonda o‘sishingizga qarshilik qilmoqchi bo‘lgan ruhiy kuchlarning ta’sirini his qilishingiz mumkin. Ular oldin imonga kelishingizga qarshilik qiladi, keyin ruhiy o‘sishingiz, hayotingiz, mashg‘ulotlaringizga to‘sqinlik qilishga harakat qiladi. Ularning istagiga berilsangiz, ruhiy o‘sishdan keladigan barakalardan mahrum bo‘lasiz, lekin o‘z hayotingizni ruhiy dunyoda ibodat bilan himoya qilishni istasangiz, ular sizga qarshi tura olmaydi va siz ozodlikda yashay boshlaysiz. Bu uchun ruhiy jang ibodatini o‘rganib, qo‘llash darkor. Ruhiy jang ibodati – bu yovuz ruhlarga qarshi jang ibodatidir!
Nima haqida suhbatlashamiz?
1.Ruhiy jang ibodati bu nima?
2.Ruhiy jang ibodati nimaga asoslanadi?
3.Ruhiy jang ibodatini qanday o‘tkazish kerak?
4.Muvaffaqiyatli ruhiy jang ibodati ko‘rsatkichlari: yurakda komil ishonch va hosillar.
Ushbu darsdan kutilayotgan natija: Har bir ishtirokchi ruhiy jang ibodati nima ekanini, ruhiy jang ibodati nimaga asoslanishini bilishi, shuningdek, ruhiy jang ibodatini qanday o‘tkazishni bilishni va o‘tkazgan ruhiy jangining naqadar samarali bo‘lganini aniqlay olishi.
Maqsad: Ruhiy jang ibodati nima ekanini tushunishlari va ruhiy jang ibodati bilan ibodat qila olishlari.
GUVOHLIK
Mening hayotimda ruhiy qarshilik davri bo‘lgan edi. O‘shanda men 2yil uzluksiz har kuni ruhiy jang olib borgan edim. BU vaqtda Yozuvdan oyatlarni olib quvvatlanib, ularni e’lon qilar edim. Ko‘zlarimni yumib ibodat qilib, so‘rayotgan narsalarim sodir bo‘layotganini tasavvur qilar edim. Ba’zan moddiy dunyoda alomatlar olar edim. O‘shanda vaziyatim sharafli yakun topib, g‘olib kelgan edim.
1.RUHIY JANG IBODATI NIMA?
Auditoriyaga savol: Ruhiy jang ibodati bu nima?
Ruhiy jang tushunchasining o‘zi ruhiy dunyoda jang borligini va bizlar unda ishtirok etib, g‘olib kelishimiz lozimligini anglatadi. Bunda naqadar o‘zimizning mas’ulligimizni his qilishimiz va uni qo‘llashga harakat qilishimiz o‘zimizga bog‘liq. Agar mas’uliyat olib qo‘llasak, shayton bizlarga tegishli bo‘lgan narsalarni qaytarishga majbur bo‘ladi va ularga boshqa tegishdan qo‘rqadi. Agar mas’uliyat olmasak, bizlar to‘rt tomoni ochiq hovliga o‘xshab qolamiz, har qanday yo‘lovchi kirib istagan narsasini olib ketadi.
Keling, bu savolga javobni yozuvdan topamiz.
Ef.6:11-12.Iblisning hiylalariga qarshi tura olishingiz uchun Xudoning hamma qurol-aslahalariga burkaninglar, chunki bizning jangimiz qonu tanaga qarshi emas, balki bu dunyodagi zulmatni boshqaradigan boshliqlarga, hokimlaru hokimiyatlarga va samoviy olamdagi yovuzlik ruhlariga qarshidir.
Demak, ruhiy jang ibodati- ruhiy dunyoda yovuz ruhlar bilan ibodat orqali kurashishdir.
NIMA UChUN RUHIY JANG IBODATINI QO‘LLAYMIZ?
-shaxsiy muammolarni yechish uchun.
-xizmatdagi muammolarni yechish uchun.
-xizmatda olg‘a intilish uchun.
Shayton hamma narsadan ko‘ra ko‘proq odamlarning najotga kelishlariga qarshi turadi. Shuning uchun bizlar odamlarni, guruhlarni, shaharlar va xalqlarni ruhiy jang ibodati vositasida qo‘lga kiritamiz.
Bizlar qadam qo‘yadigan maydon bizlarga berilgan. Lekin bizlar qo‘lga kiritish uchun borishimiz kerak.
Guruhlarda ishlash: O‘qib, savolga javob bering: Bu oyatlar orqali Xudo sizga nima bemoqda?
Yeshua Nun o‘g‘li.1:3,5,6. Men Musoga aytganimdek, oyoqlaringizning kafti tekkan har qanday joyni sizlarga beraman. 5.Sening hayotingning barcha kunlarida hech kim senga qarshi tura olmaydi. Men Muso bilan bo‘lganim kabi sen bilan birga bo‘laman: sendan chekinmayman va seni tark etmayman. 6.Mard va mustahkam bo‘lgin, zero sen ushbu xalqqa Men ularning otalariga berishga qasam ichgan yerni egalikka topshirasan.
1. Har qanday yerni Men sizlarga beryapman. Faqat olish maqsadida borish kerak.
2. Butun hayoting davomida hech kim senga qarshi tura olmaydi.
3. Men sen bilan birga bo‘laman.
4. Mard va mustahkam bo‘lgin.
5. Bu xalqqa sen yerni olib berasan.
Xxx
2-vazifa
Ishtirokchilar ruhiy jang ibodatini qo‘llaydilarmi yoki yo‘qmi, aniqlash
5daq.o‘ylash va yozma javob berish uchun:
1.Ruhiy jang ibodati bilan ibodat qilasizmi?
Ha bo‘lsa, natijasi qanaqa? Ruhiy jang ibodati sharofati bilan nima sodir bo‘ldi?
Agar javobingiz: “Yo‘q”, bo‘lsa, nega ruhiy jang ibodati bilan ibodat qilmaysiz?
Guruhlarda javoblar bilan qisqacha bo‘lishing(3daq). Har guruhdan bir kishi guruh nomidan guvohlik aytsin.
Xxx
NIMA UChUN BA’ZI MASIHIYLAR RUHIY JANG IBODATI BILAN IBODAT QILIShMAYDI?
Hamma imonlilar ham ruhiy jang ibodati bilan ibodat qilishmaydi.
Nima deb o‘ylaysiz, nega?
Sabablar:
1)Qo‘rqishadi. Men ham yangi imonli bo‘lganimda shaytonga qarshi kurashishdan qo‘rqar edim. Eski, qullik fikrlashim menga: “sen zaif, dushman kuchli”,-der edi.
Keyin Xudoning So‘ziga ko‘ra dunyoqarashimni o‘zgartirdim va hammasi o‘zgardi.
2)Aldanganlar. Mening cho‘ponim aytar edi: ko‘pincha odamlar ruhiy jang ibodatini qo‘llamasliklarining sababi, agar men shaytonni bezovta qilmasam, u meni bezovta qilmaydi, deb o‘ylaydilar. Cho‘ponim harbiy xizmatda bo‘lganida Kavkazdan bo‘lgan yigitlar misolini keltirdi: ular bilan shunchaki kelishib bo‘lmaydi, yoki ularga bo‘ysunish kerak, yoki ularning hurmatini qozonish kerak. Bu esa faqat jang orqali amalga oshadi.
3)Ruhiy mashg‘ulotlarga passivlar,sust, yalqov. Passiv odamlar muvaffaqiyatsiz bo‘ladilar. Ruhiy dunyoda o‘z maydonini himoya qilishni o‘rganish kerak.
Xxx
2.RUHIY JANG IBODATI NIMAGA ASOSLANADI?
Auditoriyaga savol: Bizning ruhiy jang ibodatini olib borish huquqimiz nimaga asoslangan?
10daq.davomida quyidagi oyatlarni o‘qing va bu savolga javob topishga harakat qiling.
Guruhlarda ishlash uchun oyatlar:
1)Odam Ato yer ustidan hokimiyatga ega edi. Ibt.1:27,28. Shunday qilib, Xudo odamni O‘z suratida, uni Xudoning suratida yaratdi. Ularni erkak va ayol qilib yaratdi. Xudo ularni duo qilib, ularga: “Serpusht bo‘linglar va ko‘payinglar. Yer yuzini to‘ldirib, uni bo‘ysundiringlar. Dengizdagi baliqlar, osmondagi qushlar hamda yer yuzida harakatlanuvchi barcha hayvonlar ustidan hukmronlik qilinglar”, – dedi.
2)Odam Ato hokimiyatni shaytonga berib qo‘ydi.Lq.4:6. – Bular ustidan barcha hokimiyatni va bularning shuhratini Senga beraman, – dedi, – chunki bu menga topshirilgan va men buni istaganimga beraman.
3)Iso Masih bu hokimiyatni qayta qo‘lga kiritdi. Lq.10:17,18. Bundan keyin yetmishta shogirdi quvonch bilan qaytib kelib Isoga: –Hazrat, jinlar ham Sening noming bilan bizga bo‘ysunmoqdalar! – dedilar. U esa ularga dedi: –Men osmondan yashinday tushib ketgan shaytonni ko‘rdim.
Shuningdek, Mt.20:18-20ga qarang.
4)Iso Masih bu hokimiyatni imonlilarga, ya’ni jamoatga berdi. Lq.10:19,20. Mana, Men sizlarga ilonlaru chayonlarni hamda dushmanning butun kuch-qudratini bosish uchun hokimiyat beryapman va hech narsa sizlarga zarar yetkazmaydi. Biroq ruhlar sizlarga bo‘ysunayotganidan quvonmanglar, balki ismlaringiz osmonda yozilganidan quvoninglar!
Javob: Iso Masih bergan imonlining hokimiyatiga.
Biz bu hokimiyatni qo‘llab, g‘oliblar sifatida ozodlikda yashashimiz yoki qo‘llamasdan mag‘lublikda yashashimiz mumkin.
Agar siz kasallik bilan kurashayotgan bo‘lsangiz, sizning imoningiz va jangingiz sizni ozod qiladi.
Agar sizda moddiy qiyinchiliklar bo‘lsa, sizning imoningiz va jangingiz sizni ozod qiladi.
Ruhiy jang ibodatini o‘rganib qo‘llashni rashk qiling.
Masalan: Ming kishilik jamoatning cho‘poni bor. U kasal bo‘ldi, zaiflashdi va zaiflik uni tark etmas edi. Bir kuni zaifligi joniga tegdi va kuchli ibodat qila boshladi. Ibodat jarayonida qanday qilib yovuz ruhlar undan uchib ketayotganini his qildi, shunday his bor ediki, ular unga tashqaridan yopishib olgan edilar va qaynoq ibodatning haroratidan uchib ketardilar va u shu lahzada shifo topdi.
3.RUHIY JANG IBODATINI QANDAY OLIB BORISh KERAK?
Guruhlarda ishlash:
15daqiqa davomida o‘qing va savolga javob bering:
1)Mazkur parchada ruhiy jangning qaysi qadamlari berilgan?
2)Ulardan qaysilarini hayotingizda qo‘llay olasiz?
1.Avvalo Rabbiy bilan mustahkamlanamiz.
A)Rabbiy bilan birlashadigan Rabbiy bilan bir ruhdir. 1Kor.6:17. Rabbiy bilan birlashgan esa U bilan bir ruh bo‘ladi.
B)Rabbiy bilan va Uning kuchi qudrati bilan mustahkamlaninglar. Ef.6:10. Nihoyat, mening birodarlarim, Rabbiyda va Uning qudratining quvvatida kuchli bo‘linglar.
V)Menda bo‘lgan dunyoda bo‘lgandan kuchlidir. 1Yuh.4:4. Farzandlarim! Sizlar Xudodansizlar va ularni yengdingizlar. Chunki ichingizda Bo‘lgan bu dunyoda bo‘lgandan ustundir.
2.Keyin Xudoning ruhiy qurol-aslahalarini kiyamiz. Ef.6:11-20. Iblisning hiylalariga qarshi tura olishingiz uchun Xudoning hamma qurol-aslahalariga burkaninglar, chunki bizning jangimiz qonu tanaga qarshi emas, balki bu dunyodagi zulmatni boshqaradigan boshliqlarga, hokimlaru hokimiyatlarga va samoviy olamdagi yovuzlik ruhlariga qarshidir. Shuning uchun, sizlar yovuz kunda qarshilik ko‘rsata olishingiz uchun Xudoning hamma qurol-aslahalarini qabul qilinglar, toki hamma narsani bajarib, tura olinglar. Shunday qilib, o‘rningizdan turinglar, belingizni haqiqat kamari bilan bog‘langlar, haqlik sovutiga burkaninglar, tinchlik Xushxabarini yoyish uchun oyog‘ingizga tayyorlikni kiyinglar. Buning ustiga, imon qalqonini olinglar, u bilan yovuzning hamma qizdirilgan o‘qlarini o‘chira olasizlar. Shuningdek, najot dubulg‘asini va Xudoning so‘zi bo‘lgan Ruhning qilichini olinglar. Har doim barcha ibodat va iltijolar bilan Ruhda ibodat qilib, butun sabot bilan hamma muqaddaslar uchun bo‘lgan iltijolarda hushyor bo‘linglar. Men uchun ham ibodat qilinglar, toki Xushxabarning sirini ma’lum qilishimga og‘zimni dadillik bilan ochishim uchun menga so‘z berilsin va so‘zlashim kerak bo‘lganidek, jasorat bilan voizlik qila olayin. Shu Xushxabar uchun men kishandagi elchiman.
3.So‘ngra e’lon qilamiz va tasavvur qilamiz: farishtalar bizlar tomonda, ular bizlarni himoya qilmoqdalar va bizlar uchun kurashmoqdalar. 4Shoh.6:15-17. Xudoning kishisining xizmatkori ertalab turib, chiqqanida, mana, qo‘shin, otlar va aravalar shaharni o‘rab olgan edi. Uning xizmatkori unga: –Eh, mening hazratim, biz nima qilamiz? – dedi. U: –Qo‘rqma, chunki bizlar bilan birga bo‘lganlar, ular bilan birga bo‘lganlardan ko‘proqdir, – deb javob berdi. So‘ng Elisha ibodat qilib: “Rabbiy, o‘tinaman, uning ko‘zlarini ochgin, toki u ko‘ra olsin!» – dedi. Rabbiy xizmatkorning ko‘zlarini ochdi va ko‘rdi: mana, Elishaning atrofida butun tog‘ otlarga va olovli aravalarga to‘la edi.
4.So‘ngra bizlarga hujum qilayotgan yoki xizmatimizga qarshilik qilayotgan yovuz ruhlarni bog‘laymiz. Mt.18:18.Sizlarga rostini aytaman, sizlar yer yuzida nimani bog‘lasangizlar, osmonda ham bog‘lanadi, yer yuzida nimani yechsangizlar, osmonda ham yechiladi.
5.So‘ngra mazkur vaziyatga nisbatan shaytonning irodasini barbod qilib, Xudoning irodasini e’lon qilamiz. Mt.6:10. Sening Shohliging kelsin! Osmonda bo‘lgani kabi yerda ham Sening irodang bajo bo‘lsin!
6.So‘ngra ibodat qilgan narsalarimizni Masihning qoni bilan qoplaymiz. 1Kor.5:7. Shunday qilib, sizlar yangi xamir bo‘lishingiz uchun o‘zingizni eski achitqilardan poklanglar, chunki sizlar aslida achitqisizsizlar. Zero biz uchun qurbon bo‘lgan Masih – bizning Pesahimizdir.
7.Farishtalarni chaqirib, bizlar ibodat qilgan narsalarni o‘rab olishlari va himoya qilishlarini so‘raymiz. San.90:10-11. Sening boshingga yomonlik tushmaydi va o‘lat sening yashash joyingga yaqinlashmaydi, chunki U O‘z farishtalariga seni barcha yo‘llaringda himoya qilishni amr beradi.
8.Rabbiyga natija uchun rahmat aytamiz va ibodatni tugallaymiz. 1Sal.5:18. Har qanday sharoitda Xudoga minnatdorchilik bildiringlar, chunki Iso Masihda bo‘lganingiz uchun sizlar haqingizda Xudoning irodasi shundaydir.
Ibodat jarayonida Muqaddas Ruh boshqaruvi bilan istagan vaqtingizda noma’lum tillarda, yoki o‘z tilingizda ibodat qilishingiz, shuningdek hamdu sano yoki sajdaga o‘tishingiz mumkin.
Auditoriyaga savol: Yozuvda ruhiy jangda yana nimalarni qo‘llashimiz aytilgan?
Javob: Muvaffaqiyatli jang uchun Yozuvda quyidagilarni qo‘llashimiz aytilgan:
• Masihning qoni
• Masihning nomi
• Xudoning so‘zi.
RUHIY JANG IBODATI AMALIYoTI
Oldin bir kishi qilib ko‘rsatadi, so‘ngra guruhda har bir ishtirokchi qilib ko‘radi.
4. MUVAFFAQIYaTLI RUHIY JANG IBODATI KO‘RSATKIChLARI
1)Yurakda komil ishonch.
2)Ba’zan alomatlar( Sanolar 17-bob).
3)Hosillar.
XULOSA:
Ozodlik, yorib o‘tish va ko‘tarilishning kaliti – ruhiy mashg‘ulotlarda, shu bilan birga, ruhiy jang ibodatida faollikdir. Yovuz ruhlar kuchli ruhiy jangchilardan qo‘rqadilar va ularga yaqinlashmaydilar. Shuning uchun o‘z ozodligingiz va oilangiz ozodligi uchun ruhiy jang qilishni seving. Bu orqali Rabbiy hayotingizda ulug‘lansin. Iso Masih nomi bilan:Omin.
Xudo Isroil xalqini qullikdan olib chiqdi va va’da qilingan yerga olib keldi. U: “Jang qilinglar va bu yerni qo‘lga kiritinglar, Men uni sizlarga beryapman”,dedi. Ular esa: “Yo‘q, bizlar u yerga kira olmaymiz, chunki dushmanimiz kuchli va ko‘p sonli”,dedilar. Yeshua Nun o‘g‘li esa shunday der edi: “Bizlar uni qo‘lga kiritamiz, chunki Xudo uni bizlarga berdi. Xudo bizlar uchun jang qiladi, bizlar shunchaki borib, o‘zimiz qilishimiz kerak bo‘lgan ishni qilishimiz kerak”. Lekin xalq qo‘rqdi. Natijada nima bo‘ldi? Ular sahroda halok bo‘ldilar. Ozodlikda tug‘ilgan, Muso Xudoga imon bilan tarbiya qilgan ularning farzandlari va’da qilingan yerga kirdilar va jang qilib, uni qo‘lga kiritdilar. Lekin ular ham u yerda to‘xtab qoldilar. Shunda Yeshua Nun o‘g‘li orqali Xudo demoqda: Otalaringizning Rabbiy Xudosi sizlarga bergan yerni borib egallikka olishga hali uzoq vaqt sust bo‘lasizlarmi? Yeshua Nun o‘g‘li 18:1-3. Isroil o‘g‘illarining butun jamoasi Shilohda yig‘ildilar va o‘sha yerda yig‘in chodirini o‘rnatdilar, zero yer ular tomonidan zabt etilgan edi. 2. Isroil o‘g‘illaridan hali o‘z ulushini olmagan yettita qabila qolgan edi. 3.Yeshua Isroil o‘g‘illariga dedi: “Sizlarning otalaringizning Rabbiy Xudosi sizlarga bergan yerni borib egalikka olishga hali uzoq vaqt sust bo‘lasizlarmi?
O‘ylab ko‘ring, sizning ko‘plab barakalaring shaytonning nazorati ostida yotibdi: sizning sog‘lig‘ingiz, baxtingiz, duo-barakalaringiz, yeringiz, xalqingiz va hok. Shayton ularni shunchaki, jangsiz bermaydi. Qo‘lga kiritgan narsangizni ham u tortib olishga harakat qiladi. Agar himoya qilmasangiz u tortib oladi.
Bizlar Masih tiklagan Odam atolarmiz. Xudo bizga o‘z maydonimizni, bog‘imizni bermoqda va demoqda: “Buni qayta ishlagin va himoya qilgin”. Bu o‘z maydonlarimizni qo‘lga kiritishimizni, uni qayta ishlashimiz va himoya qilishimizni talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida ruhiy jangni nazarda tutadi.
Agar biz Masihning ruhiy jangchilari bo‘lish haqida qaror qabul qilsak, Uning O‘zi bizlarga jang qilishni o‘rgatadi. San.17:32-36. Zero Yahvehdan boshqa kim Xudo? Bizning Xudoyimizdan tashqari kim himoya? Xudo mening belimni baquvvat qiladi va menga mukammal yo‘l hozirlaydi; mening oyoqlarimni kiyiknikidek qilib, tepaliklarimga chiqarib qo‘yadi; qo‘llarimni jangga o‘rgatadi va mening bilaklarim mis kamonni sindiradi. Sen menga O‘z najotingning qalqonini berding. Sening o‘ng qo‘ling meni mustahkamlamoqda va Sening shafqating meni ulug‘lamoqda.
Bu uchun Muqaddas Yozuvdan ruhiy jang haqidagi barcha oyatlarni o‘qib chiqing, e’lon qiling, qo‘llang, tasavvur qiling va hazm qiling. Shu bilan birga, Muqaddas Ruhdan ruhiy jangga boshqarishini, sizni kuchli ruhiy jangchi qilishini so‘rang.
Uning O‘zi sizni ruhiy jangga boshqaradi va sizga g‘alaba ato qiladi. San.17:29-30. Rabbiy, Sen mening chirog‘imni yoqasan! Mening Xudoyim zulmatimni yoritadi. Sen bilan qo‘shinlarni yengaman, Xudoyim bilan devor oshaman.
Bu Uning jangi, U siz bilan birga dushmanga qarshi kurashadi va sizni g‘alabaga olib keladi.
Ruhiy jang – bizning ruhiy hayotimizning bir qismidir! Keling, o‘z maydonimizni kengaytirish, qayta ishlash va himoya qilish uchun rashk qilamiz. Rabbiy bizga bu ishda yordam beradi!
Uy vazifasi:
Ruhiy dunyoda o‘z shogirdlaringiz uchun kurashib, ularni: erkaklar, ayollar, yoshlar, bolalarni, xalqingizni va shahringizni qo‘lga kiriting. Xudo uchun ko‘pchilik yoki kamchilik orqali qutqarish qiyin emasdir.
Hafta davomida biror muammo uchun ruhiy jang qiling. G‘alaba qozoning va o‘z guvohligingizni keyingi darsga qadar yozib keling.
Ibodat:
Xudojon. Har birimizga ruhiy jang ibodati ozod hayotimiz uchun naqadar muhimligini ochgin. Bizlarni kuchli ruhiy jangchilarga aylantirgin. Bu orqali hayotimizda ulug‘langin. Iso Masih nomi bilan: Omin.
RUXSHONA INOYAT